Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
118
SO’NG SO’Z O’RNIDA
Bobomiz «Turkiston qayg‘usi» asariga shu yerga yetganda oxirgi nuqtani qo‘ydilar,
ya’ni tarix tugallanmasdan turib nuqta qo‘yildi. Nega? Nima
uchun shu yerda nuqta
qo‘yildi? degan tabiiy savol hammani qiziqtiradi. Bu savolga javob topish uchun kitob
yozilgan davrni va u qanday sharoitda yozilganini eslamoq kerak. Kitobga kirishilgan
vaqt, uning so‘z boshida aytilganidek, 1966 yil edi, tugallangan vaqti 1973 yil bo‘ldi. Bu
davr ichida bobomiz sohibqiron Amir Temurning «Temur tuzuklari» asarini fors tilidan
ikkinchi marta qayta tarjima qilib 1967
yili tamomladilar, chunki birinchi tarjima qilingan
qo‘lyozma asar favqulodda holatda g‘oyib bo‘lgan edi. Birinchi tarjimani biz, ya’ni u
kishining o‘g‘il nabiralari, yaqin qarindosh va qadrdon maslakdoshlari, bobomlar
ishtirokida 1964 yil davomida yig‘ilish va majlislarda o‘qib yakunlagan edik. Shu
majlislarning biridan
qaytib kelayotgan vaqtda, kitob taksi mashinada qolgan degan
taxmin bilan yo‘qoldi. Ko‘p qilingan qidirish harakatlari natija bermadi. Bu kitob shu
paytdagi tekshiruv kuzatuv rasmiy tashkilotlari tomonidan tashkil qilingan sa’y
harakatlar natijasida yo‘qoldi degan gumon bor, chunki bobomiz Toshkentga kelgan
vaqtdan boshlab bir kun ham KGB tegishli idoralar etiboridan chetda emas edilar.
1971 yilga kelib bobomlarning umr bo‘yi niyat qilib o‘ylab yurgan shoh asarlari «Tarixi
Muhammadiy» yakunlandi. Bu asar oqqa ko‘chirilib, qo‘lyozma
kitob shakliga
keltirilishida bobomning birinchi yordamchisi hattoti rahmatli amakimiz
Muhammadyorxon edilar. U kishi deyarli har kuni ishdan chiqib, bobomning oldiga kelib
kechalari yarim tungacha kitobni oqqa ko‘chirish bilan mashg‘ul bo‘lar edi. Bobomlar shu
ko‘chirish jarayonida qo‘lyozmani o‘zlari o‘qib
berar edilar, unga qo‘shimcha va
tuzatishlar kiritardilar. Amakimiz chiroyli xusnixat egasi edilar, kitob arab imlosida
ko‘chirilar edi. Bobomlar uzoq yillar davomida o‘g‘illari bilan birga ishlab, u kishiga qattiq
suyanib
qolgan edi, chunki amakimiz bobomizga nafaqat yordamchi bo‘lib qolmay, u
kishini bu buyuk ijodiy ishlariga ilhomlantirar, shu og‘ir siyosiy davrda hamfikr,
hammaslakdosh fidoyilari edilar. Odat bo‘yicha har hafta payshanba kunlari biz
bobomizning iftorliklarida xizmatda bo‘lar edik. Shu yig‘ilishlarda u kishining o‘g‘illari
Muhammadyorxon oldida ko‘p ochilib, xursandlik ruhida yayrab o‘tirishlari alohida sezilar
edi.
Menimcha, buning yana sabablaridan biri bobomlarning suyukli o‘g‘illaridan
Asilxonto‘ra uzoq yillardan keyin butun oilasi bilan G’ulja
shahridan eson omon ota
bag‘riga kelgani edi. Duolar ijobati farzandlari yonlarida mujassam bo‘lib, nabiralar o‘z
tarbiyati ostida o‘smokda edi. Bu payshanbaliklarda Allohga shukronalar qilinib, islom
dini, Vatanimiz Turkiston tarixidan ko‘p so‘zlar aytilar edi.
1973 yil 10 sentyabr kuni amakimiz Muhammadyorxon to‘satdan oq qon kasalligiga
mubtalo bo‘lib Alloh irodasi bilan bu dunyodan ko‘z yumdilar. O’zlarining sohasi qon
kasalligi 10 kun
ichida u kishini olib ketdi, hatto Maskovdan chaqirilgan vrachlar
konsiliumi ham natija bermadi. Bu musibat 88 yoshga kirgan bobomlarning qarilik yuki
ostida bukilgan qaddini yanada bukdi. Ulug‘ maqsadli, hayajonli majlislar fayzi
ketganday edi. Bu yig‘ilish va majlislarda u kishining «oh», «uh» tortishlari, uzoq
qayg‘uli tikilishlari, g‘amgin va jim o‘ltirishlari
hammani qattiq ezar, ko‘ngillarni iztirobga
solar edi. Barchamizning qilgan harakatlarimiz, urinishlarimiz, topgan yangiligu keltirgan
xabarlarimiz, har birimiz va hammamiz birga bo‘lib u kishining oldida o‘g‘illari
Muhammadyorxonning o‘rnini bosolmadik. Ko‘ngilga
uncha xush kelmay qolgan, yo‘q
o‘g‘li ning o‘rnini bildirib yuraklarni o‘rtab turadigan bu yig‘ilishlar asta sekin so‘na
boshladi.