2.1-rasm. Kompressor tanasi. 1- nazorat tuynigi, 2- oraliq sovutgichning montaj qilish tuynigi, 3- nazorat tuynigi, 4- tirsakli val o‘rnatish tuynigi
Shatun tirsakli valni polzun bilan porshenni bog‘laydi va tirsakni val bilan birgalikda aylanma xarakatni ilgarilanma –qaytma xarakatga aylantirib beradi. Shatun asosan yuqori sifatli legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi ya’ni (40 x va 38x A).
Porshenli kompressor silindrida xavo siqiladi. Silindr ishlash jarayonida o‘zgaruvchan mexaniq yuklamalarni qabul qiladi. Silindrning ichki yuzasi silliq va silindrsimonligi to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Uni tayyorlashda mustaxkamligiga va sifatiga yuqori talab qo‘yiladi. Silindrni tayyorlashda S418-36 va S421-40 markali cho‘yanlardan foydalaniladi. Klapanlar kompressorning ishlash jarayonida xavoni taqsimlash uchun xizmat qiladi. So‘ruvchi va xaydovchi klapanlar silindr kallagiga aloxida o‘rnatilib, ishlash vaqtida tez, zich, ovozsiz va o‘z vaqtida ochilib yopilishi kerak. Klapan plastinalari yuqori sifatli xromli va xromnikenli po‘latlardan tayyorlanadi.
2.2-rasm. Kompressor tirsakli vali Porshen va porshen xalqalari kompressorning asosiy detallari bo‘lib, S-418-36 markali cho‘yandan quyish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Qo‘zg‘aluvchi kompressorlar. Qo‘zg‘aluvchi kompressorlarda karerlarda qattiq gruntlarni qo‘zg‘atishda foydalaniladi. Qo‘zg‘aluvchi kompressorlar maxsus aravachalarga o‘rnatiladi. Kompressorni ishga tushirish avtomobil dvigatellari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Kompressorni ishini bir maromda ta’minlash uchun xavoni maxsus tikuvchi idishga to‘ldiriladi. Bu idishni xajmi quyidagi formula orqali topiladi.
V = ‘1 M Q (n δ) m3 Bu yerda Q – kompressorning ish unumdorligi, m3/ min.
n – tirsakli valning aylanishlar soni
δ = 0,002 ÷ 0,003 bosimning notekislik koeffitsienti.
Siqilgan xavoni va kompressorni sovitish.
Kompressor silindrida bosim (5 ÷ 6)· 105 N/m2 gacha yetadi. Bu vaqtda siqilgan xavo va silindr qiziydi. Bu o‘z navbatida moylashni qiyinlashtiradi. Undan tashqari kompressorni F.I.K. va ish unumdorligini pasayib ketadi. Shuning uchun kompressorni va siqilgan xavoni sovitish zarur. Sovitishni ikki xil usul bilan amalga oshiriladi. 1. Suv bilan. 2. Xavo bilan. Xavo bilan sovitishda to‘xtovsiz ravishda xavo oqimi qovurg‘ali silindrlarga beriladi. Bu usuldan kichik ish unumdorligiga ega bo‘lgan qo‘zg‘aluvchi va kompressorlarda foydalaniladi.
Yuqori ish unumdorligiga ega bo‘lgan kompressorlarda sovitish jarayoni suv yordamida amalga oshiriladi. Suvni uzatish to‘xtovsiz oqizish yoki berk sistema orqali amalga oshirilishi mumkin.
Sovitish sistemasi ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki sistemali sovitishda qo‘zg‘almas blokda maxsus tirqishlar qilinib, shu tirqishlar orqali suv beriladi va sovitiladi. Yoki bo‘lmasa maxsus g‘ilof qilinib, shu g‘ilof bilan silindr orasiga suv beriladi. Suv sovitish jarayonida 20 ÷ 250C temperaturaga qizishi mumkin. Lekin suvning temperaturasi 30 ÷ 350C dan ortib ketmasligi kerak.