95
32-MAVZU
MEXANIKANING OLTIN QOIDASI.
MEXANIZMNING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI
Yuqorida Siz oddiy mexanizmlarning ishdan yutuq
bermasligi bilan
tanishdingiz. Buni kengroq ma’noda qaralsa,
«har qanday mexanik
mexanizm kuchdan necha marta yutuq bersa, yo‘ldan shuncha marta
yutqazadi» degan xulosaga kelinadi. Bunga
«mexanikaning oltin qoidasi»
deyiladi.
Oldingi mavzuda biror yukni ma’lum balandlikka ko‘tarishda mexa-
nizmlarning og‘irligini, ulardagi ishqalanishlarni hisobga olmadik.
Bularni
hisobga olinsa,
m massali yukni
h balandlikka ko‘tarishda
A
f
=
mgh ishga
nisbatan ancha ko‘p ish (
A
u
) bajarish zarurligi kelib chiqadi.
A
f
ish
foydali
ish deb ataladi.
A
u
– umumiy bajarilgan ish
deb atalib,
A
u
=
A
f
+
A
q
dan
tashkil topadi.
A
q
– ishqalanishlarni yengish, mexanizmning o‘zini ham
ko‘tarish va h.k. larni bajarish bilan bog‘liq qo‘shimcha ishlar.
Dostları ilə paylaş: