Microsoft Word texnik tizimlarni boshqarish fanidan


-Mavzu: Boshqarish jarayonlarini tashkil etish xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/56
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#181668
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A

5-Mavzu: Boshqarish jarayonlarini tashkil etish xususiyatlari, 
oliy bosqichda boshqarish jarayonlarini tashkil etish. 
REJA. 
1.
Turli mulkchilik sharoitida boshqarish jarayonlarining o’zaro ti’siri. 
2.
Transport sohasida bokarish jarayonlarini tashkil etish. 
3.
Avtomobilь transportida boshqarish jarayonini tashkil etish. 
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishi ilmiy xulosalarga asoslangan. 
«Resnublikaning bozor munosabatlariga o’tishda o’z yo’lidan izchillik bilan borishi 
demokratik o’zgarishlar, respublikani rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqish, 
uni xalqaro obru-e’tiborini mustaxkamlash uchun puxta moddiy negiz yaratadi». 
(I.A.Karimov.O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. 
«O’zbekiston» 1998 y 8-bet). 
O’zbekiston o’z yo’lidan bora turib, bir qator muammolarni hal etmokda. 
Masalan, ishbilarmonlik va tadbirkorlik, turli mulkchilik va iqtisodiy erkinlik 
ta’minlanmokda, ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish)ning zamonaviy milliy 
manfaatga xos bo’lgan tashkiliy tuzilishlar yaratilmokda, xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar kengaymokda. Xozirgi yuksak rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bu 
tabiatan aralash iqtisodiyot tizimidadir. U mukammal texnika va yuksak 
texnologiyaga asoslanadi, kul Mehnatiga o’rin kolmaydi, g’oyat unumli mashinalar 
ishlatiladi, natijada, yuksak darajadagi Mehnat unumi va shunga ko’ra moddiy 
tukinlik ta’minlanadi. Aralash iqtisodiyotning rivojlanishi iqtisodiy ravnak uchun 
xalq xo’jaligi (oliy) bo’g’ini (bosqichi)da ish kuchini bir sohadan ikkinchisiga, 
uchinchisiga va boshqa sohalarga kuchib borishi zaruratga aylanadi, eng muhimi ish 
kuchi, albatta, ish xaqi yuqori soha tomon harakat qiladi.Aralash iqtisodiyotda asosan 
uch xil mulk mavjud: davlat, xususiy va jamoa mulki. Korxonalar asosan xususiy va 
jamoa mulkidan tashkil topadi. Aralash bozor iqtisodiyoti bizning mamlakatimiz 
uchun ob’ektiv zaruriy jarayondir. O’zbekiston Respublikasi adolatli demokratik 


34
huquqiy davlat kurishni o’zining eng birlamchi va muhim vazifalaridan biri sifatida 
belgiladi. Davlat qabul qilayotgan qonun loyihalar umumxalq muxokamasidan 
o’tkazilmokda. Respublika Prezidenti ham bevosita saylovchilar tomonidan 
saylanadi. Mamlakatimizdagi boshqa davlat boshqaruv organlari, jumladan, xukumat, 
sud organlari, vazirlar va boshqalar respublika Prezidenti yoki Oliy Majlis tomonidan 
tayinlanishi yoki saylanishi tartibini inobatga olsak O’zbekiston xalqi barcha davlat 
organlari va mansabdor shaxslarni saylash va tayinlashda bevosita yoki bilvosita 
ishtirok etadi. 
Respublika iqtisodiyotini oliy bosqichida boshqarish jarayoni yetakchi, hal 
kiluvchi 
bo’g’in, 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Vazirlar 
Maxkamasi-
mamlakatimizning oliy boshqaruv organidir. Uning koshidagi tarmok idoralari, 
kumitalar, bosh boshqarmalar, vazirliklardan o’z faoliyatining miqiyosi bilan farq 
qiladi va bu xol ularning huquqiy nizomlarida aks etgan bo’ladi. Boshqarish 
amaliyotida tarmoklararo tavsifdagi zarurat, ya’ni turli tarmoklar uchun umumiy 
bo’lgan bir qancha maxsus vazifalarni amalga oshirish zaruryati kelib chiqadi. 
Tarmoklararo tavsifga ega bo’lgan 
maxsus 
masalalar 
bo’yicha bunday 
muvofiklashtirish rahbarlikni maxsus kompetentsiyaga ega bo’lgan organlar amalga 
oshiradi. Masalan, bu organlarga davlat makroiqtisodiyot kumitasi va boshqa Vazirlar 
Maxkamasi koshidagi kumitalar kiradi. Davlat komitalari-vazirlik va idoralarning 
faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va muvofiklashtirish yo’li bilan xo’jalik va 
ijtimoiy-madaniy kurilishga rahbarlik qilishga mo’ljallangan oliy boshqaruv 
organlaridir. Kumitalar o’zlariga bo’ysunuvchi tashkilotlarni tezkor suratda boshqarib 
turadi. Mikroiqtisodiyot davlat kumitasi, Davlat mulkini boshqarish va 
xususiylashtirish bo’yicha kumita va tarmok kompetentsiyasiga ega bo’lgan bir 
qancha tarmok vazirliklari bunyod etildi, moliya-kredit tizimi boshqarish uchun 
Davlat banki ixtisoslashgan banklar (sanoat iqtisod bank, jamgarma bank va 
xokazolar) faoliyatini muvofiklashtiradi, resurslarni tashkil toptirish manbalari va 
foydalanish yo’nalishlari bo’yicha aniq ajratib turadi. 
Respublika moliya tizimini mustaxkamlash muammosi asosan har bir korxona, 
tashkilot, firmalar, tarmoklar, sohalarning ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) iga 


35
bog’lik. Ishlab chiqarish samaradorligining oshishi, Mehnat unumdorligining o’sishi, 
maxsulot tannarxining pasayishi moliya tizimining rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 
Moliya o’z funktsiyalarini aniq moliyaviy vositalar orkali bajaradi, harajatlar, 
amartizatsiya, foyda, aktsiya kursi, dvident, soliklar, tulovlar, boj xaqi, sugo’rta xaqi, 
subsidiya, dotatsiya, kompensatsiya kabilar menejment (moliya menejmenti)ga 
xizmat qiladi. Mazkur fondlar orkali moliya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir 
etadi. Makroresurslar (moliyaviy) umumdavlat miqiyosida tashkil topadi va 
umumiqtisodiy, umumdavlat extiyojlarga xizmat kilsa, mikroresurslar korxona, 
firma, kompaniya, kontsern, tashkilot, jamoa uyushmalari doirasida xizmat qiladi. 
Qaysi bir sub’ekt moliyaviy bakuvvat bo’lsa, u raqobatga chidamli bo’ladi. 
Davlat tomonidan respublika iqtisodiyotini boshqarish jarayonlarini tashkil 
etish uning muhim funktsiyasidir. Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish deganda 
davlatning o’z chora tadbirlari, o’zining iqtisodiy siyosati orkali takror ishlab 
chiqarishga ta’sir etishi tushuniladi. Davlat tomonidan iqtisodiyotning tartibga 
solinishida qonun chiqarish, solik solish, kreditga ta’sir etish moliya vosita 
(subsidiya)lari 
berishdan 
foydalanadi. 
Sobik 
sotsialistik 
mamlakatlardagi 
monoiqtisodiyot (ya’ni, yakka mulkka tayangan iqtisodiyot) bir markazdan turib 
davlat orkali urnatilgan rejali aloqalarga asoslangan xolda boshqarilgan. O’zbekiston
poliiqtisodiyotga o’tish jarayonini boshlagan. Turli tuman mulk shakillariga 
tayangan, ayrim shaklining ustuvorligini inkor etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim 
poliiqtisodiyot deyiladi. Poliiqtisodiyot mazmunan aralash iqtisodiyotdir. 
1. Jamiyat extiyojining kondirilishi yuqori bo’lsa, tularok kondirilsa iqtisodiy 
saloxiyat samarali foydalanilgan bo’ladi. Buning uchun uning elementlari (Mehnat, 
ilm-ma’rifat, texnika-texnologiya, tabiiy resurslar) jadal foydalanilgandagina 
saloxiyat extiyojga tula xizmat qiladi. Iqtisodiy saloxiyatning elementlari birgalikda
harakat qilishsa, bir-biridagi yetishmovchilikni tuldira olsa, jamiyatning ishlab 
chiqara bilish (xizmat ko’rsata olish) kobilyati yuqori hisoblanadi. Xozirgi insoniyat 
tajribasi ko’rsatganidek, iqtisodiy saloxiyatning o’sishini va samarali ishlashini 
ta’minlovchi kuch-bu erkin bozor mexanizmidir. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida 
boshqarish jarayoni, respublikamizning oliy bosqichda tarmoklararo boshqarish 


36
organlari bir-biriga munosabati erkin bozor mexanizmiga asoslanmokda. Bunday 
sharoitda boshqarish organlarining muammolari paydo bo’lsa, ularni yechish 
O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Maxkamasi, makroiqtisodiyot komitasi
Davlat fan va texnika kumitasi va boshqa vazirliklar, korporatsiyalar, kontsernlar, 
assotsiatsiyalar va shu kabilarning bir-biriga ta’siri orkali ijobiy hal etilmokda. 
Jarayonning navbatdagi tashkiliy tavsifining muammosi –uni vertikal va gorizontal 
bo’ylab amalga oshirishidir. Korxonalar, ilmiy-tadkikot, konstruktorlik, loyihalash-
konstruktorlik, texnologik tashkilotlar va boshqa muassasa, firmalardan tashkil 
topuvchi yagona ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) majmui gorizantaliga bir biri 
bilan o’zaro aloqada bo’ladilar. Har bir ayrim korxona (tashkilot, firma) yuqori 
boshqaruv organlari tomonidan (vertikal) gina emas, balki yana korxonaning o’zidagi 
boshqaruvchi kichiq tizim tomonidan ham boshqariladi. Menejment-bu boshqarish 
san’ati va maxoratidir. U o’ta murakkab va mas’uliyatli ish bo’lganidan, uni 
boshqarish uchun maxsus bilim , maxorat va tajribani talab kiluvchi kasbga aylanadi. 
Bir tizimdan ikkinchisiga o’tish sekin-asta yuz berishi qonuniy bo’lganidan, bozor 
iqtisodiyotiga o’tish ham ma’lum davrni talab qiladi. O’tish davrida bozor 
infrostrukturasi yaratiladi, bozor iqtisodini ta’minlovchi qonun xujjatlari qabul 
qilinadi, turli savdo uylari, vositachi firmalar, xususiy korxonalar, aktsioner 
jamiyatlar, konsortsiumlar, kushma korxonalar, mayda ishlab chiqaruvchilar 
uyushmalari yaratiladi. Bu davrda davlat mulkini xususiylashtirish, uni aktsionerlash 
boshlanadi va boshlandi, narx-navo va soliklar isloxoti tayyorlanadi, xususiy 
soxibkorlik, chet el investitsiyasining tartib-qoidalari ishlab chiqiladi va chiqilmokda. 
O’tish davrida iqtisodiyotga oid qonunlar majmuasi qabul qilinadi, aholini ijtimoiy
ximoyalash aniq yo’llari topiladi va iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga oid bitimlar 
tuziladi va tuzilmokda. O’tish davrida bank tizimini islox qilish choralari davlat 
harajatlarini tartibga solish dasturlari, shuningdek kompleks tarzdagi inflyatsiyaga 
karshi tadbirlar ishlab chiqildi. 
O’zbekistonnig bozor iqtisodiyotiga o’tish dasturi ishlab chiqilgan va unda 
quyidagilarga e’tibor berilgan: 
-
bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlovchi chora – tadbirlar majmuasi; 


37
-
bozor iqtisodiyotiga o’tish xalq hisobidan emas, balki davlat hisobidan 
bo’ladi; 
-
bozor iqtisodiyoti fukarolarning iqtisodiy jihatidan o’z takdirini o’zi 
belgilashiga asoslanadi, ularga iqtisodiy faoliyat uchun erkinlik berishga tayanadi; 
-
bozor iqtisodiyotiga xur jumxuriyat iqtisodiy mustakilligini tula 
ta’minlagan xolda o’tilishi kerak. 
Dasturda mol-mulkni davlatdan olib xalqka berish, shu maqsadda 
xususiylashtirish, har bir kishining mulkka bo’lgan huquqini amalga oshirish, ya’ni 
davlat korxonalari, davlatga tegishli uy-joylarni fukarolarga sotish, mayda va xususiy 
soxibkorlikka yo’l ochish, bu bilan iqtisodiy tashabbus, ishbilarmonlikni yuzaga 
chiqarish, raqobatga ruxsat berish nazarda to’tilgan. O’z ixtiyori bilan u soxibkor, 
yollanma ishchi, aktsioner, yakka dexkon, dukonchi, yakka tartibda ishlovchi 
bo’lishi, chet elda ishlashi yoki ukishi mumkin. Unga ko’ra iqtisodiyotni unglash 
uchun eng avvalo pulni soglomlashtirish, uning harid kobiliyatini ta’minlash zarur. 
SHu maqsadda davlat mol-mulkini aholiga sotish, pullik xizmatlarni ko’paytirish, pul 
krediti-bank beradigan foyizlarni keskin oshirish, xususiy soxibkorlik va import 
hisobidan tovarlarni ko’paytirish, valyutani O’zbekiston milliy puliga sotishni joriy 
etish orkali mamlakatdagi pul miqdori bilan tovarlar miqdorini, tovarlarga talab va 
taklifni muvozanatlashtirish mo’ljallangan. 
Davlat korxonasini aktsionerlash korxona mol-mulkini inventarizatsiyalash, 
kaytadan hisob-kitob qilib chiqishdan boshlanadi. Korxonaning asosiy fondlari va 
oborot mablaglari miqdori aniqlanib, shu miqdorga teng yigindida aktsiya chiariladi. 
Aktsiya eng avval korxonada ishlovchi ishchi va xizmatchilar, sungra boshqa 
korxona, tashkilotlar, xatto banklar va nixoyat, korxonaga aloqasi bo’lmagan 
fukarolar sotib oladilar. Davlat korxonasini aktsionerlash orkali mol-mulk davlat 
ixtiyoridan olinib, jamoaga beriladi, u xalq kuliga tegadi, xalqning mulkdan 
begonalashuviga chek quyiladi. Aktsionerlashgan korxona o’zini o’zi boshqaradi, 
erkin, mustakil tovar ishlab chiqaruvchiga aylanadi, uning davlat muomilasi solik 
tulashdan iborat bo’ladi. Bozorni holatini o’rganish va oldindan baholash bilan 
tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda shu yusinda yaxshi tadbir 


38
topishni uyushtirish uchun korxonalarda marketing bo’limlari tashkil etilmokda. 
Bozor iqtisodiyotining muhim unsuridan (elementidan) biri marketing. Marketing ishi 
maxsus marketing dasturlari orkali amalga oshiriladi, ularga haridorlarni va 
raqobatchilarni o’rganish asosida tovarlar sifatini yaxshilash, tovar narxini 
o’zgartirish, tovarga talab topish, tovarlarni o’z vaqtida yetkazib turish, haridorlarga 
mak’ul tushadigan xizmat ko’rsatish kabi chora-tadbirlar nazarda to’tiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin