Mexnatga haq to’lash shakllari, ish haqi fondi va unung tarkibi



Yüklə 442,24 Kb.
səhifə9/39
tarix30.06.2022
ölçüsü442,24 Kb.
#62549
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Mehnatga haq to

Mehnatga haq to’lash shakllari, tizimlari, fondi va uning tarkibi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni to’g’ri normalash uni ilmiy tashkil etishning asosi bo’lib hisoblanadi. Yaxshi asoslangan normalarsiz korxona faoliyatini ilmiy rejalashtirib bo’lmaydi, binobarin, normalarni to’g’ri belgilash korxona jamoasidagi har bir xodimning shaxsiy manfaatlarini korxonaning manfaati bilan uyg’unlashtiradi, mehnat unumdorligining o’sishiga, ish haqi to’lovining
yaxshilanishiga olib keladi.
Mehnatni normalash - amaldagi vaqt normalari, xizmat ko’rsatish normalarini o’z ichiga oladi.
Vaqt normasi - bu muayyan ishni bajarish uchun zarur bo’lgan vaqt miqdorini belgilaydigan mehnat o’lchovidir.

Ishlab chiqarish normasi - vaqt birligida tayyorlanishi lozim bo’lgan mahsulot miqdorini donalar, tonnalar, metrlar va hokazolarda xarakterlaydi.
Mehnatga haq to’lash uchun tarif tizimidan foydalaniladi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi: tarif-malaka ma’lumotnomasi, tarif setkalari, tarif stavkasi.


Тarif tizimi - tarif-malaka ma’lumotnomasi, tarif setkasi va tarif stavkasi kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi. Korxonada bajariladigan ishlarning ishlab chiqarish tavsifi tarif-malaka ma’lumotnomasida keltiriladi. Ushbu hujjat ishchilar malakasini aniqlash va ularga ma’lum razryad belgilashda asos bo’lib xizmat qiladi.

Тarif setkasi - bu razryadlar va ularga tegishli bo’lgan tarif koeffitsiyentlari ko’rsatiladigan hujjatdir. Hamma korxonalarda birinchi razryadning tarif koeffitsiyenti birga teng bo’lib, razryad ortishi bilan tarif koeffitsiyenti ham oshib boradi.

Тarif stavkasi - ishchining razryadiga muvofiq unga ma’lum vaqt birligi davomida to’lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda, tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsiyentlariga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mehnatga haq to’lash shakllari, tizimlari, miqdorlarini mustaqil belgilaydilar. Ayni vaqtda korxonalar mehnatga haq to’lashning qonun bilan kafolatlangan eng kam miqdorini ta’minlashi lozim.
Ish haqi mehnat uchun to’lanadigan haqning hamma turlarini, shu jumladan, mablag’ bilan ta’minlash manbaidan qat’iy nazar, pul yoki natura shaklida hisoblangan har xil mukofotlarni, qo’shimcha haqlarni, ustama haqni va ijtimoiy imtiyozlarni, shuningdek, xodimga ishlanmagan vaqt uchun to’lanadigan haqlarni (ta’til haqi, bayram kunlari va hokazolar uchun) o’z ichiga oladi.
Ish haqi o’z tarkibiga ko’ra ikkiga bo’linadi:

  1. asosiy ish haqi;

  2. qo’shimcha ish haqi.


Asosiy ish haqi ishchi va xodimlarning ishlagan vaqtlari uchun to’lanadigan haq bo’lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:



  1. tarif stavkalari va maoshlar, ishbay narxlar uchun to’lanadigan haq;

  2. ishchilarning aybi bo’lmagan va bekor turib qolishlar uchun to’lanadigan haq;

  3. tunda ishlaganlik uchun qo’shimcha haq;

  4. akkord usulida to’lanadigan haq;

  5. ish haqi fondidan to’lanadigan mukofotlar;

  6. dam olish kunlari, bayram kunlari, ish vaqtidan tashqari soatlarda ishlaganlik uchun odatdagi ish shart-sharoitidan chetga chiqqanlik va boshqalar uchun ishchilarga yuqori narxlar bo’yicha to’lanadigan qo’shimcha haq.


Qo’shimcha ish haqi xodimlarning ishlamagan vaqtlari uchun to’lanadigan haq bo’lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:



  1. ta’tillarga to’lanadigan asosiy va qo’shimcha haq;

  2. o’smirlarga imtiyozli soatlar uchun to’lanadigan haq;

  3. davlat va jamoat burchlarini bajarganlik uchun to’lanadigan haq;

  1. tekinga beriladigan kvartiralar, kommunal xizmatlar va boshqalar qiymati.

Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ishga amaldagi narxlar asosida ish birligi uchun hisoblanadi.

Yüklə 442,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin