Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
46
maxsus xonalarda (tahdirxona) va Qohiradagi al-Husayn masjidida jamoa bo‘lib zikr
tushishgan. Unda maxsus qo‘shiqchi xonishi va nog‘ora sadosi ostida davra bo‘lib zikr
tushganlar. Davra bo‘ylab aylanayotgan zikr ishtirokchilari vaqti-vaqti bilan chuqur
ta’zim bajo keltirib, shu x,olatda qo‘llarini oldinga cho‘zganlar. O’zaro uchrashganlarida
tariqat a’zolari qo‘l sqiqishib ko‘rishganlar. Tariqat yilda uch bayramni nishonlagan.
Bayram sanalari qad. qbtiy quyosh taqvimiga qarab belgilangan. Birinchi bayram sanasi
"ilohiy cho‘qintirish" kuniga to‘g‘ri keladi, qolgan ikki sana Nil daryosi suvining ko‘tarilishi
muddati bilan bog‘liq (hosildorlikka bag‘ishlangan marosim). Bayramlar vaqtidagi tartib
ustidan B. a’zolaridan tuzilgan maxsus qo‘riqchilar - Nuh avlodlari nazorat yurgizishgan.
Ularning belida yog‘och qilich, ko‘llarida - arqon qamchin, bo‘yinlarida turli rangdagi
munchoq shodasi bo‘lib, u ko‘krakka tushib turgan; bosh kiyimlarining tepasida rangli
tizimchalardan qilingan tutama (o‘ram) bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: