Microsoft Word navoiy gazallariga sharhlar lotin ziyouz com doc



Yüklə 289,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/65
tarix02.01.2022
ölçüsü289,83 Kb.
#43144
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
E. Vohidov Navoiy gazallariga sharhlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

40

Aytish kerakki, g‘azalning shu baytidan boshlab, umumiy yagona qofiyalanishdan tashqari, har bir 



bayt misralarining mustaqil ichki qofiyalanganini kuzatamizki, bu hol asa-ning‘ badiiy jihatdan ham 

barkamolligiga yana bir dalildir. 



 

Zaifu dardu g‘am pesha, nahifu mehiat andisha, 

Zalilu besaru somon, qatili xanjari hijron! 

 

Lirik «men»ning o‘z iqroricha: u dardu g‘amning doimiy yo‘ldoshligidan zaif, cheksiz azob-



uqubatlar va xavfu xatardan ozib-to‘zib ketgan, xoru zor, ayriliq xanjari uni qatl etgan. 

 

Fig‘onimdan falak g‘amgin, sirishkimdin jahon rangin,  

Na ishqim o‘tig‘a taskin, na hajrim dardiga darmon!

1

 

 

Ya’ni: mening chekayotgan ohu nolamdan falak qayg‘u-motamda. Tinimsiz oqayotgan qonli 



ko‘zyoshimdai butun borliq qizil rang olgan. Na o‘rtayotgan ishqim o‘tiga taskin va na ayriliq dardiga 

shifo topaman. 



 

Boshim g‘am toshidin pora, taiim hajr o‘qidin yora,

2  

Ko‘ngil bu yorag‘a chora toparg‘a topmadim imkon! 

 

Baytda shoir «g‘am toshi», «hajr o‘qi» birikmalarini qo‘llaydi. Aytish kerakki, bu birikmalar ham 



juda keng mazmunni ifodalovchi ramziy obrazlar darajasiga ko‘tarilgan hamda oqibat natijada lirik 

«men»ning insoniy sharafi va qadru qimmatini toptagan ijtimoiy yovuz kuchlarga, zo‘ravonlik va 

adolatsizlikka kinoya etadi. Ana shunday ijtimoiy mazmundor «g‘am toshi»ning tinimsiz zarbalari, 

«hajr o‘qi»ning esa uzluksiz qadalishi natijasida lirik «men»ning boshi pora-pora, butun tanayu 

a’zolari yara-chaqa, ammo, bunday g‘am-musibatlardan, qayg‘u-alamlardan qutulish choralarini 

topishning iloji yo‘q... 



 

Ko‘zum namliq, bo‘yum xamliq, ichim anduhu motamliq,  

Na hamdamliq, na marhamliq topib bu mehnati pinhon. 

 

Ko‘rinadiki, g‘azalning barcha baytlari bir-biri bilan mustahkam bog‘liq, bir-birini to‘ldiradi, 



mazmunan chuqurlashtiradi, dadillaydi. Keltirilgai baytda ham yetakchi mavzu yangicha qirralarda 

ochilgan: ko‘zim yosh bilan to‘la, qaddu bo‘yim bukik, egik, ichim esa g‘am-g‘ussaga to‘lib-toshgan, 

yurak-bag‘rim motam-musibat bilan yo‘g‘rilgan; vujudimni o‘rtovchi ko‘zga ko‘rinmas bu azob-

qiynoqlarga na marham topa olaman, na dardlasha oladigan hamdamim bor. 

Keyingi bayt shu g‘amgin ta’kidni yanada qat’iylashtirib, yanada bo‘rttirib ifodalash maqsadini 

kuzatadi. Ayni zamonda, bu bayt ham Navoiyning yuksak badiiy san’atiga, misraga tizilgan har bir 

so‘z imkoniyatlarini bosh maqsad-g‘oyaga to‘la-to‘kis xizmat ettirish mahoratiga yorqin misol bo‘la 

oladi. Baytda hammasi bo‘lib o‘nta so‘z ishtirok etadi. Ulardan biri — iikor «ne» sakkiz marotaba, 

ikkinchisi — «manga» to‘rt o‘rinda qayta-qayta keladi. Ammo shoirning usta san’atkorligi, jumladan

shundaki, bu takrorlarning hech birini noo‘rin yoki g‘ashga teguvchi, g‘alizlik tug‘diruvchi oddiy 

qaytariq deyish mumkin emas. Aksincha, ular har bir konkret holatda jiddiy ma’naviy vazifani o‘taydi, 

g‘oyani ta’kidlab, holatning chindan ham faje’ mohiyatini chertib ko‘rsatadi, ohangga shiddat va sur’at 

baxsh etib, uni xitob, hayqiriq darajasiga ko‘taradi: 

                                                      

1 «Navodir ush-shabob» nashrida (Toshk. 1959, 495-6.) bu misra: Na dardim o‘tig‘a tashkin, na hajrim dardig‘a darmon — 

shaklida xato berilgan. 

2 Bu misra ham o‘sha nashrda: Boshim g‘am toshidin yora, tanim hajr o‘qidin pora — shaklida xato berilgan. 



Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar 

 

 




Yüklə 289,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin