2.1. Davlat budjeti ijrosini tashkil etish
Bugungi kunda budjet jarayonini samarali tashkil qilish
ishlarini G`aznachilik nazoratisiz ta'minlash qiyin ekanligini
ohmlar va iqtisodchilar,
qolaversa, soha mutaxassislari asosli
ravishda e'tirof etmoqda. Chunki g`aznachilik nazorati budjet
daromadlari va xarajatlarini yagona g`azna hisobraqamiga
jamJash, pul mablag`larini to`g`ri rejalashtirish, moliyaviy
oqimlarning dasllabki va joriy nazoratini amalga oshirish hamda
davlat budjetini yuqori operativlikda ijro qilish imkonini beradi.
Maiumki, global jahon iqtisodiyotidagi jiddiy muammolar
hamda ularning dunyodagi ko`plab mamiakatlar qatorida
bizning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham ko`rsatayotgan
salbiy
ta'siriga qaramasdan, oxirgi yillarda respublikamizda yuqori va
barqaror o`sish sur'atlarini saqlab, makroiqtisodiy barqarorlik va
mutanosiblikning ta'minlanayotganJigi o`ziga xos ijobiy
ko`rsatkich bo`lmoqda (2.1-rasm).
Rasmdan ko`rinadiki, agar mamlakatimizda YalMning
o`sish sur'atlari 2000-2003-yillarda 3,8-4,2 foiz, 2004-2006-
yilIarda 7-7,3 foiz, 2007-2008-yillarda esa 9-9,5 foiz darajasida
kuzatilgan bo`lsa, keyingi yillarda jahon moliyaviy-iqtisodiy
1
O`zbekistonRespublikasi
Davlat
statistika
qmitasi ma'lumotlari
2.1-rasm. O`zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o`sish dinamikasi,
foizda
1
.
13
inqirozi mazkur ko`rsatkichga ham o`z ta'sirini ko`rsatib, o`sish
sur'atlarida biroz pasayish ro`y berdi. Biroq mamlakatimizda
chuqur o`ylangan holda ishlab chiqilgan hamda izchil ravishda
olib
borilayotgan
samarali
iqtisodiy siyosat natijasida
shakllangan omillar shunday murakkab sharoitda ham
YalMning yuqori va barqaror o`sish sur'atlarini saqlab qolishni
ta'minlamoqda (2.1-rasm). 2013-yilda ham maqsadga muvofiq
yo`naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet daromadlarining
xarajatlardan ortish hajmi YalMning 0,3 foizi darajasida
boiishiga erishildi. Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini
izchil kamaytirib borish siyosati sharoitida budjet xarajatlarini
manzilli boiishini va ularning maqsadlilik
darajasini oshirish,
budjet mablag`larining jon boshiga moliyalashtirish tizimini
tatbiq etish, budjetning g`azna ijrosi mexanizmlarini joriy qilish
kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir. Ushbu bob budjet
ijrosmi tashkil etish masalalariga bagishlangan ekan, dastavval
budjet jarayonini tashkil qilishning nazariy va tashkiliy
asoslarini, budjet jarayonini samarali tashkil etishning zarurligi
va vazifalarini ko`rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Avvalo,
budjet jarayoni tushunchasining mazmuniga to`xtaladigan
bo`lsak, budjet jarayoni budjet loyihasini tuzish, ko`rib chiqish,
qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish,
ijrosi haqidagi hisobotni
tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek
davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o`rtasidagi o`zaro
munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishi
bilan bogiiq boigan davlat hokimiyati va mahalliy o`z-o`zini
boshqarish
organlari
hamda
boshqa
budjet
jarayoni
ishtirokchilarining maqsadli faoliyatidir. Uning mazmuni
mamlakatning davlat va budjet qurilishi, tegishli vakolatli
organlar va yuridik shaxslarning budjet huquqlari bilan
belgilanadi.
2014-yil I -yanvardan amalga kiritilgan 0'zbekiston
Respublikasi Budjet Kodeksida "budjet jarayoni" atamasiga
quyidagicha ta'rif berilgan:
"Budjet jarayoni - budjet tizimi
budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko`rib chiqish, qabul qilish,
tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosi ustidan nazorat qilish,
budjet tizimi budjetlarining ijrosi to`g`risidagi hisobotlarni
tayyorlash va tasdiqlash,
shuningdek, ular o`rtasidagi o`zaro
munosabatlar jarayoni"
1
. Ushbu ta'rifdan kelib chiqqan holda,
aytish mumkinki, budjet jarayoni, odatda, budjet faoliyatining
quyidagi to`rt bosqichini o`z ichiga oladi (2.3-rasm): Budjet
jarayoni
budjetni
rejalashtirishdan
boshlanadi.
Budjetni
rejalashtirish
davlat
moliyaviy
siyosati
talablariga
muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy
qismini tashkil qiladi. Bunday rejalashtirishning iqtisodiy
vazifasi turli darajadagi budjetlar va budjetdan tashqari
jamg`armalarni tuzish va ijro
etish jarayonida mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari
asosida yalpi ichki mahsulot va rruiliy daromad qiymatini
moliya tizimi bo`g`inlari o`rtasida markazlashtirilgan tarzda
qayta taqsimJash msbatlarini to`g`ri belgilashdan iboratdir.
Budjetni rejalashtirish turli darajadagi budjetlarni tuzish va ijro
etish tartibi, uning me'yoriy-huquqiy bazasi va tashkiliy asosi
tarzida budjet jarayonini, shuningdek,
mamiakat budjetini
tuzishning nazariyasi va metodologiyasi masalalarini ham o`z
ichiga oladi.
Budjetni rejalashtirish asoslari
mamlakat
konstitutsiyasi
va
qonunlari
bilan
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: