Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə19/52
tarix23.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80292
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
shaytanat

b o b 1


Tabibboshi Anvarning gaplarini eshitib, «bari-bir yalinib kelar ekansan-ku», deganday istehzo bilan kulimsirab qo‘ydi.

  • O‘jarlik qilib chiqmay qolganingizda sizni chindan ham telba degan bo‘lardim. Hozir do‘xtiringizga aytaman, qog‘oz yozib beradi.

  • Birato‘la majruhlikka chiqarib yubormaysizlarmi ishqilib? — dedi Anvar xavotir bilan.

  • Qo‘rqmang, — tabibboshi «holing shumidi» deganday yana iljaydi, — invalidlikka chiqish osonmas, yana ikki-uch marta kelsangiz, ana o‘shanda o‘ylab ko‘ramiz.

  • Hali yana ko‘rishar ekanmiz-da, — Anvar unga ko‘zini lo‘q qilib tikildi. — Sizni tortib ko‘rish yanagi safarga qolarkan-da a? Necha kilo go‘sht berishingizni bilmay chiqib ketaveramanmi endi?

  • Bas qiling!..

Tabibboshi asabiy holda emas, yalinish ohangida aytdi bu gapni. Gap ohangi Anvarni ajablantirdi. Bu yerda boshqa qiladigan ishi yo‘q edi, chiqib ketaversa ham bo‘lardi. Biroq, tabibboshi yuzida istehzo uchqunlarining yo‘qolib, ko‘ziga mung soya tashlashi uni hayron qoldirib joyiga mixladi. Tabibboshi uni haydab chiqarmadi.

  • Xafalik sizga yarashar ekan, ko‘zlaringiz chiroyli bo‘lib ketarkan.

  • Qo‘ying, gapirmang, — tabibboshi o‘rnidan turib deraza tokchasiga qator terilgan tuvakdagi gullar oldiga keldi. Qo‘llarini qovushtirganicha Anvarga orqa qilib turdi. Undan anchagacha sado chiqmadi.

  • Jinnilik ham evi bilan-da, — dedi u nihoyat. —

Kimligingizni bilmaymanmi? Siz alamingizni mendan olmoqchisiz. Men bir bechora tul ayol bo‘lsam. Sizning erkak degan nomingiz bor... — tabibboshi shunday degach, Anvarga o‘girildi. — Ha, faqat nomingiz bor. Gapimdan ranjimang, yolg‘iz siz emas,
hammangiz... birsiz... Aslida erkak zoti qolmagan. Hammayoqni xotinchalish bosib ketgan.
«Bu yog‘i zo‘r bo‘ldi-ku? — deb o‘yladi Anvar. — Nimaga shama qilyapti u, yo qarmoq tashlamaganimgami? Qani, eshitaveray-chi...»

  • Zo‘r bo‘lsangiz, aqlli bo‘lsangiz, haqiqatparvar bo‘lsangiz nimaga bu yerda miq etmay o‘tiribsiz. Bu yerga yuborganlarga qarshi nima uchun bosh ko‘tarmadingiz? O‘rtog‘ingiz- chi, u kim? Endi Asadbekka malaylik qilyaptimi? Siz chiqib kim bo‘lasiz? Siz ham Asadbekning yalog‘ini yalaysiz. Yalamay ko‘ringchi!.. — Tabibboshi erimning kuni boshingizga tushadi, demoqchi edi, lekin ro‘parasida hasratdoshi emas, begona erkak o‘tirgani uchun bunday demadi. Birdaniga yorilib, shuncha gaplarni aytvorgani ham yetarli edi.

Tabibboshi aslida Elchin kelib-ketganidan so‘ng aytmoqchi edi bu gaplarni. Sirtdan qaraganda beg‘am, hayot lazzatlaridan bahramand yashayotganday ko‘ringan bu do‘mboq ayolning ichi hasratga to‘la edi. To‘g‘ri, yemoq-ichmoqdan kam-ko‘sti yo‘q. Lekin ayol kishiga shuning o‘zi yetarlimi? Qimorboz bo‘lsa ham eri bor edi. Ertaga qaysi erkak erkalar ekan, degan o‘yda yashamasdi. Yetim to‘shakka kirganida ko‘kraklari o‘rgangan qo‘lni qo‘msab zirillaydi. Kelinlik chog‘lari o‘rganolmay qiynalgan aroq va sigaretning aralash qo‘lansa hidini ham sog‘inadi. Uning dardini faqat yostiq biladi.
Ko‘zyoshlarga aylangan hasratni yostiq bag‘riga singdirgan. Yer qon ichib to‘ymaganidek, yostiq ham hasrat ko‘zyoshlarini ichib to‘ymaydi.
Soppa-sog‘ yigit-qizlarning bu yerga yotqizilishiga u ko‘nika boshlagan edi. Ayniqsa jinoyat qilib qo‘ygan yoki harbiydan qochirilganlar bu yerga tez-tez keladi. Tabibboshi bu holdan iztirobga tushmasdi. Lekin hech qanday jinoyatga aloqasi yo‘q, faqatgina to‘g‘ri gapni aytishni yaxshi ko‘ruvchi odamlar keltirilganda o‘zini qo‘yarga joy topolmay qolardi. To‘g‘ri, u ruhiy xastaliklar bo‘yicha mutaxassis emasdi. Lekin odamning ko‘ziga, so‘zlariga qarab es-hushi joyidaligini ajratish qiyin emas-ku! Anvarni dastlab ko‘rganida ham esi butunligini bildi. Keyin ish joyi, kasb-kori bilan qiziqdi. «Bu yigitning kasali — haqiqat», deb o‘zicha tashxis qo‘ydi. Tabibboshi bu esi sog‘ odamga achinsa, u «necha kilo go‘sht qilarkinsiz», deb masxaralab yuribdi. Tabibboshining alami shundan edi.
Gapirib sal xumordan chiqqanday bo‘ldi.
Anvarga, shubhasiz, uning kechinmalari begona edi. Tabibboshi u uchun zanjirning bir halqasi edi xolos. Ayolning gaplarini alamga to‘la yurak sadosi sifatida emas, shunchaki gina kabi qabul qildi. Tabibboshining «Asadbekning yalog‘ini yalaysiz», degani tovonigacha zirillatib yubordi. «Siz-chi, kimnikini yalaysiz, xalqlar otasinikinimi?» demoqchi bo‘ldi-yu, shu gapni aytsa bahs cho‘zilishini bilib o‘zini tiydi. «Jinnixona malikasi» deb nom olgan bu do‘mboqqina ayol bir nimalar deb valdirasa javob qaytarish shartmi, balki meni sinamoqchidir, balki gap olmoqchidir, balki uchinchi qavatga
«ko‘tarish» uchun zamin hozirlayotgandir...» Anvar shu fikrlar bilan o‘zini ovutdi. Tabibboshi Anvardan sado chiqmagach, gapim ta’sir qildi, degan xulosaga kelib: «Xayr bo‘lmasa», dedi.
Anvar bosh irg‘ab o‘rnidan turdi. Bir-ikki qadam qo‘yib, orqasiga o‘girildi.

  • Ko‘rishgunchami? — dedi kulimsirab. Tabibboshi bu gapni eshitib, tutaqib ketdi:

  • Odam emasakansiz! — deb yuzini chetga burdi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin