Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə13/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
shaytanat

b o b 1


Elchin Yangi yil kechasi Asadbekning qorong‘i, sovuq uyida bo‘lib o‘tgan suhbatni Sibirda orttirgan oshnasi Zelixonga aytib berdi. Qirraburun, ko‘zlari burgutnikidek o‘tkir Zelixon o‘y surganida ham nigohini bir nuqtada to‘xtatmas edi.

  • Asadbek molodets! Visshiy klass! — dedi u. —Aniq topibdi. Endi u bilan hazillashib bo‘lmaydi.

  • Shoshilma, — dedi Elchin. — Boshqalar bilan ham xuddi shunday gaplashgan bo‘lsa- chi. Shaharda nima ko‘p, to‘da ko‘p. Avval ularga qo‘l solgan. Keyin har ehtimolga qarshi mendan ham xavotiri borligini bildirib qo‘ygan bo‘lsa-chi?

  • Baribir. Eng muhimi — seni nazaridan chetda qoldirmagan. Faqat o‘zi bilgan to‘dalarni

kavlashtirganida ahmoq bo‘lardi.

  • Biz mo‘ljalni aniq oldik, muhimi — shu!

  • Aniqlikka aniq, lekin sen yo‘lbarsning peshonasini mo‘ljalga olmading-da. O‘qing qovurg‘asini yalab o‘tdi. Endi yarador yo‘lbarsdan qo‘rqishing kerak.

  • Menga uning o‘limi emas, yaralanib, azoblanib o‘kirishi kerak. Bir o‘q bilan o‘lishining keragi yo‘q.

Zelixon Elchinning yelkasiga qo‘l tashladi. Uning odati shu — mehri tovlanib ketsa, shunday qiladi.
Elchin Sibirdagi lagerga ko‘chirilganda, hali «o‘qilon»ning ovozasi yetib kelmay turib, shu Zelixonning panohida jon saqlagan edi. O‘zbekistondan kelgan, bo‘sh-bayov ko‘ringan bu yigitni dastyorga, aniqrog‘i, qulga aylantirmoqchi bo‘lgan zo‘ravon mahbuslar Zelixonning «bu mening zemlyagim» degan gapidan keyin tinchishdi. «Senam musulmonsan, men ham musulmonman. Yonimda yur», degan gapi Elchinga «Men akangman» deganday tuyuldi. Cho‘ntakkesarlikdan ish boshlab, katta xazinaga hujum qilishgacha borib yetgan Zelixon turmalarning ham, mahbuslarning ham turli toifasini ko‘rib ko‘zi pishgan edi. U Elchinning birinchi marta qamalganini yurish-turishidanoq bilgan edi. To Elchinning o‘zi aytib bermagunicha qamalishi sababini so‘ramadi. Elchin Sibirda yurganlarida to‘g‘ri gapni yashirdi. Haqiqatni keyinroq, qamoqdan chiqqach aytdi. Rejasini amalga oshirish uchun ishonchli, mard odamlar kerak edi. Eng ishongani Zelixon bo‘lgach, undan haqiqatni yashirolmasdi.

  • Senga bir qarashdayoq yuragingda o‘ch borligini sezganman. Erkakning o‘ch olishi yaxshi. Chechenlar yomonlikni hech qachon kechira olmaydi. Biz mayda-chuyda gaplarga o‘ralashmaymiz. Qasos yaxshi narsa. Dunyoning lazzati shu qasosda. Sen qasos olib mazza qilsang, men ham mazza qilaman. Ammo mensiz bir qadam ham bosmaysan. Sen atak-chechak qilayotgan bolasan. Men bu olamda yugurib yurib katta bo‘ldim. Qaysi teshikda ilon, qaysi teshikda chuvalchang yotishi menga aniq.

Chindan ham Zelixon biz jinoyatchi deb ataydigan odamlar olamining pastu balandini yaxshi bilardi. Birinchi marta cho‘ntak kesganidan to so‘nggi xazinani urganiga qadar yagona aqidaga amal qiladi — u faqat o‘zigagina ishonadi. Sheriklariga «Men hatto o‘zimga ham ishonmayman!» derdi. Bu gapida ham jon bor edi. Zelixon yolg‘iz ishlashni yoqtirardi. Lozim bo‘lganda bir-ikki sherikka suyanardi. Uning qoidasiga ko‘ra, sheriklar ko‘paygani sayin ishning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonch kamayib, aksincha, xoinlik uchun sharoit ortib boradi. «Ish taqdirini kuch emas, aql hal etadi». Zelixon faqat shu qoidani tan olardi. Elchin qasos haqida so‘z ochib, odam to‘plashni taklif etganida Zelixon «uch kishi yetarli» dedi. Jinoyatchilar olamining to‘s-to‘polonini chiqarmoqchi bo‘lgan Elchin bu gapdan hayratlandi. U atrofiga kamida yuz kishilik lashkar to‘plamoqchi edi. «Yuz kishi» degan gapni eshitib, Zelixon kulib qo‘ydi. Keyin shu bolaning sazasi o‘lmasin, deb besh kishiga rozi bo‘ldi. «Qancha odam kerak bo‘lsa, keyin sotib olaveramiz», deb ko‘nglini tinchitdi.
Zelixon o‘ttiz yildan ortiq ot surib yurgan bo‘lsa, uch marta qo‘lga tushgan. O‘smirligida bir yarim yil, so‘ng uch yil, oxirgi marta besh yilga kesilgan edi. Birinchisida ayb o‘zida, tan oladi. Qolgan ikkitasi sheriklarining landavurligi tufayli bo‘ldi. Barcha qilgan jinoyatlarini qamoqdagi kunlariga taqsimlab chiqilsa har bir ishi uchun besh-o‘n daqiqa o‘tirgan hisoblanardi.
Zelixonning laqabi «akademik» edi. Bunga sabab — u puxta o‘ylab olib, so‘ng ishga kirishardi. Uning boshqalardan farqi — odamlar ruhiyatini albatta hisobga olardi. Lozim bo‘lganda katta idoralarga boshqa bir idora boshlig‘iday bemalol kirib chiqaverardi. Eshik og‘zidagi soqchiga kiborlik bilan so‘z tashlab, «ha, o‘tiribsanmi» deb kirib ketaverardi.
Elchin uning bu «fazilati»ni shaharda uchrashganda bildi. Bir kuni Zelixon mashinasini
kirish mumkin bo‘lmagan ko‘chaga burdi. Milisa tayog‘ini ko‘targach, to‘xtadi-yu, tushmadi. Milisa lapanglab kelib, engashishi bilan oynani tushirib:

  • Ha, turibsanmi, — dedi. Milisa javob qaytarishga ulgurmay yana savol berdi: — Leytenant qani?

  • Sobirovmi? — dedi milisa yigit talmovsirab.

  • Ha, o‘sha, nimaga lallayasan, qayoqqa ketdi?

  • Hozir keladi.

  • Menga uchrashsin.

Zelixon shunday deb mashinani yurgizdi. Milisa esa gardanini qashib qolaverdi.

  • Sobirov deganingiz kim? — dedi Elchin.

  • Qayoqdan bilaman, — dedi Zelixon kulib. — Senam milisaga o‘xshagan laqma ekansan-ku.

  • Leytenantligini bildingiz-ku? Zelixon qah-qah otib kuldi:

  • Bularda nima ko‘p, leytenant ko‘p...

Zelixon shunday odam edi. Elchin Asadbekning qizi haqida gapirganida Zelixon ko‘p ham bosh qotirmadi. Atrofida yurgan qizlardan birini ishga soldi. Qiz sirtqidan kunduzgi o‘qishga o‘tayotgan toliba qiyofasida Asadbekning qizi bilan darslarga kirib yuraverdi.
Asadbekning qizini tanaffus paytida mashinagacha olib borgach, o‘sha kuniyoq Kavkaz tomonga uchib ketdi. Zelixon «qancha odam kerak bo‘lsa, sotib olaveramiz», deganida shu qiz kabilarni nazarda tutgan, har bir ish uchun alohida odam yollash uning nazarida bexavotirroq edi.


2





  • U seni o‘ziga yaqin odamning qiziga uylantiradi. Shu bilan har bir qadamingni emas, har bir nafas olishingni ham kuzatishadi.

  • Bu juda yaxshi! — dedi Elchin, — ular meni kuzatishadi, siz esa oshni pishirasiz.

  • Men pishiraman, sen suzasanmi?

  • Ha.

  • Bo‘lmaydi, zemlyak. Endi osh suzishing qiyin. Bir marta, bor, ana, ikki marta suzarsan. Uchinchisida o‘zingni suzib qo‘yishadi. Boshqa yo‘l topish kerak. Sen... men bilan endi yashirin uchrashma. Aka-ukaday kelib-ketib yuraver. Ammo yigitlarimiz bilan ko‘rishmaysan. Sen ularni tanimaysan, ular seni tanishmaydi bildingmi? Sen ashulangni aytib yuraver. Asadbek rostdanam aqlli bo‘lsa, bizga o‘zi yordam beradi.

  • Qanday qilib?

  • Qotillar kimligini o‘zi senga aytadi. Sen ularni o‘ldirasan. Shu bilan orani ochiq qiladi.

  • Laqillatib, boshqa odamni ko‘rsatsa-chi?

  • Yo‘-o‘q. O‘qilon g‘irromlik qilmaydi. G‘irromga suyangan odam bu olamda uzoq yashay olmaydi. O‘qilon— figura! — Zelixon shunday deb ko‘rsatkich barmog‘i bilan havoda undov belgisini yasadi. — Sen meni go‘rga tiqasan, zemlyak. Ming marta aytdim senga: o‘ch olish fikri aqlingni o‘tmaslashtirib tashlayapti. Chuqur o‘ylamayapsan. Har bir ishga alohida reja tuzish kerak. Bir ish ikkinchisiga sira o‘xshamasin. Biz ularni chalg‘itib tashlamasak, darrov dumimizni bosishadi.

Zelixon xontaxta ustidagi shishadan piyolaga musallas quyib sipqordi, so‘ng sigaret tutatdi. Chordana qurib o‘tirgan Elchin xuddi tasbeh o‘girayotgan mulladek nigohini bir nuqtaga qadadi. U Zelixonning zehniga, sadoqatiga ishonar edi. Qamoqda yurgan kezlarida, vujudi qasos alangasida qovjirayotgan damlarda Elchin yo‘l-yo‘riq izlardi. U avvaliga bir o‘zi jangga kirmoqqa qasd qildi. O‘sha mash’um kechada hovlisiga qadam
qo‘ygan har bir odamning kallasini sapchadek uzishni istadi. «Kallani sapchadek uzish»

  • aytmoqqa oson. Umrida chumchuq so‘ymagan yigit odam bolasiga pichoq ura olarmikin? Elchin dushmani bilan yuzma-yuz kelganida qo‘llari qaltirashini bilib, o‘zini bu ishga ruhan tayyorladi. Xayolan yuzlab odamlarning yuragiga pichoq qadadi, kallasini uzdi. Zelixon qamoqdaligida ko‘zlari chaqchaygan bir yigitni ko‘rsatib «otasining kallasini arralab tashlabdi, hayvon» deganida Elchin bir necha kun davomida dushmanlariga shu jazoni ravo ko‘rdi. Xayolan arralaganda ularning dod-faryodlari orasida arra tishlariga dosh berolmagan suyaklarning qirtillaganini eshitib o‘zi ham seskanib ketdi. Keyin

«uyimga kirganlarning turqi balki shu yigitga o‘xshagandir», deb o‘ylab dushmanlarini shu ko‘zlari chaqchaygan timsolida ko‘ra boshladi. Ana shunda ko‘krakka pichoq qadash qo‘lidan kelmasligiga fahmi yetib, Zelixonga suyanishni o‘yladi. Zelixon odam o‘ldirish, degan tushunchadan yiroq edi. Iloji bo‘lsa birovning burnini qonatmasam, derdi. U «aql ish bermagan yerda qon to‘kiladi», deb hisoblardi. Zelixon faqat o‘z aqliga ishonadi.
Qamoqdan keyin uchrashishib qasos haqida so‘z ochilganida u «yo‘lbarsni bir o‘q bilan o‘ldirishning qizig‘i yo‘q, uni yaralab, o‘kirtirib lazzat olish kerak», dedi. Bu gap Elchinga moydek yoqqan, hozir shuni o‘z tili bilan Zelixonga qaytarmoqda edi.
Zelixon ro‘parasida o‘yga cho‘mib qolgan bu yigitni nima uchun yoqtirib qolganini o‘zi ham bilmaydi. Elchin istarali yigit, desak, Zelixon bunaqalarni ko‘p ko‘rgan, musofirlikda ikki musulmon farzandi bir-biriga suyandi, desak, qamoqda boshqa musulmonlar ham bor edi. Zelixon begunohlarga xayrixoh edi, desak, qamoq faqat gunohkorlarninggina boshpanasi emas, ko‘zlariga «men nima uchun bu azoblarni tortyapman?» degan savol muhrlanib qolgan mahbuslar ko‘p uchrardi. Zelixon qamoq, ayriliq azoblariga chiday olmasdan ho‘ng-ho‘ng yig‘lovchi erkaklardan nafratlanardi. To‘g‘ri, yig‘i erkakka xos husn emas. Ammo, Zelixon ularning dardini his qila olmas edi. Na farzandi, na tayinli xotini, na tayinli qarindosh-urug‘i bo‘lgan odam sog‘inch hissini tuyishi mumkinmi?
Elchinda Zelixonni nafratlantiradigan narsa yo‘q edi — Elchin o‘zining begunohligini ko‘rsatishga harakat qilmas, nolimas edi. Bu yigitning mushtdek yuragini qoyadek dard bosib turganini Zelixonning sinchkov nigohi ilg‘adi. Zelixon dardini yashira oladigan odamni yaxshi ko‘rardi. Hasratini har kimga to‘kib soluvchi erkakdan do‘st chiqmaydi, deb ishonardi.
Zelixon Elchindan qasos haqidagi gaplarni birinchi marta eshitganda sergaklandi. U mushtdek yurakni qoyadek dard bosib turibdi, deb yursa, bu vujudda vulqon kuch to‘playotgan ekan. Vulqon otilsa hammayoqni barbod qiladi. Biroq otilgan choqda bahaybat tog‘larni poralab tashlagani kabi ko‘krakni ham, alamli yurakni ham tilka-tilka qilib yuboradi. Zelixon aynan shundan xavotirga tushdi. Qamoqda yurib hamma narsani o‘rgandim, degan bu go‘dak (Zelixonning oldida Elchin bir go‘dak edi) birinchi to‘qnashuvdayoq nobud bo‘lishi aniq edi. Zelixon bu katta shaharga begona, bu tomonlarda rizq terib yeyish unga nasib bo‘lmagan, qamoqda. Elchinning targ‘ibotidan keyin shu yerlarda yurgan edi. Qimorbozlikdan ish boshlab juda katta to‘daga bosh bo‘lgan, eng muhimi, biron marta bo‘lsin qo‘lga tushmagan Asadbekning kimligini u yaxshi bilmas edi. Asadbek to‘g‘risida yurgan gaplarga ishonmagan taqdirda ham, shahar hokimiga nisbatan ko‘proq mavqega ega bo‘lgan bu odam ahmoqmasdir, deb qo‘ygan edi. Zelixon avvaliga Elchinni bu yo‘ldan qaytarmoqchi ham bo‘ldi. U dunyoda uch narsa ochiq ko‘zni ko‘rmaydigan qilib qo‘yadi, deb hisoblardi. Bu — muhabbat o‘ti, qasos o‘ti va boylik o‘ti. Zelixon muhabbat o‘tida yonmagan. Biron-bir qiz ishqida o‘rtanmagan. Muhabbat muammosi to‘shakda bir necha daqiqada hal etiladi, degan aqidaga amal qilib yashagan.
U boylik o‘tidan ham qo‘rqmaydi. Chunki u o‘g‘ri bo‘lgani bilan, hech mahal boylik to‘plashga urinmagan. Yashashi uchun aqchasi bo‘lsa bas, boshqalarday dang‘illama
imoratu orzu-havaslarga berilmagan. Shu yoshga kirib hali o‘z uyi bo‘lmagan. Cho‘ntak bo‘shab qolgan taqdirdagina «ov»ga chiqqan. Hatto qo‘lga tushib qamalib ketsam, chiqqanimda asqotadi, deb jamg‘armagan ham.
Qasos o‘ti bolaligida bir yonganu bobosining sa’y-harakati bilan o‘chirilgan edi.

