Mexnatga haq to’lash shakllari, ish haqi fondi va unung tarkibi



Yüklə 442,24 Kb.
səhifə8/39
tarix30.06.2022
ölçüsü442,24 Kb.
#62549
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Mehnatga haq to

Progressiv ishbay tizimini qo`llash uchun yetarli sharoit bo`lishi, ya’ni xodimlarni onglilik darajasi, aniq nazorat o`rnatilishi kerak. Aks holda ish haqi fondining ortiq sarflanishiga sabab bo`ladi.
Ishbay mukofot tizimida xodimlarga to`lanadigan asosiy ish haqi ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismi bajargan ishi, ikkinchi qismi yetishtirgan mahsuloti uchun to`lanadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirish darajasining orttirib borganligi, xarajatlarni tejaganligi hamda ishlarni sifatli bajarganligi uchun mukofotberiladi.
Akkord mukofot haq to`lash tizimida ishchilarga ish haqi ma’lum brigada yoki zveno bo`yicha, chorvachilik tarmoqlarida bundan tashqari, ayrim ishchilar kategoriyasi bo`yicha haqiqatda yetishtirgan mahsulotlar birligiga oldindan belgilab qo`yilgan ish haqi hajmida (rassenkasida) to`lanadi. Bundan tashqari mahsulot yetishtirishda yuqori natijaga erishganligi va xarajatlarni tejaganligi uchun mukofotlash qo`llaniladi. Bu haq to`lash tizimining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda xodimlarning ish haqi bevosita mahsulot yetishtirish bilan bog`liq.
Vaqtbay haq to`lash tizimi:
- oddiy vaqtbay;
- vaqtbay mukofot tizimlaridan iborat.

Mahsulotni hisobga olish bo’yicha birlamchi hujjatning eng keng tarqalgan turi naryaddir. Ko’pchilik korxonalarda naryad ayrim ishchi yoki brigada tomonidan bajariladigan har bir ishlab chiqarish topshirig’iga alohida yoziladi. Тopshiriqlar sexning reja-dispetcher byurosi tomonidan sexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq texnologik karta asosida to’ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq bajarilgandan keyin ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish hajmi bajarish uchun sarflanishi lozim bo’lgan material me’yori va haqiqatda berilgan materialning soni topshiriqda ko’rsatiladi. Bu, o’z navbatida, ish haqini topshiriq asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar sarfining belgilangan me’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish imkonini ham beradi.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari tizimida yuritiladi. Odatda, marshrut varaqalari sexning reja-dispetcher xodimlari tomonidan yozilib, unda qayta ishlanishi lozim bo’lgan ayrim detallar partiyasi ishlab chiqarish topshirig’i sifatida qayd qilinadi, bajarilgan ish natijalari qayta ishlash jarayonlarining birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat qilinadi. Shu bilan birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi nazorat qilinadi.
Ishchilarga ish haqi hisoblashda yo’nalish varaqasi faqat bir smenada ishlab tamomlangan detallar bo’yichagina asos bo’la oladi. Agar shu smenada ayrim detallarning ishlovi tugallanmasa, unda ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport ochiladi. Raport ish smena boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallarni sexga jo’natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallarni jo’natib, bu haqda raportga tegishli belgi qo’yganidan keyin u texnika nazorati bo’limiga beriladi. Smena oxirida qayta ishlangan detallar soni raportda qayd qilinadi.
Mehnat va ish haqini hisoblash bo’yicha rasmiylashtiriladigan boshlang’ich hujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo’limiga topshiriladi. Buxgalteriyada boshlang’ich hujjatlar tekshiriladi va qayta ishlash uchun hisoblash markaziga beriladi. Qayta ishlangan hujjatlar, ishchilarning tabel raqamlari buxgalteriyada sexlar bo’yicha guruhlanadi va ishchilarning ish haqi shaxsiy varaqalariga yozib boriladi. Ushbu boshlang’ich hujjatlar asosida hisoblash vedomosti, ish haqi bo’yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa yig’ma hujjatlar tuziladi.

Yüklə 442,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin