Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə57/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Qirq yettinchi majlis


QUR’ONI KARIM QIROATINING FAZILATI

Alloh taolo shunday deydi: «Albatta, Allohning Kitobini tilovat qiladigan, namozni to‘kis ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalarni maxfiy va oshkora infoq-ehson qiladigan zotlar hargiz kasod bo‘lmaydigan oldi-sotdidan (ya’ni, ulardan yaxshi amal va infoq-ehson uchun Allohdan ajr-mukofot bo‘lishidan) umidvordirlar, zero (Alloh) ularning ajrini komil qilib berur va O’z fazli-karamidan ularga yana ziyoda (mukofotlar) ham berur. Albatta, U mag‘firatli va o‘ta shukr qiluvchidir (ya’ni, ozgina amal uchun ko‘p mukofot ato qilguvchidir)» (Fotir surasi, 29–30-oyatlar).


Qur’oni karimda Alloh: «Albatta, Alloh ham, uning farishtalari ham payg‘ambarga duo-salovot ayturlar. Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aytinglar», degan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Kim menga bir bor salovot aytsa, buning evaziga Alloh taolo unga o‘nta salovot yuboradi». Eng afzal salovot u zotning ashoblariga o‘rgatib ketgan salovotlaridir:

«Allohumma solli ‘ala Muhammad va ‘ala ali Muhammad, kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka Hamiydum Majiyd. Va barik ‘ala Muhammad va ‘ala ali Muhammad kama barokta a’la Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka Hamiydum Majiyd».

Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Allohga yo‘liqishni umid qilsa, Allohning ahlini ikrom qilsin», dedilar. Sahobalar: «O’ Rasululloh sollallohu alayhi va sallam! Allohning ham ahli bo‘ladimi?» deb so‘rashdi. Rasululloh: «Ha», dedilar. «O’ Rasululloh, ular kimlar?» deb so‘rashganda, ul zot: «Ular Qur’on o‘quvchilardir. Ogoh bo‘linglarki, kim ularni ikrom qilsa, Alloh uni ikrom qiladi va jannatga kirgizadi. Kim ularni xorlasa, Alloh uni xorlaydi va do‘zaxga kiritadi. Ey Abu Hurayra! Allohning dargohida hofizi Qur’ondan hurmatliroq kimsa yo‘qdir. Allohning huzurida hofizul Qur’on Payg‘ambardan boshqa jamiki kimsalardan ikromliroqdir», dedilar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Sizlarga qiyomat kunida ummatimning eng afzali kimligini bildiraymi?» «Ha, yo Rasululloh!» deyishdi sahobalar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ular Qur’on o‘quvchilardir. Qiyomat kunida Alloh: «Ey Jabroil! Kim Qur’on o‘qigan bo‘lsa, tursin, deb nido qil», deydi. Jabroil alayhissalom uch marta nido qiladi. Shunda ular saf-saf bo‘lib, Alloh huzurida turadilar. Alloh ularga:

«O’qinglar va ovozlaringni ko‘taringlar», deydi. Ulardan har biri Alloh Qur’ondan ilhomlantirganicha o‘qiydi. Kim o‘qisa, ovozi, ohangi, xushu’i, tadabburiga ko‘ra darajasi ko‘tariladi. So‘ngra Alloh: «Ey ahlim! Dunyoda kim sizlarga yaxshilik qilganini bilasizlarmi?» deydi. «Ha», deb javob berishadi ular. Shunda Alloh aytadi: «Mahsharga boringlar! Kim ularni tanisa, o‘zi bilan birga jannatga olib kirsin!», dedilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qilganlar: «Isro kechasida Alloh menga aytdi: «Ey Muhammad! Ummatingizga buyuringki, uch toifa odamlarni ikrom qilishsin: ota-onalarini, olimlarni va hofizi Qur’onlarni. Ey Muhammad! Ummatingizni ogohlantiringki, kim ularni yomon ko‘rsa va xorlasa, unga Mening g‘azabim qattiq bo‘ladi. Ey Muhammad, ahli Qur’on mening ahlimdir. Dunyo ahlini ikrom qilganimdan ularni dunyoda sizning huzuringizga qo‘ydim. Agar Qur’on ularning qalblarida o‘rnashmaganida edi, dunyo ahlini halok qilgan bo‘lardim. Ey Muhammad! Hofizi Qur’onlar qiyomat kuni azoblanmaydilar va hisob-kitob qilinmaydilar. Ey Muhammad! Jannat uch toifaga muhtojdir: sizga va sizning sahobalaringiz Abu Bakr bilan Umarga hamda hofizi Qur’onga».

Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, boshqalarga o‘rgatganlaringizdir», deganlar.

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Allohning kitobidan bir harfni o‘qisa, uning uchun bir hasanot bo‘lib, u o‘n barobar


ziyoda qilinadi. Men «Alif, lom, mim»ni bir harf demayman, balki «alif» bir harf, «lom» bir harf,

«mim» bir harf deyman», dedilar.

Umar ibn Xattob raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: U kishi aytdilar: «Alloh Qur’oni karim bilan ba’zi qavmlarning martabasini ko‘taradi, ba’zi qavmlarni xor qiladi».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Alloh taolo aytdi: «Kimni Qur’on o‘qish Meni zikr etish va duo qilishdan mashg‘ul etib qo‘ysa, Men unga Mendan iltijo qilib so‘rayotganlarga berayotganimdan ham afzalini beraman». Alloh kalomining boshqa kalomlardan afzalligi Allohning o‘z mahluqotidan afzalligi kabidir».

Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qur’on o‘qiydigan mo‘min apelsinga o‘xshaydi, hidi ham xushbo‘y, ta’mi ham shirin, Qur’on o‘qimaydigan mo‘min xurmoga o‘xshaydi, ta’mi shirin, hidi yo‘q. Qur’on o‘qiydigan fojir rayhonga o‘xshaydi, ta’mi achchiq, hidi xushbo‘y. Qur’on o‘qimaydigan fojir achchiq tarvuzga o‘xshaydi, ta’mi achchiq, hidi yo‘q. Solih suhbatdosh mushk sotuvchiga o‘xshaydi, agar u bilan o‘tirsang, mushkidan bermasa ham, hidi senga urib qoladi. O’mon suhbatdosh bosqonchiga o‘xshaydi, agar uning yomonligi senga tegmasa ham, uning tutuni urib qoladi», dedilar.

Abu Umoma raziyallohu anhu aytadilarki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qur’onni o‘qinglar, chunki u qiyomat kuni o‘z egasini shafoat qiladi», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: «Kim birodarining hojatini chiqarish yo‘lida bo‘lsa, Alloh uning hojatini chiqaradi. Kim dunyoda musulmon birodarining aybini yopsa, qiyomat kuni Alloh uning aybini yopadi».

Yana bir hadisda: «Kim bir mo‘min boshidan dunyo qiyinchiliklari, musibatlaridan birini aritsa, Alloh uning boshidan qiyomat kungi qiyinchiliklardan birini aritadi. Kim bir qiynalgan odamning mushkulini oson qilsa, Alloh bu dunyo-yu u dunyo uning mushkulini oson qiladi. Kim bir musulmonning aybini bekitsa, Alloh dunyo va oxiratda uning aybini bekitadi. Banda, modomiki, birodari xizmatida ekan, Alloh uning xizmatida bo‘ladi, kim ilm talab qilib yo‘lga chiqsa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi. Modomiki, bir jamoat Allohning masjidlaridan bir masjidga yig‘ilib, Allohning kitobini tilovat qilsalar va uni o‘rgansalar, ularga xotirjamlik tushadi va ularni rahmat egallaydi, ularning atrofida farishtalar jamlanadi, Alloh o‘z huzuridagilarga ularni zikr qiladi», dedilar.




Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin