Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
112
Mana shu yerga kelgach payqab qarasam, Kuchardan 80 90 chaqirimcha janub 
tarafda Taklimakon cho‘llarining g‘arbiy etagi, Himoloy tog‘larining sharqiy tomonidan 
chiqqan Torim daryosi bo‘yiga kelgan ekanman. Shu yerdan Lobnur ko‘li orqalik To‘g‘rak 
jangali (to‘qayzori) oralagan yo‘l bilan 12 kunda to‘g‘ri Xo‘tan shahriga chiqsa bo‘lar 
ekan. Bu yerga kelgandan keyin kishi bilmas, dushman qadami yetmas tinch joyga 
keldim o‘xshaydi desam, bir ikki juma o‘tishi bilanoq: «Vay, falon mozorga xo‘jamlardan 
shundoq bir kishi kelibdimish», degan so‘z tarqalib, atrofdagi odamlar ziyoratga kelgali 
turishdi. 
Bundan ilgari Xo‘janiyoz qo‘zg‘olonida ish ko‘rsatgan sahro xalqi ichida shangyu, 
miroblar bo‘lib, bulardan atog‘i chiqqanlari ikki kishi birovi Obil mirob, ikkinchisi Matniyoz 
shangyu deganlar edi. Ular esa, yaqin bir yildan beri biz o‘xshash qochoq bo‘lib, 
bosqinchilarga tutqich bermay keng dala, qalin to‘qay ichida zolimlar qo‘liga tushmay, 
jon saqlab yurgan ekanlar. Har ikkovi ham yarim kechada kelishib, men bilan ko‘rishib 
ketdilar. Sirdosh bo‘lib qolgach kundan kunga muhabbatlashib, har ikki-uch kunda 
ko‘rishib turmasak chidayolmaydigan bo‘lib qoldik. 
Obilmirob o‘zi savodsiz o‘qimagan bo‘lsa ham, ota bobosidan tortib yurt so‘rab, el bilib 
kelgan ochiq yuzlik, chechan tillik, er yurak kishi edi. Matniyoz shangyu undan ko‘ra 
biroz yoshroq, og‘ir bosiq, madrasa ko‘rgan, oz bo‘lsa ham siyosat ko‘rib, ko‘zi ochilgan 
xushxulq, adablik yigit edi. Bulardan boshqa uzoq yaqindan eshitib kelgan oshna 
og‘aynilar kundan kunga ko‘payishkali turdi. 
Qochgan kishidek emas, sayohatga chiqqan bir kishidek bo‘lib, chaqirgan joyga 
bormay turolmadik. Buni ko‘rgan Turdiqorimning rangi qum o‘chib qo‘rqqanlikdan 
bahona qilib: «Falon qishloqda bir og‘ayni kishim bor edi, shu yerga borib, Kuchardagi 
uyimdan xabar oldirsam, biror hafta ichida qaytib kelardim», deb mendan ruxsat so‘radi. 
Qochoq kishiga har yoqlama ikki kishidan bir kishining yengil bo‘lishini o‘ylab, qoriga 
javob berdim. Bu kishi ketgandan keyin Obilmirob bilan maslahatlashib, har ikkovimiz 
jangal yo‘li bilan Xo‘tanga o‘tib, u yerdan Tibet orqali Hindistonga ketmoqchi bo‘ldik. 
Safar jamolg‘asi bilan bari iqim chiqimni o‘zi ko‘tarmoqchi bo‘ldi. O’zining aytishicha mol 
dunyosi ko‘p, farzandi yo‘q, qadrdon xotini o‘lib ketgan, keyingi xotinidan bola 
bo‘lmagan ekan. Shunga ko‘ra orqasida qoladigan, qayg‘urgudek kimsasi bo‘lmagach va 
ham zolim bosqinchi hukumat tomonidan biz o‘xshash qattiq ta’qibga tushganlikdan 
bezor bo‘lib, boshqa bir mamlakatga ketish niyati bor ekan. Biroq, o‘zi davlat egasi 
bo‘lgani bilan o‘z yeridan chiqmagan, uzoq yaqin safar ko‘rmagani uchun, qanday qilarini 
bilmay turgan vaqtida bizning kelib qolishimiz bunga qulay bo‘lmish edi. O’ziga 
hamdardligimni onglagach, joni kirib, safar ishini tezlatgani turdi. 
To‘g‘roq janggali yo‘lini yurganimizda ikki uch kunlik suvsiz cho‘lni kesib o‘tishga 
to‘g‘ri kelar ekan, bunga xachirdan boshqa hayvon chidayolmaydir. «O’zimning 10 otga 
bermaydigan ishonimlik xachirim bordir. Sizga ham shunga o‘xshash bir xachir olishim 
kerak. Yana shundoq vahshatlik janggal, cho‘l yo‘llarida ko‘p safar qilgan, bu yo‘lning o‘y 
chuqurini yaxshi bilgan mohir yo‘lboshchi bilan ham uqushib qo‘ydim», deb har qancha 
qiziqtirgan bo‘lsa ham, nimagadir bu safarga ko‘nglim rizolik bermay, kechiktirib turdim. 
Yo‘q esa, safar jamolg‘alari har tomonlama to‘liqlanib qo‘lga keltirilmish edi. 
B a y t: 
Ko‘rguluk bo‘lsa qaerda ani ko‘rmay chora yo‘q,
Tuz nasibang qayda tushsa oni totmay chora yo‘q, 
deganday, har ikkovimizga ham ko‘rgilik vaqti kelib qolgan ekan. Bundan xabarimiz 
yo‘q, biz unga chora izlab yurganimizda tuyuqsizdan kechasi kelib, Go‘nangjuza jallodlari 
do‘stimiz Obilmirobni qo‘lga tushirmishdur. Yotgan joyimiz qishloqdan chetroqda 
bo‘lganliqdan kechasi bo‘lgan bu voqeadan xabar topmagan ekanmiz, ertalab kelgan 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin