www.ziyouz.com kutubxonasi
117
uygur bolalarini kommunistlik ruhida tayyorlamish edilar. Mana, baxtimizga qarshi, biz sho‘rlik qo‘lga olingan kunimizdan boshlab otasini tanimagan shu bolalar oldida so‘roq berishga majbur bo‘ldik. Endi esa, bizning ustimizda qanchalik ogir ishlar o‘tganligini, mening shu so‘zlarimdan keyin,oqil odamlar to‘liq tushunib onglagandirlar. Shu bilan ertasi kuni o‘z soqchilarimiz kelgach, odatdagi ishlar bilan uchinchi
qo‘nalg‘uga qarab jo‘na-dik. Qopsalan suvidan o‘tib ketayotganimizda To‘ra oxunning
ko‘ngli buzilib: «Bu zolimlar bizni sog‘ qo‘yishiga ko‘zim yetmaydi, kechaning
qorong‘ulig‘idan foydalanib, boshqalarga qaramay ikkovimiz qochaylik. Jangal yo‘liga
yetib olsak, u yog‘iga o‘zim boshlayman», deb meni qo‘zg‘ab ko‘rib edi; bu ish xatarlik
bo‘lgani uchun rozilik bermadim. Shu bilan yurib kechga yaqin Sayram qishlog‘iga
yetdik.
Bu joyning Sayram atalishining sababi esa, bundan 200 yillar oldin yerlik xonlarining
ittifoqsizligi, hukumatlarining kuchsiz rasvoligidan foydalanib, G’ulja xoni qalmoq
Ko‘ngtoji talonchilik qilib, o‘lja asir olmoq uchun G’uljadan askar tortib chiqadi va
Sayram shahrini qamal qiladi. Atrofdagi Buxoro, Xorazm xonliqlari esa tomoshachi bo‘lib
qarab turadilar. Bir necha kunlar o‘tkach, qalmoqlar himoyasiz qolgan shaharga bostirib
kiradilar. Talab bulab, vayron talqon qilgan so‘nggida, ikkinchi o‘zlariga qarshilik
ko‘rsatmaslikka garov olgandek bo‘lib, ko‘zga ko‘ringan yurt yaxshilaridan 30 necha
uylik oilani, o‘z odatlaricha, oq uylik qilib olib ketadilar.
Ko‘ngtoji o‘lgan so‘nggida, Oqsuv Uchturpon yo‘li bilan ular o‘z eliga qaytib
kelayotganlarida, shu yerga yetgach qarasalar, bu yer ham ona Vatanlari Sayram
erlariga o‘xshab ketar ekan. Rost, bular deganlaridek oqar suvlarining mo‘lligi, atrofdagi
adirlarning ekinlik bo‘lishi bilan, ikki Sayramning bir biriga o‘xshagan yeri bordek
ko‘rinadi. Bu bahona bo‘lib, horib charchab kelayotgan xalq bir ikki yil shu yerda turib
hordiq olaylik, qachon el tinchib, yo‘llar ochilib ketar ekan, shunda yurtimizga qaytarmiz
degan bo‘lsalar ham, o‘sha zamon sharoiti to‘sqinlik qilib, shu yerda qolib ketgan
ekanlar.
Yoqubbek tarixini yozgan va ham o‘zi uning xizmatida bo‘lgan Muso Sayramiy shu biz
yozayotgan Boy Sayramlik kishidur. Tarixga qiziquvchilar u kishining chig‘atoy turkcha
yozilgan «Tarixi Aminiya» asarini topib o‘qisinlar. Bu kitobda har yoqlama foydalik
so‘zlar ko‘pdir. Bu yerga kelganimizda yerlik qariya kishilar bilan ko‘rishib, ulardan bu
to‘g‘rilik oz ko‘p tarixiy ma’lumot top moqqa qiziqqan bo‘lsam ham, haydabog‘la bilan
ixtiyorsiz bo‘lganlikdan, bir kechagina yotib ketishga to‘g‘ri keldi. Shu yerdan chiqqan
kunimizdan boshlab Oqsuvga yetguncha, yulg‘unto‘g‘roq yog‘ochidan boshqa narsa
unmagan qumluq yo‘l bilan yurib ertasi beshinchi kuni deganda, kechga yaqin Oqsuv
shahri qopqasiga yetdik. Sapl ichiga kirgach, hech bir yerda to‘xtamasdan, to‘g‘ri
turmaga keltirib, bizni topshirishdi. Bu voqea 1938 yili, avgust oyining boshlarida
bo‘lgan edi.
Shing Duban hukumati pardasi ostida yoshiringan sovet Rusiyasining eng qonlik,
fojialik kunlari esa 37 yili boshlanib, 38 39 yillarda eng yuqori avjiga chiqqan edi. Baxtga
qarshi ko‘rgilik ekan, nakd shu qora davrning eng fojialik kunlarining birida men
turmaga olinmish edim. Bu zulmxonaga birinchi qadam qo‘yib kirganimdayoq
yo‘ldoshlarimdan ajratib, har birimizni har yoqqa tarqatdi. Meni ham har yoqdan olib
kelingan bir to‘p janivorlar ichiga kirgizib qo‘yishdi. Qarasam, bir qanchalari qozi, mufti
a’lam, oxunlardan boshlab, imomoxun, mazinoxun bo‘lsalar, qolganlari shangyu, begim,
dubbegi, yurt oqsoqoli qatorlik qop qora hech narsadan xabari yo‘q kishilar ekan.
Boshqalari esa ozdur ko‘ddur yeri, suvi bor, yoki yuqoridagilarga bog‘lanishi bor odamlar
ekan.