34
va Shosh viloyatlarini birlashtirib o‘ziga bo‘ysundirgandan keyin Amir
Temur boshqa mamlakatlar sari harbiy yurishlarga kirishdi.
Amir Temur saltanati Markaziy Osiyoda 35 yil (1370-1405)
hukm
surdi
. U Markaziy Osiyo hududlarini yagona
markazlashgan davlatga
birlashtirdi, Hind va Gangadan to Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan-
Shandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etdi. Amir Temur harbiy
yurishlarining bilvosita oqibatlari ulkan ahamiyatga ega: u Xitoyda Min
sulolasi davlat boshiga kelganda mo‘g‘ullarning Xitoyga solayotgan
xavfining
oldini oldi; Oltin O‘rdani yengib Moskva Rusi uchun ham xuddi
shunday yordam ko‘rsatdi. 1402-yilda usmonlilar sultoni Boyazid ustidan
Yevropa uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan
g‘alabani qozonib,
usmonlilarning Konstantinopolni istilo etishlarini yarim asrga surib yubordi.
Fransuz tarixchisi R.Grusse XX asr boshlarida “Amir Temurning Boyazid
ustidan g‘alabasi xristian olamini asrab qoldi”, deb yozgan edi. Tarix Amir
Temurni
makedoniyalik Iskandar, Doro I, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar
bilan bir qatorga qo‘yadi. Amir Temur mingta jang o‘tkazib, birontasida ham
yengilmagan mashhuri zamon sarkarda sifatida, davlat tuzilishi ishlariga, ilm-
fan, ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan
siyosiy arbob
sifatida tarixga kirdi. Amir Temur tarafidan tarqoq viloyatlar yagona davlatga
birlashtirilib, markaziy hokimiyat tuzilib barqarorlashgandan keyin,
mamlakat iqtisodiyoti mustahkamlandi, savdo va hunarmandchilik ishlab
chiqarishi rivojlana boshladi, qo‘shni va uzoqdagi
mamlakatlar bilan savdo-
xo‘jalik aloqalari kengaydi. Amir Temur hayotlik paytida davlat boshqaruvi
haqida “Temur tuzuklari” nomi bilan mashhur bo‘lgan kitob yozgan edi.
Unda bu mashhur davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga, davlat
tuzilishi va mamlakatni boshqarishga
oid qarashlari
aks etdi.
(Italiyaning Marko Polo instituti tomonidan nashr
etiladigan “Marko Polo” jurnalining 2006-yil 2-
sonida bosib chiqarilgan maqoladan)
Dostları ilə paylaş: