28“Emissiya” lotincha “emissio” - chiqarish. Pul va qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish. Qarang: o‘sha manba. J.V. - B.37.
29“Ekvivalent” lotincha “aequivalens” “aequivalentis” - teng kuchli, teng qiymatli. Biror narsaga teng yoki biror jihatdan mos keladigan va uning o‘rnini bosa oladigan boshqa narsa. Teng, teng bo‘lgan; mos keladigan, o‘rnini bosa oladigan. Qarang: o‘sha manba. J.V. - B.24.
30“Arbitraj ” fransuzcha “arbitrage” - hakamlik sudi. 1. Nizoli masalalarni hal qilish uchun maxsus tashkil etilgan va doimo faoliyat ko‘rsatuvchi sud organi, hakamlik. 2. Foyda olish maqsadida bir valyuta bozoridan sotib olingan xorijiy valyutalarni kursdagi farqiga qarab ikkinchi valyuta bozorida sotish. Qarang: o‘sha manba. J.I. - B. 94.
31“Aspekt” lotincha “aspectus” - nuqtai nazar; ko‘rinish. Narsa-hodisa, tushuncha va sh.k.ning o‘rganilishiga asos bo‘ladigan nuqtai nazar. Qarang: o‘sha manba. J.I.- B.109.
32“Konstruksiya” - lotincha “constructio” - to‘plash, yig‘ish; tuzilish, qurilish. Inshoot, mexanizm, asar va sh.k.ning tuzilishi, qismlarining o‘zaro joylashuvi; murakkab tuzilishli inshoot, mexanizm va sh.k.ning o‘zi. Konstruktor - mashina, mexanizm, inshoot va ularning ayrim qismlari konstruksiyasini, loyihasini tuzuvchi mutaxassis, injener. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.401.
33“Psixologiya” psixo + yunoncha “logos” - fan, ta’limot. 1. Inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakatida borliqning aks etishini, ruhiy jarayonlar, hodisalar va xislatlarni o‘rganuvchi fan. 2. Biror faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan psixik jarayonlar majmui. 3. Kishining ichki dunyosi, kechinmalari, xarakter xususiyatlari, ruhiy holati. Qarang: o‘sha manba. J.III.- B.318.
34Bunday kishilar toifasiga kimlarni kiritsa bo‘ladi? Ularning shu toifaga kiritilishiga nimalar asos bo‘lishi mumkin?
35“Riskka toqati yo‘q kishilar” - ular kimlardan iborat? Nega ular shunday deb nomlanadi? Ularning bunday nomni olishlariga nimalar sabab bo‘lgan?
36«Klassifikatsiya» lotincha «classis» - daraja, razryad + “facere” - qilmoq. Tasnif - tanlab olish; turlarga ajratish. Narsa va hodisalarni ularning o‘ziga xos belgi, xususiyatlariga qarab, tur, turkum va sh.k.ga ajratish. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.382. O‘sha manba. J. IV. -B.11.
37«Reyting» inglizcha «rating» - baho, daraja. 1. Nazorat qilish va baholash usuli va tizimi. 2. Erishilgan yutuqlarning samaradorligi va nufuzini baholashda raqamlar bilan ifodalanadigan ko‘rsatkich. 3. Jamoatchilik fikrini o‘rganish yo‘li bilan aniqlanadigan mashhurlik darajasi. Qarang: o‘sha manba. J.III. -B.373.