Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
108
qildi, lekin beka orqasiga o‘grilgan hamonoq u peshtaxta ustida yotgan, o‘zi uchun suv bilan havodek 
zarur narsani — ustara-day o‘tkir, uzun pichoqni tovush chiqarmay, juda chaqqonlik bilan oldi-yu, 
do‘kondan o‘qday otilib chiqib ketdi. Bir necha daqiqadan keyin u yana Yaffa yo‘liga chiqib olgan edi. 
Lekin namoyishchilar ko‘rinmasdi. U chopib ketdi. Leviy xachir minib, yayov yurib Yersha\aimga 
kelayotgan to‘da-to‘da odamlarni hay-ron qoldirib, ahyon-ahyonda o‘zini yo‘l o‘rtasiga «tap-pa» otib, 
nafasini bir oz rostlab olish uchun qimir etmay tuproqqa belanib yotarkan, nainki yuragining «gurs-
gurs» tepishini, shuningdek, miyasi va quloq-lariga ham qon tomirlari qattiq-qattiq urilayotga-nini 
eshitardi. U shunday tarzda bir oz nafasini rostlagach, sakrab turib yana chopa boshlardi, lekin cho-
pish sur’ati tobora sustlasha boshlagan edi. Nihoyat u olisda oftob shu’lasida tovlanib borayotgan 
uzundan-uzun namoyishni ko‘rdi, lekin namoyish axdi endi te-pa etagiga yetib olgan edi. 
— E, xudo... — deb ingradi kechikayotganini sezgan Leviy. Ha, u kechikkan edi. 
Qatl boshlanganiga to‘rt soat bo‘lganida Leviyning iztirobi eng baland avjga minib, g‘azabi qaynab 
ket-di. U tosh ustidan turib, uning fikricha, bekorga o‘g‘irlangan pichoqni yerga otdi, obdonni oyog‘i 
bilan bosib sindirib, o‘zini suvdan mahkum qiddi, boshida-gi ro‘molni yechib tashlab, siyrak sochini 
changallagan-cha o‘zini la’natlay boshladi. 
U maza-bemaza gaplar bilan bo‘ralab so‘kinar, itday irillar, quturgan nordek og‘zidan ko‘pik 
sochar, ahmoq o‘g‘ilni dunyoga keltirgan ota-onasiga la’natlar o‘qirdi. 
U shuncha ont ichgani, so‘kingani bilan bu jazirama kunda hech qanday o‘zgarish yuz bermaganini 
ko‘rib, qovjiragan mushtlarini tugib, osmonga, soyalarni to-bora uzaytirib O‘rta yer dengizi yoqqa 
og‘ib borayotgan quyoshga ko‘zlarini qisib qaradi-da, xudoga iltijo qilib, darhol mo‘‘jiza yaratishni — 
tezroq Ieshuaning jonini olishini talab qildi. 
Ammo u ko‘zini ochib, agar kenturionning ko‘ksida-gi ikki qalqonchaning endi porlamay 
qo‘yganini hisobga olinmasa, hech nima o‘zgarmaganini ko‘rdi. En-di oftob shu’lasi Yershalaim 
tomonga qaratilib chor-mix qilingan qotillarning orqasiga tushib turardi. Shunda Leviy: 
— La’natlar bo‘lsin senga, e xudo! — deb baqirib yubordi. 
Keyin u xirillab qolgan ovozi bilan xudoning adolatsizligiga shohid bo‘lgani va shu bois endi unga 
mutlaqo imon keltirmasligi haqida faryod qiddi. 
— Sen karsan! — deb irillardi Leviy, — kar bo‘lmaganingda nolamni eshitgan zahoting uning 
jonini olgan bo‘lur eding. 
Shu ta’nalardan keyin Leviy ko‘zlarini qisgancha, hozir osmondan chaqmoq tushib, men shakkokni 
mahv etadi, deb kuta boshladi. Lekin bu hol yuz bermadi, shunda Leviy hamon ko‘zlarini katta 
ochishga jur’at etmay, samoga qarata g‘oyat achchiq va alamli so‘zlarni chinqirishda davom etdi. U 
samodan butkul hafsalasi pir bo‘lgani va dunyoda boshqa xudolar va dinlar ham mavjudligi haqida 
hayqirardi. Ha, boshqa xudo Ieshua singari insonning ustunga band etilgan holda oftob tig‘ida kuyib 
o‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi. 
— Men yanglishibman! — deb xirillardi butkul bo‘g‘ilib qolgan ovoz bilan Leviy, — sen yovuzlik 
xudosi ekansan! Yo ko‘zlaringni ibodatxonadagi isiriqdonlardan ko‘tarilgan tutun so‘qir qilib, 
quloqlaring din peshvolari chalgan burg‘u sadosidan boshqa sasni eshitishga ojiz bo‘lib qolganmi? Sen 
qodir xudo emassan. Sen qora niyat xudosan. La’natlar o‘qiyman senga, o qaroqchilarning homiysi va 
pushtipanohi bo‘lmish xudo! 
Shu payt sobiq o‘lpon yig‘uvchining yuziga bir nima ufurdi, oyog‘i ostida nimadir shitirlab ketdi. 
Boyagi ufurish yana takrorlandi, shunda Leviy ko‘zini ochib, o‘z qarg‘ishlari ta’siridanmi, yo o‘zga bir 
sababga ko‘rami, atrof-muhitda o‘zgarish ro‘y berganini ko‘rdi. Quyosh har kun oqshom botadigan yer 
— dengizga tushib ulgurmasdan g‘oyib bo‘lipti. G‘arb tomondan tahdidona ko‘pchib tobora 
quyuqlashib kelayotgan qora bulut quyoshni yutib yuborgan edi. Bulutning qirg‘oqlarida oq 
ko‘piklardan zarrin hoshiya vujudga kelgan, uning ko‘pchigan timqora qorni sarg‘ish nur bilan 
yoritilgan edi. Bulut xuddi irillaganday guldurar, payti-payti bilan undan o‘tli iplar tortilardi. Nogoh 
esib kelgan kuchli shamol ziyoratchilarning Yaffa yo‘li yoqasiga va qaqragan Gion vodiysiga tikkan 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin