Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


Ellik to‘qqizinchi majlis



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə70/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Ellik to‘qqizinchi majlis


ALLOHGA TOAT-IBODAT UCHUN HIJRAT QILISH

Alloh taolo aytadi: «Ey iymon keltirgan bandalarim, shak-shubha yo‘qki, Mening yerim keng, kattadir. Bas, sizlar Mengagina ibodat qilingiz! Har bir jon o‘lim (sharbati)ni totguvchidir. So‘ngra O’zimizga qaytarilursizlar. Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni, albatta, jannatda ostidan daryolar oqib turadigan xonalar – manzillarga joylashtirurmiz. Ular o‘sha joylarda mangu qolurlar. (Yaxshi) amallarni qiluvchi zotlarning ajri mukofoti naqadar yaxshi!» (Ankabut surasi, 56–58-oyatlar)


Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Menga salovot aytuvchi kishiga sirot ko‘prigidan o‘tayotganda nur bo‘ladi. Kim sirotdan o‘tayotganda nurli kimsalardan bo‘lsa, do‘zax ahlidan bo‘lmaydi», dedilar.

Ulamolar bu oyatlar Makkadan hijrat qilmay qolgan qavm haqida nozil bo‘lgan, deyishadi. Ular:

«Agar hijrat qilsak qiyinchilik va ochlikdan o‘lib ketishimizdan qo‘rqamiz», deyishdi. Alloh bu oyatlarni nozil qilib: «Mening yerim, ya’ni, rizqim keng», dedi.

Abu Hanifadan so‘rashdi: «Qaysi gunoh iymonning yo‘qolishi uchun xavfliroq?» U kishi:

«Allohning iymon berganiga shukr qilmaslik va bandalarga zulm etish», dedilar.

Bir banda vafot etsa, Alloh uning tobuti ko‘tarilish vaqtida to‘rtta farishtani yuboradi. Ular mayyitning qabri oldiga kelishadi. Ularning biri: «Ajal yetdi, orzu-umidlar uzildi», deb nido qiladi. Ikkinchisi: «Mollar ketdi, amallar qoldi», deb, uchinchisi: «Mashg‘ulotlar zoe bo‘ldi, qo‘rquv- qiyinchiliklar qoldi», deb nido qiladi. To‘rtinchisi: «Agar halol yegan va halol xizmat qilgan bo‘lsang, senga jannat bo‘lsin», deydi.

Sulaymon alayhissalom butun dunyoga insu jinlar, hayvonlaru qushlar va shamollarga ham hukmron bo‘lganlari sababli o‘zlaridan g‘ururlanib: «O’ Parvardigoro, menga izn berginki, bir yil davomida rizqlanuvchilarning rizqini men berayin», deb izn so‘radilar. Alloh: «Sen bunga qodir emassan», dedi. Sulaymon alayhissalom: «O’ Parvardigoro, bir kunga ruxsat bergin», dedilar. Bas, Alloh izn berdi. Shunda Sulaymon alayhissalom butun insu jinlarni to‘planib, qirq kun davomida ovqat pishirishga va oziqlar tayyorlashga buyuribdilar. Shamollarga ovqatlar ustida esmaslikni buyurdilarki, toki taomlar buzilib, aynib qolmasin. So‘ng oziq-ovqatlarni keng sahroga joylab chiqishni buyuribdilar. Ovqatlar joylangan maydonning uzunligi ham, kengligi ham bir oylik yo‘l edi. Alloh Sulaymon alayhissalomga: «Qaysi maxluqotlardan boshlaysan?» deb vahiy qilibdi. Sulaymon alayhissalom: «Dengizu quruqliklarda yashovchilardan», debdilar. Shunda Alloh dengizu ummonlardagi baliqlarga Sulaymon alayhissalomning chaqiriqlariga borishni buyuribdi. Ulkan baliqlar kelib: «Ey Sulaymon, Alloh bizlarni bugungi rizqimizni senga topshirgan ekan», deyishganda, Sulaymon alayhissalom: «Oldilaringizda taom turibdi, xohlaganingizni yenglar», debdilar. Nahang baliqlar butun ozuqalarni yutib yuboribdilar-da, «Ey Sulaymon, bizlarni to‘ydirgin, biz ochmiz», debdilar. Sulaymon alayhissalom: «To‘ymadinglarmi?» deb hayratlanibdilar. «Hali to‘yganimiz yo‘q», deb javob berishibdi. Shunda Sulaymon alayhissalom sajdaga yiqildilar-da: «Maxluqotlarning barchasini o‘zlari sezmagan joylardan rizqlarini yetkazib turguvchi Alloh! Seni poklayman», debdilar.

Rivoyat qilinadiki, Sulaymon alayhissalom bir chumolidan: «Sening bir yillik rizqing qancha?» deb so‘rabdilar. «Bir dona bug‘doy», debdi chumoli. Sulaymon alayhissalom uni bir ko‘zaga solibdilar-da bir dona bug‘doyni tashlab, og‘zini berkitibdilar. Bir yildan keyin ko‘zani ochsalar, chumoli bug‘doyning yarmini yegan ekan. «Nega qolgan yarmini yemading?» deb so‘raganlarida, u: «Avvalda men yolg‘iz Allohga tavakkul qilishib, donning hammasini yer edim. Chunki Alloh meni unutmasligini bilardim. Qachon mening tavakkulim senga o‘tgach, donning yarmini yedim va: «Agar bu yil Sulaymon meni unutsa, kelasi yil qolganini yeyman» deb qaror qildim.

Xabarlarda kelishicha, o‘lim farishtasi bir bandaning jonini olmoqchi bo‘lganida, banda: «Senga buyurilmaguncha ruhimni bermayman», deydi. Farishta: «Rabbim menga buyurdi» deydi. Shunda ruh
hujjat va alomat talab qilib: «Rabbim meni yaratgan va jasadga kiritgan paytda sen mening oldimda emasding, endi esa meni olmoqni xohlayapsan», deydi. O’lim farishtasi Allohga shikoyat qiladi:

«Falonchi bandang bunday demoqda va hujjat talab qilmoqda». Alloh: «Bandamning ruhi to‘g‘ri aytibdi, ey o‘lim farishtasi! Jannatga borib, undan Mening alomatim sifatida bitta olma ol va uni ruhiga ko‘rsat», deydi. Farishta jannatdan bitta olmani oladi. Olmada «Bismillahir rohmanir rohiym» degan yozuv bo‘ladi. Bu olma ko‘rsatilganida, bandaning ruhi shodlanib chiqadi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Mo‘min kishining ruhi toki jannatdagi o‘rnini ko‘rmaguncha chiqmaydi. Jannatdagi o‘rnini ko‘rgach, unga oshiq bo‘lganidan ota-onasiga ham, bolalariga ham parvo qilmaydi», dedilar. Sahobalar: «O’ Rasululloh, mo‘min jannatdagi, munofiq do‘zaxdagi o‘rnini qanday qilib ko‘radi?» deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Albatta, Alloh Jabroil alayhissalomni juda go‘zal suratda yaratgan, uning qanotlari orasida tovus qanotidek ikkita qanot bor, o‘ng qanotida jannat, undagi qasrlar, hurlarning suratlari, chap qanotiga esa do‘zax, undagi ilonu chayonlar surati chizilgan. Bir kimsaning joni halqumiga kelganida, u kishi mo‘min bo‘lsa, Jabroil alayhissalom o‘ng qanotini yoyadi, mo‘min kimsalar jannatdagi o‘rnini ko‘rgach, shodlanib, u yerga bo‘lgan ishtiyoqdan ota-onasi va bolalariga parvo qilmay qo‘yadi. Agar u munofiq bo‘lsa, Jabroil alayhissalom chap qanotini yozadi, bas, u do‘zaxdagi o‘rnini ko‘radi va qo‘rqqanidan ota-onasiga, bolalariga parvo qilmay qo‘yadi. Qabri jannat bog‘laridan bir bog‘ bo‘lgan kimsa naqadar saodatli! Qabri do‘zax chohlaridan bir choh bo‘lgan kimsa naqadar baxtsiz!».

Xabarlarda keladiki, badandan ruh chiqqan vaqtda osmondan uchta nido keladi: «Ey odam bolasi, sen dunyoni tark etdingmi yoki dunyo seni tark etdimi? Sen dunyoni jamladingmi yoki dunyo seni jamladimi? Sen dunyoni o‘ldirdingmi yoki dunyo seni o‘ldirdimi?» Jasad yuvishga hozirlangan vaqtda ham uchta nido keladi: «Ey Odam bolasi, quvvatli badaning qani? Kim seni zaiflashtirdi? Fasohatli tiling qani? Kim seni sukut qildirdi? Do‘stlaring qani? Kim seni yolg‘iz qoldirdi?» Kafanlangan paytida ham nido qilinadi: «Agar sen Allohning roziligiga erishgan bo‘lsang, senga jannat bo‘lsin! Agar Allohning g‘azabiga loyiq bo‘lsang, senga vayl bo‘lsin! Ey Odam bolasi, uzoq safarga zodi rohilasiz chiqyapsan. Abadul-abad qaytmaydigan bo‘lib ketyapsan». Tobut ko‘tarilgan vaqtda nido qilinadi: «Ey Odam bolasi, agar amaling solih bo‘lgan bo‘lsa, senga jannat bo‘lsin! Agar tavba qilgan bo‘lsang, senga jannat! Agar Allohga itoatli bo‘lgan bo‘lsang, senga jannat!» Qabrga qo‘yilganda qabr aytadi: «Ey Odam bolasi, ustimga kular eding, endi ichimda yig‘laysan. Ustimda xursand eding, endi ichimda g‘amgin bo‘lasan. Ustimda notiq eding, endi ichimda sukut saqlaysan».




Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin