www.ziyouz.com kutubxonasi
114
So‘z aytishga ham fursat bo‘lmadi. Yonimdagi mavzur soatimni: «Sizga omonat, uyga
berib qo‘ying», deb Tursunboyga topshirdim. Bir nafas bo‘lsa ham zolim yuzini
ko‘rmasga eng so‘nggi chora qilgan bo‘lib, bir parcha o‘sgan jo‘xori ichida yoshirinib
turdim. Hali nafasim ham rostlangani yo‘q edi, ikki qurollik askarga besh olti qurolsiz
kishilar ergashgan holda chopganlaricha kelishib, jo‘xori ichida yotgan menga ot ustida
turib ko‘zlari tushdi. Men ham qochish davrining tugaganini ko‘rgach, baloga sabr qilib,
o‘zimni taslim etishga majbur bo‘ldim. Qarasam, Honaqa tomondan qozioxunni, tushgan
joyimdan uy egasini majbur ravishda birga keltirgan ekanlar. Har ikkovlari ham biz
uchun anchagina kulfat ko‘rib, mashaqqat chekkanlari yuz ko‘zlaridan ko‘rinib turgan
edi. Menga yordam yetkazish uchun yurgan bu kishilarni bu kabi achinarlik holda ko‘rib,
qattiq qayg‘urgan bo‘lsam ham, qurollik kuch oldida bo‘yinsunmoqdan boshqa choram
yo‘q edi.
Shundoq qilib, meni qo‘lga tushirib olgach, o‘zlari kelturgan qora mapaga o‘ltirg‘izib,
oldi orqasini kishi ko‘rinmaydigan qilib o‘rab qo‘ydi. «Boshingni chiqara ko‘rma,
ko‘rasan!» deb, qurollik askarlar o‘rtaga olgan holda, shu haybat bilan yurib bir yerga
kelgach to‘xtadilar. Oldi orqamda ikki askar meni haydaganicha ichkaridan ichkari kiritib,
usti yopiq, qorong‘u uzun yo‘lak to‘riga oborib, eshik ochilishi bilan orqamdan itarib
kirgizishdi.
Xudo saqlasin, go‘r qorong‘usidek hech yerdan teshigi ko‘rinmagach, «Lo havla»ni
o‘qib, birikki minut turib edim, siniq dovush bilan sekingina «Salom alaykum» degan
kishi qorasi ko‘rinib, ko‘rishmak uchun qo‘lini uzatdi. Men ham kishi borlig‘ini bilgach,
o‘zimni to‘xtatib olib, undan holahvol so‘radim. «Bu yerda yotganimga 20 kun bo‘ddi,
hammadan yolg‘izlik yomon ekan, xafa bo‘lmaysiz, xudoyim menga rahm qilib, sizni
yetkazdi. O’zim xo‘tanlik, otim To‘roxun, mollarim qo‘lga gushib, savdogarchiliqda
ayblanib qamaldim», dedi. Men ham: «Birodar, peshonaga yozilgan yaxshi yomon
ishlarni ko‘rmasga choramiz yo‘kdir. Sabr qilaylik, ko‘p xafa bo‘lmay o‘ltiraylik. Siz, biz
Qur’onga ishongan musulmonlarmiz. Qur’on so‘zi Alloh so‘zidur. Allohning aytishicha:
«Har bir og‘irlik orqasidan, albatta, yengillik kelgusidur». Shu o‘xshash har ikkovimizga
quvvat berguday diniy so‘zlarni aytib, zindon yo‘ldoshimni ham bir ozgina yupantirgan
bo‘ldim.
Mening egnimda bo‘lsa, bir qavat yozgi kiyimimdan boshqa hech narsa yo‘q edi. Erta
kechada yeydigan ovqatimizga bir kosa qaynoq suv, bir dona mo‘ma
1
non berar edi.
Yotgan uyimizning uzunligi to‘rt gazcha kelsa ham, eni torligidan ko‘ndalang yotolmas
edik. Ostimizda esa tuproqqa qorishib ketgan bir parcha bo‘yradan boshqa hech narsa
yo‘q edi. Kelgan
Bug‘da oshirib pishirilgan hamirli non.
kunim kechasi meni qurollik bir askar so‘roqqa olib chiqdi. Uzundan uzun qorong‘u tor
yo‘lakda o‘qlangan miltiqni orqamga taqab yurganicha lampa yoqilgan kattaroq bir uyga
olib kirdi. Qarasam, ustal (stol) yonida birorta ham xitoy urug‘idan yo‘q, uyg‘urcha
do‘ppini chekkasiga qo‘ygan bir tatar bolasi o‘ltiribdur. «Hay, shu shumoyoqlar bu
yerlarga ham yetib kelgan o‘xshaydi»,deb o‘ylanib turib, ko‘rsatgan joyiga o‘ltirdim.
Nimagadir yuzimga qaragach, tezdan gapirolmasdan, 5 6 minut o‘tgandan so‘ng tikilib
turib: «Falonchi degan kishi senmisan, qaydin chiqding, qayoqqa bormoqchi eding?»,
dedi. «G’uljadan chiqdim, men tabibman, Xo‘tanga borib, Hindiston dorilaridan olib
qaytmoqchi edim» deganimda, «Yolg‘on», dedi. Bunga qaraganda, mening
ma’lumotimni G’uljadan olib, to‘lig‘i bilan bilgan o‘xshaydi deb, o‘ylanib qoldim.
Bu chaqiriqda so‘ragan so‘zi shu bo‘lib, boshqa hech narsa demadi. Oradan 10
minutcha ham vaqt o‘tmasdan turib, meni qaytarib yubordi. Eshiqdan qorong‘u uyga
qadam qo‘yishim bilan, yo‘ldoshim To‘roxun o‘rnidan tura kelib: «Vay, xo‘jam, sizni olib