Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


Ellik ikkinchi majlis JANNAT BAYONI



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə62/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Ellik ikkinchi majlis JANNAT BAYONI

Alloh taolo aytadi: «Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p-to‘p holda jannatga


«haydaladilar». Qachon ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib yetganlarida va uning qo‘riqchilari: «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz», deganlarida (ular behad shodlanurlar) va: «Bizlarga va’dasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) yeriga voris qilgan hamda jannatdan o‘zimiz xohlagan tarafda joy-o‘rin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin», derlar. Bas, (chiroyli) amal qilguvchi zotlarning ajri naqadar yaxshidir!» (Zumar surasi, 73–74-oyatlar).


Abu Hurayradan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim menga salovot aytishni unutsa, jannatning yo‘lini unutibdi», dedilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Jannatning sakkizta eshigi bor. U eshiklar tillodan bo‘lib, gavharlar qadalgandir. Avvalgi eshikda «La-a ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh», deb yozilgan bo‘lib, u payg‘ambarlar, shahidlar, saxiylarning eshigidir. Ikkinchisi namozlari va tahoratlarini komil qilguvchi namozxonlarning eshigi, uchinchisi mollari zakotini berguvchilarning eshigidir. To‘rtinchisi ro‘zadorlar, beshinchisi amri ma’ruf va nahiy munkar qilguvchilar kiradigan eshik, oltinchisi haj va umra qilguvchilarning eshigidir. Yettinchisidan mujohidlar, sakkizinchisidan ko‘zlarini haromdan tiyguvchilar hamda silai rahm va ota-onalariga ezgulik qilish kabi solih amallar qilguvchilar kirishadi». Jannat sakkiz xil bo‘ladi. Birinchisi Dorul jalol, u oq durdan iborat. Ikkinchisi Dorus-salom bo‘lib, qizil yoqut bilan bezatilgan. Uchinchisi Jannatul ma’vodir, u yashil zabarjad (qimmatbaho shaffof) toshdan qurilgan. Keyingisi Jannatul xuld, u sariq marjondandir. Keyingisi, Jannatun-na’im, u oq kumushdan yasalgan. Oltinchisi qizil tillolar bilan ziynatlangan Dorul qarordir. Yettinchisi Jannatul Firdavs, u kumush, oltin, yoqut va zabarjaddan bino qilingan bo‘lib, qorishmasi mushkdandir. Sakizinchisi Jannatu-adn deb nomlanadi. U oq durdan bo‘lib, jannatlarning barchasidan sharaflidir. Uning tillodan qilingan ikki eshigi bo‘lib, ularning orasi osmonu yerning orasichadir. Binosi tillo va kumush g‘ishtlardan, tuprog‘i anbar, qorishmasi mushkdandir. Unda anhorlar bo‘lib, undan boshqa jannatlarga oqib o‘tadi. Anhorlarning mayda toshlari durdan. Ularning suvi qordan sovuq, asaldan

shirinroqdir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Isro kechasida barcha jannatlar ko‘rsatildi. Ularda to‘rtta daryoni ko‘rdim. Birida suv, ikkinchisida sut, uchinchisida may, to‘rtinchisida asal oqardi. Men Jabroildan: «Bu daryolar qaerdan kelib, qaerga ketmoqda?» deb so‘radim. Jabroil alayhissalom: «Bular havzi Kavsarga boradi, lekin qaerdan kelishini men bilmayman. Parvardigoringizdan so‘rang, sizga buni bildiradi va ko‘rsatadi», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam duo qildilar. Shunda bir farishta kelib aytdiki: «Ey Muhammad, ko‘zingizni yuming!» Men yumdim. So‘ngra: «Oching», dedi. Ochib qarasam, bir daraxtning oldida turibman. Daraxt oldida oq durdan qilingan gumbazni ko‘rdim. Gumbazning yashil yoqutdan eshigi bo‘lib, unda qizil tillodan qulf turgan ekan. Agar bu dunyoning hammasini jamlab, shu gumbazning ustiga qo‘yilsa, xuddi baland toqqa bir tuxumni qo‘ygandek bo‘ladi. Men uning ostidan to‘rtta daryoning oqib chiqayotganini ko‘rdim. Qaytishni xohlagan paytimda farishta: «Bu gumbazning ichiga kirmaysizmi?» deb so‘radi. Men: «Uning eshigi qulf bo‘lsa, qanday qilib kiraman?» dedim. U menga: «Uning kaliti sizning qo‘lingizdadir», dedi. Men: «Qani u?» deganimda, farishta: «Bu kalit «Bismillahir rohmanir rahiym»dir», dedi. Men: «Bismillahir rohmanir rohiym» degan edim, qulf ochildi. Ichkariga kirganimda bu to‘rt daryo gumbazning to‘rt ustunidan oqib chiqayotganini ko‘rdim. Men chiqishni xohlaganimda farishta: «Ey Muhammad ko‘rdingizmi?» dedi. Men: «Ko‘rdim», dedim. U: «Ikkinchi marta qarang», dedi. Qarasam, gumbazning ustunlariga «Bismillahir rohmanir rohiym», deb yozilgan ekan. Suv daryosi «bismillah»ning «mim»idan, sut daryosi «ho»sidan, may daryosi «rahmon»ning

«mim»idan, asal daryosi «rohiym»ning «mim»idan oqib chiqardi. Shundan keyin bu to‘rt daryo


«Bismillahir rohmanir rohiym»dan chiqishi bildim. Alloh taolo menga aytdi: «Ey Muhammad, ummatingizdan kim meni bu ismlar bilan zikr qilsa, Men uni bu daryolarda sug‘oraman».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilarki: «Alloh Adn jannatini yaratgan vaqtda Jabroil alayhissalomga vahiy qilib: «Men bandalarim va valiylarimga tayyorlab qo‘ygan narsalarimga qara», dedi. Jabroil alayhissalom bu jannatni aylanib yurganida, qasrlarning biridan bir hur uning qarshisidan chiqdi. Hur Jabroil alayhissalomga tabassum qilganida uning tishlari ziyosidan Adn jannati nurafshon bo‘lib ketdi. Jabroil alayhissalom buni Allohning nuri deb, gumon qilib, sajda qilgan holida yiqildi. Shunda Hur: «Ey Jabroil, boshingizni ko‘taring», dedi. Jabroil alayhissalom boshini ko‘tarib, unga qaradi va: «Seni yaratgan Zot barcha aybu nuqsonlardan pokdir», dedi. Hur: «Ey Jabroil, Alloh meni kim uchun yaratganini bilasizmi?» dedi. Jabroil alayhissalom: «Sen kim uchun yaratilgansan?» deb so‘raganida: «Alloh meni Alloh roziligini o‘zining nafsu havosidan ustun qo‘ygan zotlar uchun yaratgandir», deya javob berdi hur».

Xabarlarda kelishicha, Sirot ko‘prigidan o‘tgandan keyin bog‘lar bo‘lib, ularda pokiza daraxtlar mavjud. Har bir daraxt ostida jannatdan oqib chiqadigan ikkitadan buloq bor. Ulardan biri o‘ngda, ikkinchisi chapdadir. Mo‘minlar sirot ko‘prigidan o‘tganlaridan keyin ulardan birini ichganlarida, ulardagi g‘ilu g‘ashliklar, kirlar, qon va bavl yo‘qoladi. Natijada ularning botinlari ham, zohirlari ham pokiza bo‘ladi. Ikkinchi buloqqa borib cho‘milganlarida, ularning yuzlari to‘lin oydek nurafshon, o‘zlari harirdek yumshoq, jasadlari mushkdek xushbo‘y bo‘ladi. Jannat eshiklariga yetganlarida hurlar chiqib, har biri o‘zining jufti oldiga kelib, ularni quchadi va uylariga olib kiradi. Har bir uyda yetmishta so‘ri bor, har bir so‘rida yetmishta ko‘rta bo‘lib, har bir ko‘rtada bittadan hur bo‘ladi. Har bir hurning egnida yetmishta ko‘ylagi bo‘lib, harirligidan boldirining iligi ko‘rinib turadi. Agar hurlardan biri bu dunyoga tuflasa, uning xushbo‘yligidan butun dunyo mushkka aylanib qolardi. Ularning ko‘kraklarida o‘z juftining va Allohning bir ismi yozilgan bo‘ladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jannatda farishtalar oltin va kumushdan qasrlar bino qilayotgan edilar. To‘satdan ular ishdan to‘xtab qolishdi. Men ularga: «Nima uchun bino qilishdan tiyildinglar?» deb so‘raganimda, ular: «Nafaqamiz tugab qoldi», deb javob berishdi. Men:

«Sizlarning nafaqangiz nima?» dedim. Ular: «Allohning zikridir. Bu qasrning egasi Allohni zikr qilar edi. U zikrdan tiyilgach, biz ham bino qilishdan to‘xtadik», deb javob berishdi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: «Kim menga har juma kuni yuz marta salovot aytsa, Alloh taolo garchi dengiz ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham, uning gunohlarini mag‘firat qiladi», deganlar.




Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin