20.2-rasm.
Aktiv S va Dning turli xil ulushlaridan tashkil topgan
sarmoyalar uchun kutilgan qaytim va standart og’ish
Amalga oshirish mumkin bo‘lgan va samarali investitsiyalar.
Amalga
oshirish mumkin bo‘lgan investitsiya berilgan aktivlar orqali investor tuza
olaydigan investitsiyadir. 20.2-rasmda berilgan investitsiyalarni hammasi
amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyalardir. Ushbu investitsiyalar
kollektsiyasi amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyalar kolleksiyasi
deyiladi. Faqatgina ikkita aktivdan tashkil topgan investitsiyada ham amalga
oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyalar tizimi grafigi egri chiziq ko‘rinishida
bo‘ladi va u turli xil kutilgan qaytim va standart og‘ish kombinatsiyalarini
ko‘rsatadi ikkita aktivlar uchun. 20.2-rasmda biz aktiv C va D uchun amalga
oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyalar tizimini ko‘rsatdik.
Amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyaga solishtirganda, samarali
investitsiya bu o‘sha amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyalar tizimidagi
risk ko‘rsatkichida eng katta kutilgan qaytilga ega investitsiyadir. Samarali
investitsiya kam-tafovutli investitsiya ham deyiladi. Har bir risk darajasida
samarali investitsiya mavjud. Samarali investitsiyalar kolleksiyasi samarali
tizim deyiladi.
204
20.3-rasm.
Investitsiya samarasi
Yuqoridagi rasmda biz amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyalar
ichidan samaralilarini ko‘rsatdik.C va D aktivlarining kombinatsiyalaridan tashkil
topgan risk-qaytim tizimidagi samarali investitsiya 3-5 qismlarda ko‘rinadi. Ushbu
investitsiyalar berilgan risk darajasida kattaroq kutilgan qaytimni beradi. E’tibor
bering 1-2 lar samarali investitsiyalar tizimiga kiritlmadi. CHunki hattoki 3da ham
ikkisidan ham ko‘p kutilgan qaytim va kam risk mavjud.
Biz ko‘rishimiz mumkinki 4-investitsiyada 1-dan ko‘ra kattaroq kutilgan
qaytim va kamroq risk mavjud. Aniqki, egri chiziqning butun 1-3 qismi samarali
emas. Barcha berilgan investitsiyalar kombinatsiyalarida 3-5 risk-qaytim tizimida
kattaroq qaytim va teng risk, yoki teng qaytim kamroq risk kuzatildi, yoki ikkisi
ham. Ba’zi investitsiyada risk kamroq yoki qaytim kattaroq, shuning uchun 3-5
investitsiyalar samaralidir va ular 1-2 ni birorta qiymat bo‘yicha kattalgidan
foydaliroq. Masalan, 4-investitsiya 1-investitsiyadan va 3-investitsiya 1 va 2
investitsiyaning ikkisidan ham foydaliroq.
20.4-rasmda 2tadan ko‘p bo‘lgan aktivlardan tashkil topgan amalga oshirsa
bo‘laydigan va samarali investitsiyalar tizimini keltirib o‘tdik. Bunda, amalga
oshirsa bo‘laydigan investitsiya tizimi egri chiziq emas, balkim yuzadir. CHunki
2ta aktivli investitsiya tizimidan farqli o‘laroq, ko‘p aktivli investitsiya tizimida
risk- qaytim tizimini bir necha egri chiziqdan ko‘ra bitta belgilangan yuzada
tasvirlasa bo‘ladi. SHunga qaramasdan, samarali investitsiya tizimi II va III egri
chiziqlarda berilgan. Ushbu rasmdan belgilangan yuzadagi investitsiya tizimidan
ko‘ra samarali investitsiya tizimini ustunligini ko‘rish juda oson.
205
20.4-rasm.
Dostları ilə paylaş: |