Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
147
308. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallamning har jum’a qilgan xutbalarini to‘rt yil izladim, lekin topa olmadim. Bir kuni
bu xutbalar ansorlardan birida borligi ma’lum bo‘ldi. Uni izlab, Madinaga kelsam, u kishi
Jobir ibn Abdulloh ekanlar (r.a.). Men u kishidan: "Siz Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallamning har jum’a kuni qilgan xutbalarini eshitganmisiz?" deb so‘radim. U kishi:
"Ha", deb javob qildilar va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xutbalarini
aytdilar: "Ey odamlar, sizlar uchun alomat –
belgilar bor, ularning oldida to‘xtang, sizlar
uchun chegara bor, uning oldida ham to‘xtang. Mo‘min banda ikki xavf orasida bo‘ladi:
O‘tgan umri borasida unga Alloh qanday muomala qilishini bilmaydi va qolgan umri
davomida unga nima taqdir qilganini bilmaydi, mo‘min banda nafsidan nafsi uchun,
hayotidan o‘limi uchun, yoshligidan keksaygan payti uchun,
dunyosidan oxirati uchun
ozuqa tayyorlasin. Dunyo sizlar uchun yaratilgan, sizlar oxirat uchun yaratilgansizlar.
Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, o‘limdan keyin ayblash yo‘qdir. Dunyodan keyin
yoki jannat, yoki do‘zax bo‘ladi. Bu so‘zimni tugataman, sizlarga va o‘zimga Allohdan
mag‘firat tilayman".
Sahl ibn Abdulloh Tustoriydan zikr qilinadi. U kishi mollarini Alloh toatida infoq etardilar.
U zotning onasi va akalari Abdulloh ibn Muborak oldilariga kelib, shikoyat qilishdi: "Bu
o‘g‘limiz
hech narsani qoldirmay, odamlarga beraveradi. Bizlar uning kambag‘allikka
tushib qolishidan qo‘rqamiz", deb. Abdulloh ibn Muborak yordam bermoqchi bo‘lib,
Sahlni chaqirtirdilar. Kelganidan so‘ng, Sahl unga aytdilar: "Ey Abdurahmonning otasi,
agar shaharlik bir kishi bog‘ sotib olsa va shahardan boqqa ko‘chishni xohlasa, shunda
shaharda biron narsani qoldiradimi o‘zi bog‘da turib?" Abdulloh aytdilar: "Agar
shahardan boqqa qo‘chmoqchi bo‘lsa, shaharda hech narsasini qoldirmaydi". Shunda
aytdilar: "Bir kishi dunyodan oxiratga ko‘chayotgan bo‘lsa, qanday qilib bu dunyoda
narsasini tashlab ketadi?"
Faqih aytadilar: Oqil kishi dunyodagi rizqiga rozi bo‘ladi va mol to‘plashga mashg‘ul
bo‘lmaydi. Oxirat amallari bilan shug‘ullanadi. Chunki oxirat qaror topish va ne’matlar
uyidir. Dunyo foniylik uyi, u xiyonatkor, fitnakordir.
Juvaybir Zahhokdan rivoyat qiladi. Zahhok aytdilar: "Alloh
taolo Odam bilan Havvoni
yerga tushirganda, ular dunyo hidini topishdi va jannat bo‘yini yo‘qotishdi. Ikkalasini
qirq kun dunyo bad bo‘yi o‘rab oldi".
309. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: "Abadiy dunyo borligiga
ishona turib, (foniy) dunyo uchun amal qiladigan kishiga juda ham taajjub!"
310. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bir
majlislarida o‘tirgan edim, yuzlari oppoq, sochlari chiroyli va rangdor,
oq kiyimli kishi
kelib, salom berdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Vaalaykumussalom", deb
javob berdilar. U kishi so‘radi: "Ey Allohning elchisi, dunyo nima?" "Uyqudagi tush.
Uning ahli esa mukofotlanuvchi yoki azoblanuvchidir", deb javob qildilar. U kishi yana
so‘radi: "Ey Allohning elchisi! Oxirat nima?" "Abadiylikdir, bir guruh jannatda, bir guruh
do‘zaxdadir", deb javob berdilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam. Yana savol qildi: "Ey
Allohning elchisi! Jannat nima?" "Dunyoni tashlagan kishiga (dunyoning) o‘rniga abadiy
ne’matni berishdir", dedilar. "Ey Allohning elchisi, jahannam nima?" "Dunyoni
talab
qiluvchiga (dunyoning) o‘rniga beriladi, ahli undan hech ajralmaydi". Savol-javob yana