ISMOIL 2022 й Машиналар пухталиги ЛАБАРАТОРИЯ Автосохраненный
Kompressorni beton zaminga o‘rnatish Zamin bo‘ltlarning xar ikki tomoniga tekis rezina taglik qo‘yib chiqilsin. Taglik ustiga ponali moslamalar qo‘yib chiqilsin. Agregat o‘rnatiladigan yuza tekis va siklliq bo‘lmog‘i lozim. Agarda nisbatan yengil kompressor o‘rnatiladigan bo‘lsa, taglikni zamin bo‘ltining bir tomoniga qo‘ysa xam bo‘ladi. Bunda burchakdagi bo‘ltlarga taglik ularning ichki tomanidan qo‘yiladi. Taglik rama chetidan 20-30 mm chiqib turishi lozim. Ramaning qalinligi zamin qalinligiga mos bo‘lmog‘i kerak.
Kompressorni nafaqat tagliklar ustiga, balki balki vintli ko‘targich (domkrat) ustiga xam o‘rnasa bo‘ladi. Domkratning bosh qismi zaminga maxkamlangan tayanch plitasiga jaylashtiriladi. Ishqalanishni oldini olish uchun ko‘targichning bosh qismi konus shaklida ishlangan. Domkratning bosh qismi kompressorni pastki qismiga tiraladi. Kompressorni o‘rnatish uchun 6-8 ta domkrat kerak bo‘ladi.
Kompressorni podkladkalar yordamida o‘rnatish eskizini chizing. O‘qituvchi kursatmasi bilan kompressorni troslar bilan o‘rang, texnika xavfsizligiga roya qilgan xolda yog‘och bruslar ustiga tushirilsin. Pona va taglik qurilishi tekshirilsin. Kompressorni ko‘tarib bruslarni oling va komrpressorni tagliklar ustiga tushirib, uning o‘qlarga nisbatan joylashuv xolati tekshirilsin.
Devorlarga qoqilgan qoziqqa ip tortilsin kompressorni vertikal xolati tekshirilsin (bunda tebranishini to‘xtatish maqsadida shovunning bir uchini moyli idishga tushiriladi).
Kompressor o‘qlari bilan zamin o‘q chiziqlari orasidagi farq 10 mm dan oshmasligi lozim. Kompressor va zamin o‘qlarini moslashtirish eskizi chizilsin.
Boltlar bir tekisda qotirilsin. Kompressorning asosi xamma tagliklarga bir tekis yotishi kerak. Buni tekshirish uchun tagliklar bolg‘a bilan yengil urib qo‘rilishi mumkin (shunda ular siljimasligi lozim). Kompressorni gorizontal xolati shayton yordamida tekshiriladi. Agar o‘rnatilayotgan kompressorning silindrlari vertikal joylashgan bo‘lsa, shayton silindrlar blokining yuqori yuzasiga o‘rnatiladi, kompressor W - simon bo‘lsa, chizg‘ich bilan shayton silindrning bug‘ kirish quvuriga o‘rnatiladi.
Shayton bilan tekshirish bir-biriga perpendikulyar ikkita tekislikda olib boriladi. Kompressorning tik va gorizontal xolatlardan og‘ish miqdori quyidagi kattaliklarning o‘rtacha arifmetik qiymatiga teng. Bu qiymat aylanma o‘qning ko‘ndalang o‘qi bo’yicha 0.5-0.2 mm, vertikal o‘q bo‘yicha 0.1-0.2 mm dan katta bo‘lmasligi lozim.
Kompressorni vertikal xolatini tekshirish uchun shovqun vertikalligi va tortilgan ip orasidagi masofalarni tengligi aniqlanadi.
Kompressor valiga maxovik o‘rnatilgan bo‘lsa, unda orqliqdagi masofa maxovikka bog‘lab o‘lchanadi.
Elektrodvigatelni o‘rnatish va uni kompressor bilan o‘zaro joylashuvini tekshirish.
Elektrodvigatelni zaminga o‘rnatish, uni zamin bo‘ltlari bilan qotiring, shayton yordamida gorizontalligini tekshiring.
O‘qituvchi ko‘rsatmasi bilan tal yordamida elektrodvigatelni shunday o‘rnatingki, unda kamarni qizishi va uni cho‘zilishini qoplash imkoniyati (siljishini) mumkin bo‘lmasin.
Elektrodvigatelning xolati xam shaytin yordamida tekshiriladi. Bunda val o‘qi bo‘yicha nosozlik 0.1 mm, ko‘ndalangiga - 0.3mm (xar 1 m ga) dan oshishi kerak emas.
Kompressor va Elektrodvigatel vallarining xar biri yarim muftalariga bo‘lt yordamida oraliqni o‘lchash uchun moslashtiruvchi skoba o‘rnatiladi. Barmoqlar yordamida yarim muftalar birlashtiriladi. Skoba shtifi bilan yarim mufta yuzasi orasidagi masofa taxmiman 0.4 mm qilib shtift gayka yordamida qotiriladi. Shup yordamida radial va o‘q bo‘yicha tirqich o‘lchanadi va o‘lchamlar aylananing xar 90 burchakda amalga oshiriladi.
Xisobot uchun radial va o‘q siljishni tekshirish moslama eskizi va o‘lchov sxemasi keltirilsin.