3


Urush chechenlar yashaydigan qishloqlardan uzoqroqda bo‘lsa ham uning sovuq nafasi ufurib turardi. Qishloqqa qoraxatlar bilan birga noxush mish-mishlar ham yetib kelardi. Mish-mishlar oqibatda haqiqatga aylanib butun qishloq bir kechada issiq uylardan haydab chiqildi. Bir hafta burun Zelixonlarnikiga qoraxat kelib aza ochilgan edi. Olti yoshga to‘lgan bola dam onasiga qo‘shilib yig‘lardi, dam bobosiga qo‘shilib qo‘lini fotihaga ochardi. U nima uchun aza ochilganini tushundi — otasini fashistlar o‘ldirgan. Endi qotillarni kechirish mutlaqo mumkin emas! Zelixon — endi xunxo‘r! Tomirlarida chechen qoni oqayotgan olti yoshli bola ajdodlar qonunini bilardi. Unga na onasi, na bobosi «o‘ch ol!» dedi. Bu gapni uning yuragi aytardi. Shunga aqli yetgan bola nima uchun uyqudan uyg‘onishganini, ikkita tugunni orqalab tun bo‘yi yo‘l yurishganini, so‘ng poezdga chiqishganini bilmadi. Birov «fashistlar yaqin kelib qolishibdi, bizni asrashyapti», dedi. Bundan Zelixon ajablandi: fashistlar yaqin kelsa yaxshi-ku! O‘ch olish imkoni tug‘ilgan ekan-ku?! Yana birov: «Ichimizdan sotqin chiqibdi, hammamiz shuning kasofatiga qolibmiz», dedi. Zelixon bunga ham ajablandi: qanaqa sotqin, nimani sotadi, qishloqda sotadigan nima bor?..


Uzun kechalar yo‘l yurib, nihoyat bir qishloqdan panoh topishdi. Uning ko‘ngli, ko‘zlari tog‘larga, cho‘qqilarga o‘rgangan edi. Bu qishloq tog‘dan ancha uzoq ekan. Ammo bobosi ham, onasi ham shukr qildilar. Bir dehqon uyining yarmini bo‘shatib berdi. Devor o‘rniga eski sholcha tortib yashayverishdi. Yetti yot begonaga ham muruvvat ko‘rsatuvchi imonli odamlarga uchratgani uchun bobosi Ollohga shukrlar qildi. Yaxshiyam, bobosi turkchani bilardi, bo‘lmasa kunlari imo-ishora bilan gaplashishga qolarmidi...
Zelixonning onasi betoblanib, ikki kungina yotdi. Uchinchi kuni uzildi. Bobosi dono edi. Ortiqcha kiyim-boshni qo‘yib, o‘limligini olvolgan ekan, o‘ziga emas, keliniga nasib etdi. Uch yil oralatib o‘zi qaytish qilganida kafanlikni shu uy egasi topib berdi.
Bobosi bir oydan ziyodroq yotdi. Uning umri tugagan, bu hayotdan nasibasi qirqilgan edi. Biroq, Xudoga yolborib yana bir-ikki oy umr so‘rardi. Begona yurtda g‘irt yetim bo‘lib qolayotgan nabirasini ozgina bo‘lsa-da, oyoqqa qo‘yib omonatini topshirsa, ko‘zi ochiq ketmas edi. Nasiba qirqilsa, banda chorasiz ekan. Bobosi to so‘nggi nafasi chiqquncha Zelixonga nasihat qildi. So‘nggi kechada, so‘nggi kuchini jamlab bir gap aytdi:

  • Bolam, biz chechenlarmiz! Unutma! Chechenlar hech qachon o‘zlarini xor qilib qo‘ymaganlar. Sen hech qachon nomardlarga bo‘yin egma! Ammo yaxshilik qilganlarni umring ado bo‘lguncha boshingda ko‘tarib yur. Sen o‘z nomusing uchun jang qilmasang, kechiraman. Lekin senga yaxshilik qilgan o‘zbeklarning nomusi uchun jon bermasang, rozi bo‘lmayman. Olloh ham seni kechirmaydi, bilib qo‘y! O‘zbeklar ham biz kabi xorlangan ekan, vaqti kelsa joningni ayama...

  • Bizni xo‘rlaganlardan qasos olaman! — dedi Zelixon. To‘qqiz yoshli chechen bolasining tomirida qasos qoni ko‘pirishi uchun yetarli asos bor edi. Bobo buni bilardi va shundan qo‘rqardi. Qasos o‘ti bolaning ko‘zini ko‘r qilib halokat jari tomon yetaklashi muqarrarligini bilgani uchun ham qo‘rqardi.

  • Zinhor! — dedi bobo, keyin ko‘zlarini yumib tin oldi. U xo‘rlikni kechira olmaydigan chechen edi. Ayni choqda, musulmon ham edi. Cholning urishdan to‘xtay deb turgan

yuragida armon bilan birgalikda qasos ham bor edi. Qasos — xo‘rlikdan, armon esa qasosning qiyomatga qolayotganidan. Chechen uchun xo‘rlikdan ham chorasizlik yomon. Ular chorasiz edilar. To‘qqiz yoshli bola qasos olaman, deb qasam ichyapti. Ammo kimdan qasos oladi? Birgina shularning o‘zini haydab chiqarganlarida edi, so‘rab- surishtirib, aybdorni topardi. Agar bu mo‘ylovning (bobosi Stalinni «mo‘ylov» deb atardi) istagi bilan amalga oshirilgan bo‘lsa boshini qaysi toshga urishi kerak?! Bobosi ko‘zlarini yumib shularni o‘yladi. Uning bu o‘ylari Zelixon uchun sir bo‘lib qolaverdi.

  • Zinhor, — dedi bobosi ko‘zini ochib. — Bunday qasam ichma! Ota-onam go‘rida bezovta bo‘lmasin, desang, tinch yur!

Uy egasi, eski do‘ppining ustidan qiyiqcha bog‘lab olgan mo‘ysafid yarim piyola sutga to‘rt to‘g‘ram non tashlab, bir tishlamini xastaning og‘ziga tutdi. Zelixonning bobosi labini qimtib bosh chayqadi.

  • E, birodar, jonga darmon kerak. Nima deyayotganingizni anglamadim-u, ammo bolani qo‘rqitish yaramaydi. U hali hech nimani tushunmaydi.

Bobosi uy egasining maqsadini anglab, og‘zini bazo‘r ochdi. Anchagacha tamshandi. Ammo nonni yuta olmay asta chiqardi. Ko‘zlari bejo bo‘ldi.

  • Bolam, sen bir aylanib kel, — dedi uy egasi Zelixonga.

Zelixon chiqib ketdi. Uy egasining nima uchun chiqarib yuborganini ulg‘ayganidan so‘ng fahmladi. Bobosining tamshanishi to hanuzga qadar ko‘z oldidan ketmaydi. Bobosining rizqi tugaganmidi yo o‘lim oldidan birovning luqmasini yutishni istamadimi — bu Zelixon uchun muammoligicha qoldi.
Zelixon Elchin bilan shaharda uchrashganidan beri bobosining so‘nggi gaplarini ko‘p eslaydi. Bir tomondan bobosi qasosga yo‘l bermay ketdi. Bir tomondan Elchin — o‘zbek, ularga ham boshpana, ham nasibasidan bir ulushini, hatto kafanligini baham ko‘rgan xalq farzandi. Yana bir tomondan esa, Elchin qasos olmoqchi bo‘lgan odamlar ham shu xalq farzandlari.
Alanga Zelixonni uch tomondan o‘rab kelardi. Bir tomon ochiq — qochoqlik, qo‘rqoqlik yo‘li. Chechenning eng nomardi ham bu yo‘ldan yurmaydi. Zelixon Elchinni qasos yo‘lidan qaytara olmasligini bilardi. Zelixon qasosga sherik bo‘lish uchun emas, balki Elchinni ajdaho komidan asrab qolish uchun ham uning yoniga kirdi.
Uch-to‘rt kishi bo‘lib xazinani urish yoki biron boyni qaqshatish Zelixonga cho‘t emasdi. Ammo Elchinning boshlayotgan ishi uni ancha gangitib, tashvishga soldi. U Asadbekdan cho‘chidi, deyish bo‘hton. Asadbekdan joni o‘ziga shirin odamlar qo‘rqishadi. Shu paytgacha Zelixon jonini sira ayamagan. Uning tashvishi— maqsad sari bir-ikki qadam qo‘yganda bevaqt yiqilib qolish. Erkak odam bir ishga qo‘l urdimi, o‘lsa ham oxiriga yetkazib o‘lishi kerak — shu aqida asosida ulg‘aygan Zelixon boshqacha yo‘l tutolmas edi.
Zelixon piyoladagi musallasni sipqorib, nigohini bir nuqtaga qadab o‘tirgan Elchinni yelkasiga asta turtib qo‘ydi.

  • Zelixon yarim yo‘lda tashlab qochmaydi. Men — chechenman! Unutma! Asadbek senga uylan debdimi, uylan. To‘yga tayyorgarlik ko‘raver.

Bu gapdan keyin Elchin boshini ko‘tardi.

  • O‘ziga kuyov qilsa-chi?

Zelixonning rejasida ishning bu tomonga og‘ishi nazarda tutilmagan edi. Asadbekning qizini o‘g‘irlash, uning nomusiga tegish g‘oyasi Zelixondan chiqqandi. Ishni boshidan oxirigacha o‘zi pishitib bergan edi. Elchinning vazifasi qorong‘i uyda qo‘rquvdan titrab o‘tirgan qizning qo‘yniga kirish edi. Elchin birinchi kirganida «Oyijon!» deb o‘zini himoya qilgan, jonholatda tipirchilagan qizni yenga olmadi. Unga rahmi keldi. Agar qiz «otajon!» deb baqirganida ko‘z oldiga Asadbekning qahrli nigohi kelib, balki ko‘nglidagi rahmini
parchalab tashlarmidi... Keyingi safar qiz «Oyijon!» deb baqirganda Noilaning nolasini eshitganday bo‘ldi. Qiz uning bag‘rida tipirchilaganda ko‘kragiga pichoq qadalib jon talvasasida yotgan xotini ko‘ziga ko‘rindi.
O‘sha tun Elchin uchun sinov kechasi edi. U o‘ch olishning azobini ham, lazzatini ham tatib ko‘rdi. Lazzat shahvatini qondirishdan emas, balki dastlabki qasosning shirin suvidan edi. Azobi — nohaq jabr tortish nima ekanini totib ko‘rgan yigit begunoh bir pokiza vujudni bulg‘adi.
Zelixon bu rejani tuzayotganida Elchining ikki o‘t orasida qovurilishini hisobga olgan edi. Chunki u birinchi marta begona odamning cho‘ntagiga qo‘l solganini, pulini olgandan so‘ng uyatdan yonib ketay deganini hali-hali unutmaydi.
U Asadbekning fe’lini bilmas edi. Bunday voqeaga qo‘l siltab qo‘yadimi yo kuyib- o‘rtanadimi — bu Yaratganga ayon bo‘lmasa, Zelixon uchun qorong‘i edi. Uning nazarida Asadbek — ota. Qizining nomusiga befarq qaraydigan ota bu yurtda yo‘qdir. Ayniqsa, ko‘pning nazarida turgan odam nomusiga befarq qaramas. To‘g‘ri, uning oldida sho‘rlik qizi haqida og‘iz ochishga jur’at etmaydilar. Lekin pana-panada visir-visir bo‘lishini Asadbek sezmasmikin? Gap-so‘zlarga barham berishning eng to‘g‘ri yo‘li — uni turmushga uzatish. Kuyov kim — Elchinmi?
Zelixon Elchinning so‘zlaridan keyin o‘zini Asadbekning o‘rniga qo‘yib ko‘rdi. O‘zini marhamatli, odamparvar ko‘rsataman, desa «qamalib chiqqan otarchi»dan hazar qilmay, yelkasiga kuyovlik sarposini yopadi. Misqollab to‘plagan obro‘-e’tiborini o‘ylasa— bu ishga qo‘l urmaydi. Xo‘sh, Asadbek uchun qay biri qadrli? Zelixon bu muammoga javob topa olmadi. Bu savolga javobini oradan kunlar o‘tib Asadbekning o‘zi aytdi.



  1. Yüklə 0,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin