Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə59/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Qirq to‘rtinchi majlis


IBROHIM ALAYHISSALOMNING ISMOIL ALAYHISSALOMNI QURBONLIK

QILISHLARI

Alloh aytadi: «(Ibrohim o‘t ichidan eson-omon chiqdi) va dedi: «Albatta, men Parvardigorim (buyurgan taraf)ga ketguvchidirman. Uning o‘zi meni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur. Parvardigorim, O’zing menga solih (farzand)lardan hadya etgin». Bas, Biz unga bir halim o‘g‘ilning xushxabarini berdik. Endi qachonki u (bola Ibrohim) bilan birga yuradigan bo‘lgach, (Ibrohim): «Ey o‘g‘ilcham, men (hadeb) tushimda seni (qurbonlik uchun) so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Endi sen o‘zing nima ra’y-fikr qilishingni bir o‘ylab ko‘rgin», degan edi, u aytdi: «Ey otajon, senga (tushingda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qil. Inshaalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan».



«Bas, qachonki ikkisi ham (Allohning vahiyiga) bo‘yinsunib, (endi Ibrohim o‘z o‘g‘li Ismoilni qurbon qilish uchun) peshonasi bilan (erga) yotqizgan ediki, biz unga nido qildik: «Ey Ibrohim, darhaqiqat sen (ko‘rgan) tushingni rost bajo qilding». Albatta, Biz chiroyli amal qiluvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. Albatta, bu (ya’ni, Ibrohimning o‘z o‘g‘lini qurbon qilishga buyurilishi) ochiq ravshan imtihondir, xolos. Biz (Ismoilning) o‘rniga (Ibrohimga) katta bir (qo‘chqor) so‘yishni – qurbonlikni evaz qilib berdik (ya’ni, katta bir qo‘chqorni jannatdan tushirdik). Va keyingi (avlod)lar orasida (Ibrohim) haqida (go‘zal maqtovlar, olqishlar) qoldirdik. Ibrohimga salom bo‘lgay. Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz» (Vas-soffat surasi, 99–110-oyatlar).

Hikoya qilinadiki, Ibrohim alayhissalom kunlarning birida Alloh roziligi uchun mingta qo‘y, uch yuzta mol va yuzta tuyani qurbon qildilar. Odamlar va farishtalar bundan ajablanishdi. Shunda Ibrohim alayhissalom: «Allohga qurbat hosil qiladigan har qanday narsaga parvo etmasdan, Alloh yo‘liga xarj qilaman. Agar mening o‘g‘lim bo‘lganida, uni ham Alloh yo‘liga qurbon qilardim va bu amal bilan Allohga qurbat hosil qilardim», dedilar. Oradan bir qancha muddat o‘tib, Ibrohim alayhissalom bu so‘zlarni unutdilar. Quddus shahriga kelganlarida, Allohdan farzand so‘radilar. Alloh u kishining duolarini ijobat qilib, farzand bashoratini berdi. Ismoil alayhissalom tug‘ilib, Ibrohim alayhissalom bilan birga yuradigan bo‘lgach, (rivoyatlarga ko‘ra o‘n uch yoshga yetganlarida) Ibrohim alayhissalomning tushlarida: «Nazringga vafo qilgin», deyildi. Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, Tarviya kechasida uxlaganlarida, tushlarida bir kimsaning: «Ey Ibrohim, nazringga vafo qil», deganini eshitdilar. Tong ottirganlarida: «Bu tush Alloh tarafidanmi yoki shayton tarafidanmi», deb shubha qilib, ikkilandilar. Shuning uchun ham Tarviya kuni, shubha-ikkilanish kuni deb nomlandi. Kech kirgach, uxlaganlarida ikkinchi bor tush ko‘rdilar va uyg‘ongach, bu tush Alloh tarafidan ekanini bildilar. Shuning uchun ham bu kun «Arafa kuni», (arafa – bildi, deganidir) deb nomlandi. Bu makonning nomi Arafot, deb nomlanadi. Uchinchi kecha ham ushbu tushni ko‘rdilar-da, Ismoil alayhissalomni qurbon qilishga chog‘landilar. Shuning uchun ham qurbonlik kuni deb nomlandi. Ibrohim alayhissalom Ismoil alayhissalomni qurbon qilishni xohlaganlaridan keyin, uning onasi Hojarga: «Ismoilga chiroyli liboslarni kiydir, men uni mehmonga olib boraman», dedilar. Hojar onamiz Ismoil alayhissalomni kiyintirib, xushbo‘ylar surtib, sochlarini tarab qo‘ydilar. Ibrohim alayhissalom arqon bilan pichoqni olib, Mino tarafga ketdilar. Iblis Alloh uni yaratgan kundan beri bugungi kundagidek tipirchilab, taraddudlanmagan edi. Ibrohim alayhissalom oldlariga yugurib keldi va: «O’g‘lingning qomati mo‘‘tadilligiga, husnining go‘zalligi va latofatiga qaramaysanmi?» dedi. Ibrohim alayhissalom: «To‘g‘ri, lekin men shunga buyurilganman», dedilar. Iblis Ibrohim alayhissalomdan umidini uzgach, Hojar onamizning oldiga keldi va: «Ibrohim alayhissalom o‘g‘lingni so‘yishga olib ketdi. Sen qanday qilib xotirjam o‘tiribsan», dedi. Hojar onamiz: «O’lg‘on gapirma, biror marta ota o‘zining o‘g‘lini so‘yganini eshitganmisan», dedilar. «Mana shuning uchun ham pichoq bilan arqon olib ketdi-da», deganida, «Nima uchun so‘ymoqchi?» deb so‘radilar. Shayton: «Alloh unga buyurganini da’vo qilyapti», dedi. Shunda Hojar onamiz: «Payg‘ambar botil narsaga buyurilmaydi.
Men Allohning amriga jonimni ham fido qilaman, ne uchun bolamizni fido qilmaylik», dedilar. Shunda shayton Hojar onamizdan ham umidini uzib, Ismoil alayhissalomning oldiga keldi va unga:

«Sen xursand bo‘lib o‘ynayapsanu, otangning qo‘lida pichoq bilan arqon turibdi. Otang seni so‘ymoqchi», dedi. Ismoil: «Menga yolg‘on gapirma, otam nima uchun meni so‘yarkan?» dedi. Shayton: «Otangning da’vosi bo‘yicha, Alloh unga shu yilni buyurgan emish», dedi. Shunda Ismoil alayhissalom: «Allohning amriga bo‘yinsunaman», dedi. Shayton boshqa gaplarni gapirmoqchi bo‘lganda, Ismoil alayhissalom yerdan tosh olib unga otdilar va chap ko‘zini ko‘r qildilar, so‘ng u umidsizlanib qaytib ketdi. Alloh bu o‘rinda tosh otishni Ismoil alayhissalomga iqtidoan bizlarga vojib qildi. Ibrohim alayhissalom Minoga kelganlarida Ismoilga: «Ey o‘g‘ilcham, men (hadeb) tushimda seni (qurbonlik uchun) so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Endi sen o‘zing nima ra’y-fikr qilishingni bir o‘ylab ko‘r» (ya’ni, ayt-chi, sen Allohning amriga sabr qila olasanmi), dedilar. Bu bilan Ibrohim alayhissalom farzandlarini imtihon qildilar, ya’ni, Allohning amriga bo‘ysunadimi-yo‘qmi? Ismoil alayhissalom: «Ey otajon, senga (tushingda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qil. Inshaalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan», dedi.



Ibrohim alayhissalom o‘g‘lidan bu so‘zni eshitgan vaqtlarida bildilarki, «Parvardigorim, O’zing menga solih (farzand)lardan hadya etgin», deb Allohga qilgan duolari ijobat bo‘libdi. Allohga ko‘p hamd aytdilar. So‘ngra Ismoil alayhissalom: «Ey Otajon! Sizga bir necha vasiyatlar qilaman. Qo‘llarimni bog‘langki, iztiroblanib sizga aziyat berib qo‘ymayin; yuzimni yerga qaratingki, yuzimga qarab menga rahmingiz kelib qolmasin. Kiyimingizni yig‘ishtirib olingki, qonim sachrab, ajrim kamaymasin va onam u qonni ko‘rib g‘amgin bo‘lmasin, pichog‘ingizni o‘tkir qiling va pichoqni bo‘g‘zimga tezroq tortingki, yengilroq bo‘lsin, zero, o‘lim qattiqdir. Ko‘ylagimni onamga eltib beringki, mendan eslatma bo‘lsin va unga: «Allohning amriga sabr qil» deng. Onamga meni qanday so‘yganingizni, qo‘llarimni qanday bog‘laganingizni aytmang. Uning oldiga bolalarni kiritmangki, g‘ami yangilanmasin. Agar menga o‘xshash bolani ko‘rsangiz, unga qaramangki, g‘amgin bo‘lib qolasiz». Shunda Ibrohim alayhissalom: «Ey bolam! Sen Allohning amrini bajarishga qanday ham yaxshi yordamchi bo‘lding», dedilar. «Bas, qachonki ikkisi ham (Alloh vahiyiga) bo‘yinsunib, (endi Ibrohim o‘g‘li Ismoilni qurbon qilish uchun) peshonasi bilan yerga yotqizdi», so‘ng Ibrohim alayhissalom pichoqni Ismoilning bo‘g‘ziga qo‘yib kuch va shiddat bilan tortdilar, ammo qodir bo‘lmadilar. Alloh yeru osmonlardagi farishtalar ko‘zi oldidan pardani oldi. Ular Ibrohim alayhissalom o‘z farzandlarini so‘yayotganlarini ko‘rganlarida, Allohga sajda qilib o‘zlarini tashladilar. Alloh ularga: «Qaranglar, bandam mening roziligim uchun farzandining bo‘g‘ziga pichoqni tortyapti, sizlarga: «Men yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman», deganimda: «U yerda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilmoqchimisan? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz», degan edinglar. So‘ngra Ismoil alayhissalom:

«Ey otajon! Qo‘l-oyoqlarimni yeching, toki Alloh meni o‘z amrida itoatda, majburlangan holda ko‘rmasin, balki Ibrohimning o‘g‘li Allohga va amriga o‘z ixtiyori bilan itoat qilguvchi ekanligini» farishtalar ham bilsin, dedi. Ibrohim alayhissalom uning qo‘l-oyoqlarini yechdilar va yuzini yerga qaratib, bor kuchlari bilan pichoqni tortdilar, ammo Allohning izni bilan pichoq yana kesmadi. Shunda Ismoil alayhissalom: «Ey otajon! Menga bo‘lgan muhabbatingiz sababli zaiflashdingizmiki, meni so‘yishga qodir bo‘lmayapsiz», dedilar. Ibrohim alayhissalom pichoq bilan toshni urganlarida, tosh ikkiga bo‘linib ketdi. Shunda Ibrohim: «Toshni kesyapti-yu, go‘shni kesmayapti», dedilar. Shunda pichoq Allohning qudrati bilan tilga kirdi: «Ey Ibrohim! Sen kesgin, desang, Alloh kesmagin, deyapti, qanday qilib Allohga osiy bo‘lib, senga bo‘yinsunaman», dedi. Shunda Alloh: «Ey Ibrohim, darhaqiqat, sen ko‘rgan tushingni bajo qilding», deb nido qildi. Jabroil alayhissalom Ibrohim alayhissalomning ishlaridan ajablanib: «Allohu akbar! Allohu akbar!» dedi. Ibrohim alayhissalom:

«La-a ilaha illallohu vallohu akbar», dedilar. Ismoil alayhissalom esa: «Allohu akbar va lillahil hamd», dedilar. Shu bois bu kalimalarni qurbonlik kunlarida aytish bizlarga vojib qilindi. Ibrohim alayhissalomga farzandi evaziga qo‘chqor qurbonlik uchun tushirildi. Ibn Abbos raziyallohu anhu
aytadilar: «Agar bu qurbonlik tamaliga yetganda, odamlar sunnat deb bolalarini qurbon qilgan bo‘lardilar».

Hikoya qilinishicha, Ibrohim alayhissalom birinchi marta tush ko‘rganlarida, qo‘ylarining semizlaridan yuz tasini qurbon qildilar. Osmondan olov kelib, ularni yedi, shunda Ibrohim alayhissalom: «Nazrimga vafo qildim», deb o‘yladilar. Ikkinchi bor tush ko‘rganlarida, tuyalaridan yuzta semizini tanlab, qurbon qildilar. Osmondan olov kelib, ularni ham yedi. Shunda Ibrohim alayhissalom: «Nazrimga vafo qildim», deya o‘yladilar. Uchinchi bor tush ko‘rganlarida, Alloh farzandi Ismoil alayhissalomni qurbon qilishlarini buyurayotganini, bildilar. Uyg‘onib ketib, Ismoilni quchoqladilar va tonggacha yig‘lab chiqdilar.

Rivoyat qilinishicha, Alloh Ibrohim alayhissalomni o‘ziga xalil-do‘st qilib olgach, farishtalar: «O’ Parvardigoro, Ibrohimning moli, xotini, farzandi bo‘lsa, bu mashg‘ul qiladigan narsalar bilan qanday qilib Senga do‘st bo‘la oladi», dedilar. Shunda Alloh: «Bandamning suratiga, moliga qaramanglar, balki qalbiga, amaliga qaranglar. Mening xalilimning qalbida Mendan o‘zganing muhabbati yo‘qdir. Xohlasanglar, tekshirib ko‘ringlar», dedi. Jabroil alayhissalom inson suratida keldi. O’sha paytda Ibrohim alayhissalomning qo‘ylarini boqadigan o‘n ikki mingta itlari bo‘lib har bir itning bo‘ynida tilla zanjir bor edi. Ya’ni, dunyo najasdir, najas faqatgina najasga yaroqlidir, deb shunaqa qilgan edilar. Ibrohim alayhissalom baland tepalikda qo‘ylarga qarab turgan edilar. Jabroil alayhissalom unga salom berdi va: «Bu kimniki?» dedi. Ibrohim alayhissalom: «Allohnikidir, lekin hozir mening qo‘limda», dedilar. Jabroil alayhissalom: «Menga bittasini hadya qil», dedi. Ibrohim alayhissalom: «Allohni zikr et va uchdan birini ol», dedilar. Jabroil alayhissalom: «Subbuhun Quddusur Rabbuna va Rabbul malaikati va ruh», dedi. Ibrohim alayhissalom: «Ikkinchi bor zikr qil va yarmini ol», dedilar. Jabroil alayhissalom: «Subbuhun Quddusun Rabbuna va Rabbulmalaikati va ruh», dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Uchinchi bor zikr qilgin va hammasini olgin», dedilar. Jabroil alayhissalom yana bir marta aytdi. Shunda Alloh: «Ey Jabroil, xalilimni qanday deb bilding?» dedi. Jabroil alayhissalom:

«Naqadar yaxshi xalil», dedi. Ibrohim alayhissalom turib: «Ey cho‘ponlar, qo‘ylarni egasi qaerga xohlasa, o‘sha yerga haydanglar, sizlar ham uniki bo‘ldinglar», dedilar. Shunda Jabroil alayhissalom o‘zini tanitib: «Menda bularga hojat yo‘q. Men faqatgina sizni sinash uchun keldim», dedi. Ibrohim:

«Men Allohning xaliliman. Senga qilgan hadyamni qaytarib olmayman», dedilar. Shunda Alloh Ibrohim alayhissalomga ularni sotishga va puliga yerlar sotib olib, qiyomatgacha undan boyu kambag‘allar yeydigan vaqf qilishni vahiy etdi.

Ulamolar fikricha, kim asliy hojatlaridan keyin 20 misqol oltinga yoki 200 dirham kumushga ega bo‘lsa boy hisoblanadi. Agar dirham – dinordan boshqa narsalarga ega bo‘lib, u 200 dirhamga teng bo‘lsa ham boy hisoblanadi. Unga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi. Ushbu miqdorda boyligi yo‘qlarga qurbonlik vojib bo‘lmaydi. Ba’zilar, 200 dirham miqdorda dalaga ega bo‘lsa, u boydir, deganlar. Hamma ulamolar, 200 dirham miqdordagi boqqa ega bo‘lsa, u boydir, deb ittifoq qilishgan. Chunki bog‘ hojatdan tashqari bo‘lib, inson mevasiz ham yashay oladi.




Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin