Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
87
Ishlarning ikki tomoni (ya’ni, juda past ketish va juda haddan oshish) yomonlangan. Har
bir xulqning o‘rtachasi matlubdir. U esa mumkin ishlardandir. Lekin yo‘l ko‘rsatuvchi
shayxlar muridlarining oldida boshdan g‘azabni xunuk qilib ko‘rsatishi, qizg‘onchiqlikni
yomonlashi, unga shulardan birortasiga ruxsat bermasligi lozim. Chunki agar muridga
shulardan ozginasiga ruxsat bersa, u shu ruxsatni baxilligi va g‘azabini saqlab qolishda
bahona qilib oladi va shayxining ozginaga ruxsat berganini ijozat etilgan miqdor deb
o‘ylaydi.
Agar g‘azab va qizg‘onchiqlikning aslini yo‘qotishga qasd qilib, buni oshirib yuborsa-yu,
lekin mo‘‘tadillikka qaytgani sababli tutoqishini sindirishgagina erishsa, uning uchun
to‘g‘ri yo‘l istalgan miqdor hosil bo‘lgunicha uni tag-tugi bilan yo‘qotishni qasd qilib
turmog‘idir. Shayx bu sirni muridiga zohir qilmaydi, chunki bu ahmoqning aldanish
o‘rnidir. Negaki, uning g‘azabi ham, qizg‘onchiqligi ham haq deb o‘ylaydi.
Dostları ilə paylaş: