Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


O’ttiz to‘qqizinchi majlis



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə49/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

O’ttiz to‘qqizinchi majlis


QUR’ONDAN YUZ O‘GIRUVCHINING MAZAMMAT QILINISHI BAYONI

Alloh taolo aytadi: «Sizlarga Men tarafimdan hidoyat kelganda, kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo‘ldan ozmas va baxtsiz bo‘lmas. Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, albatta, uning uchun tang-baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kuni ko‘r holda tiriltiramiz». U:


«Parvardigorim, nega meni ko‘r qilib tiriltirding. Men ko‘rar edim-ku?!» der. Alloh ayturki:

«Shunday. (Sen ko‘rar eding, lekin) senga Bizning oyat-mo‘‘jizalarimiz kelganida, ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday unutilursan». Haddan oshgan va Parvardigorining oyatlariga iymon keltirmaganlarni mana shunday jazolarmiz. Oxirat azobi esa shak-shubhasiz qattiqroq va uzunroqdir» (Toha surasi, 123–127-oyatlar).


Ali ibn Abu Tolibdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:

«Kim Qur’oni karimni o‘qisa va yod olsa, Qur’on halol deganni halol desa, harom deganni harom desa, Alloh uni jannatga kiritadi», deb aytdilar. Boshqa bir rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim namozda turib, Qur’onni o‘qisa, har bir harfi uchun yuzta savob oladi. Namozdan tashqarida tahorat bilan o‘qisa, har bir harfiga yigirma beshta savob oladi. Tahoratsiz o‘qisa, o‘ntadan savob oladi», dedilar. Ammo ulamolar tahoratsiz holda Qur’on o‘qishga odatlansa, odobsizlik qilgan bo‘ladi, deganlar. (Bu yerda Qur’onni yoddan o‘qish nazarda tutilmoqda. Mushafni tahoratsiz holda tutib o‘qish esa gunohdir. – Muharrir.)

Muoz ibn Jabal rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga safarda edim. «Yo Rasululloh! Bizga bir hadis ayting, biz undan foydalanaylik», dedim. Aytdilar: «Agar saodatmandlarning hayotini, shahidlarning o‘limini, qiyomat kuni najot topishni, issiq kunda soyani, zalolatdan hidoyatga chiqishni xohlasanglar, Qur’onni qiroat qilishda davom etinglar, chunki u Rahmonning kalomidir, shaytondan saqlanadigan qo‘rg‘ondir, mezonda og‘irlikdir».

Boshqa rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ummatimga ibodatlarning afzali Qur’onni qiroat qilish», deganlar.

Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Dihya Kalbiy arab podshohlaridan edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning Islomga kirishini judayam xohladilar. Uning haqqiga duo qilib: «Ey Alloh! Dihya Kalbiyning Islomga kirishini nasib qil», der edilar. Chunki uning qo‘l ostida yetti yuzta odam bor edi. U Islomga kirishni xohlagan paytda, Alloh taolo bomdod namozidan keyin Payg‘ambar alayhissalomga: «Ey Muhammad! Men Dihya Kalbiy qalbiga iymon nurini tashladim, u hozir oldinga kiradi», deb vahiy qildi. Dihya Kalbiy masjidga kirgan vaqtda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yelkalaridan ridolarini olib yerga to‘shadilar va uni o‘tirishga taklif qildilar. Dihya Payg‘ambarimizdan bu izzat-ikromni ko‘rgan paytda yig‘lab yubordi va yerdan ridoni olib o‘pdi. So‘ng: «O’ Rasululloh! Islomning shartlari nima?» deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:

«La-a ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh, deyishing», dedilar. Shunda u muborak kalimalarni qaytardi-da, yana yig‘lab yubordi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Dihya Kalbiy! Nima uchun yig‘layapsan?» deb so‘radilar. U: «Men katta gunohlarni qilganman. Allohdan ularning kafforatini so‘rab bering. Agar o‘zimni o‘ldirishni buyursa, o‘zimni o‘ldiraman. Agar mollarimdan sadaqa chiqarishni buyursa, sadaqa chiqaraman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Dihya! Qanday gunoh qilgansan?» deb so‘radilar. «Men qabila oqsoqoliman, – dedi u, – qizlarim bo‘lishidan jirkanardim, chunki odamlar, falonchining o‘g‘li Dihya Kalbiyning kuyovi, deyishini xohlamas edim. Shuning uchun oltmishta qizimni o‘z qo‘lim bilan o‘ldirganman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bundan hayratlandilar. Shunda Jabroil tushib: «Ey Muhammad! Alloh:

«Dihya Kalbiyga ayt, izzatim va ulug‘ligimga qasamki, sen «La-a ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh», degan vaqtingda oltmish yil kufr keltirganingni, Meni so‘kkaningni kechirdim-u, endi qanday qilib o‘zingniki bo‘lgan qizlaringni o‘ldirganingni kechirmayin» dedi», deb xabar berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yig‘ladilar va: «Ey Rabbim! Dihyani bitta shahodati bilan

shuncha gunohini kechirding-u, qanday qilib, mo‘minlarni ko‘plab shahodat aytishlari bilan gunohlarini kechirmaysan», dedilar.

Jabroil alayhissalom, aytishlaricha, ko‘pincha vahiyni Dihya Kalbiyning suratida olib tushar edi. Bu kishining to‘liq ismi Dihya ibn Halif ibn Farva Kalbiydir. Yuzi chiroyligidan Madinaga kelgan vaqtida, u kishiga nazar tashlamagan biror qiz qolmagan ekan. Islom avvalida iymon keltirgan, Badr jangidan boshqa barcha jihodlarda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan birga qatnashgan. Damashq yaqinidagi bir qishloqda yashagan. Hijratning oltinchi yilida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam maktublarini Rum podshosi Hiraqlga olib borib, elchilik vazifasini o‘tagan. Hazrati Muoviya raziyallohu anhu xalifalik davrida urush maydonida shahid bo‘lgan.

Abu Dardo raziyallohu anhu aytadi: «Kimda kim sidqidildan «La-a ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh», desa, uning og‘zidan ko‘k qushga o‘xshash bir farishta chiqadi. Uning ikki qanoti bor, biri mashriqda, boshqasi mag‘ribda. U farishta boshini Arsh farishtalariga yetgudek ko‘tarib, asalaridek g‘ingillaydi. Shunda Arsh farishtalari unga: «Jim bo‘l», deydi, u esa: «Alloh «La-a ilaha illalloh»ni aytgan kishining gunohini kechmaguncha, tinchimayman», deydi. Shunda Alloh: «Men uning gunohlarini kechdim», deydi. So‘ng u farishtaga Alloh taolo yetmishta til beradi, u tillari bilan haligi kishiga yana istig‘for aytadi. Qiyomat kunida esa, ul farishta barcha xaloyiqning o‘rtasida sohibini ko‘tarib, jannatga olib borib qo‘yadi» («Ravnaqul majolis»).

Hazrati Alidan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Farishtalarning ulug‘i bunday dedi: «La-a ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh»dan boshqa ulug‘roq kalima olib tushmadim. Bu kalima bilan yeru osmon, tog‘u daraxtlar, quruqlik va dengizlar qoyim turadi. Ogoh bo‘linglarki, bu kalima ixlos, ibodat va najot kalimasidir. Agar tarozining bir pallasiga, ikkinchi pallasiga yetti qat zamin va yetti qat osmon qo‘yilsa, albatta, bu kalima og‘ir keladi» («Zubdatul voizin»).

Bir kishi Arofot tog‘i ustida turib, qo‘liga yetti dona tosh olib: «Ey toshlar! Guvoh bo‘linglar, men

«La-a ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh», deyapman», deb, ularni boshi ostiga qo‘yib, uyquga ketdi. Tushida qiyomat qoyim bo‘libdi. U hisob-kitob qilinib, do‘zaxga haydalibdi. Shu vaqt toshlardan biri do‘zaxning eshigiga kelib, eshikni to‘sibdi. Farishtalar bu toshni olib tashlolmabdi. Shunda ular bu odamni do‘zaxning boshqa eshigidan kiritish uchun olib borayotganida, to‘satdan toshlardan yana biri do‘zax eshigiga kelib tushibdi va eshikni berkitibdi. Shunday qilib, haligi yettita toshning hammasi birma-bir do‘zaxning eshiklarini egalladilar. Farishtalar biror ishni eplolmagach, Allohga nido qilibdi. Alloh: «Shu toshlarki, bandam haqqini zoe ketkazmasdan guvohlik beryapti, endi Men qanday qilib, o‘z bandamning shahodatiga guvohlik bermayin! Uni jannatimga olib kiringlar», debdi. Farishtalar jannatning eshigi oldiga kelib qarasa, jannatning eshigiga «La-a ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh» kalimasi kalit bo‘lib, ochib turibdi ekan («Zubdatul-voizin»).




Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin