-
209
-
pedagog talabalar oldiga aniq savol va vazifalar qo‘yib, ularni
bajarilishini o‘z vaqtida talab qilishi kerak.
Yangi mavzuni
to‘la o‘zlashtirishi uchun ko‘rgazma qurollaridan foydalanish
ko‘maklashadi.
Jismoniy mashqlar texnikasini o‘rgatish jarayonida
pedagog talabalarga xarakat elementalarini va to‘liq xarakatni
o‘zini ko‘rsatishi kerak; bola xarakatlanish faoliyatini
metodikasi,
tashkil
etish
turlari
(jismoniy
tarbiya
mashg‘ulotlari, gimnastika mashqlari, xarakatli o‘yinlar va
hk.). Mashg‘ulotlarda ko‘rgazma qurollaridan (suratlar,
fotosuratlar, plakatlar va h.) jismoniy mashqlar tasvirlangan(
sakrash, uloqtirish, yugurish va hk.), tik turish holatlari; sport
anjomlari; jismoniy tarbiya vosita
va metodlarning yoshiga
qarab klassifikatsiya jadvallari, hujjatlar namunalari (reja,
rejalashtirish, konspekt, konsultatsiya, suhbat). Dars davomida
qo‘llanadigan sxema, chertej, rasmlar video vositalar
yordamida namoyish etiladi. Kurs o‘rganish davomida film va
diafilmlar
namoyish
etiladi.
O‘rganish
maqsadida
teleko‘rsatuvlar ham namoyish etiladi. Darslarda talabalar
o‘lchash asboblaridan foydalanishni o‘rganadilar sekundomer,
metronom va hk.). Seminar mashg‘ulotlarida olingan bilim
tekshiriladi
va mustahkamlanadi; maxsus adabiyotlar bilan
ishlash, konspektlashtirish; doklad uchun reja va konspekt
tuzish; ota-onalar bilan konsultatsiya va suxbatlar o‘tkazish
o‘rgatiladi; mavzularni og‘zaki aytib berish. Seminarning xar
bir mavzusi bo‘yicha talabalarga adabiyotlar ro‘yxati, aniq
vazifalar, ularni bajarish rejalari va shakli beriladi.
Seminar
mashg‘ulotining tashkil etilishi turli bo‘lishi mumkin,
masalan, o‘qituvchi seminar vazifalarini eslatib, o‘tkazish