Moliyаviy hisobot transformatsiyasi 1-reja: mhxs bo’yicha hisobotni tuzishning usullari



Yüklə 48,74 Kb.
səhifə8/12
tarix22.06.2023
ölçüsü48,74 Kb.
#133931
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
MOLIYAVIY HISOBOT TRANSFORMATSIYASI (1) (1)

hisobot”da quyidagi minimum axborotlar aks ettiriladi: (a) hisobot davrida sof
foyda va zararlar; (b) boshqa standartlar talablariga muvofiq to’g’ridan-to’g’ridan
xususiy kapitalda tan olinadigan daromad va xarajatlar, foyda va zararlarning har
bir moddasi hamda bunday moddalarning summalari; va (c) hisobga olish tartibi 8son BHXSda ko’zda tutilgan hisob siyosatidagi o’zgartirishlar va fundamental xatolarni to’g’irlashlar. Bundan tashqari kompaniyalar ushbu hisobotning o’zida yoki unga beriladigan izohlarda quyidagilarni aks ettirishi lozim:
(d) mulkdorlar bilan kapital
xarakteridagi operatsiyalar va ular tomonidan taqsimlanishi;
(e) hisobot davrining
boshida va hisobot sanasiga jamg’arilgan foyda va zararlarning saldosi va hisobot
davrida o’zgarishi;
(f) hisobot davri boshi va oxirida aktsionerlik kapitali har bir klassi, emission daromad va har bir rezerv balans qiymati har bir o’zgarishni ochib
berish bilan o’rtasidagi tekshiruv
Pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobot moliyaviy hisobotning
boshqa shakllari bilan bir qatorda axborot foydalanuvchilarga kompaniyaning sof
aktivlari, moliyaviy tarkibi (likvidlik va to’lov qobiliyatini ham o’z ichiga olgan
holda) o’zgarishini hamda o’zgaruvchan sharoitga va imkoniyatlarga moslashish
uchun pul mablag’larining kelib tushushi va to’lovi hajmi va muddatiga ta’sir
ko’rsatish qobiliyatini baholash imkoniyatini beradi.
Moliyaviy hisobotning izohlarida foydalanuvchilarga foydali bo’lgan qo’shimcha
axborotlarni o’z ichiga oladi. Moliyaviy hisobotga berilgan izohlarda quyidagi
axborotlar o’z aksini topadi: (a) moliyaviy hisobotni tayyorlash asoslari
to’g’risidagi axborotlar va salmoqli operatsiyalar va hodisalar uchun tanlangan va
qo’llaniladigan hisob siyosati; (b) moliyaviy hisobotda aks ettirilmay qolgan, lekin
BHXSlari talabi bilan taqdim qilinadigan axborotlarni ochib berish; (c) moliyaviy
hisobotda aks ettirilmagan, lekin ob’ektiv tasavvur uchun zarur bo’lgan qo’shimcha axborotlarni taqdim qilish.
O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qilish uchun muayyan sharoit yaratish,
jumladan, vatanimiz iqtisodiy sub’ektlari faoliyatining shaffofligi va aniqligiga
erishish zarur. Bu masalani amalga oshirish moliyaviy hisobotlarning umumqabul
qilingan jahon standartlarini – moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo’llash
bilan bog’liq. Bu “Korporativ boshqaruv tizimidagi printsip va yondashuvlarni tubdan
o’zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy
xalqaro korporativ menejment standartlarini joriy etish jiddiy e’tiborni talab qiladi”So’nggi yillarda O’zbekistonda buxgalteriya hisobi va hisobot sohasida 1994 yilda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobini isloh qilish” dasturida ko’zda tutilgan anchamuncha o’zgarishlar amalga oshirildi.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalari va moliyaviy holati haqidagi manfaatdor foydalanuvchilar uchun foydali bo’lgan axborotni shakllantirishni ta’minlashga qaratildi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini isloh qilishning asosiy instrumenti sifatida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida milliy standartlar qabul qilindi.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti taraqqiyotida muayyan yutuqlarga erishilgan bo’lsada, shu bilan birga jiddiy muammolar ham mavjud bo’lib, ularga:

-MHXS asosida tuziladigan buxgalteriya hisobotlarining rasmiy statusi, shuningdek MHXSni qo’llashning zaruriy infratuzilmasining mavjud emasligini;


- xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan, milliy standartlar asosida tayyorlangan
buxgalteriya hisobotlarini transformatsiya qilish orqali MHXS bo’yicha jamlangan
moliyaviy hisobotlar tayyorlash uchun asossiz katta xarajatlarni;
- buxgalteriya hisobotlari sifatini nazorat qilish tizimining kuchsizligi, shu jumladan,
buxgalteriya hisobotlari auditi sifatining yuqori emasligini;
- kasbiy jamoat birlashmalari va boshqa manfaatdor birlashmalarning, shu bilan birga
buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilarning buxgalteriya hisobi va hisobotini
tartibga solish, hamda buxgalterlik va auditorlik kasbini rivojlantirishda ishtirokining
etarli emasligini;
- ko’pchilik buxgalter va auditorlarni kasbiy tayyorlash darajasining past darajadaligi,
shuningdek MHXS bo’yicha tayyorlangan axborotdan foydalanish ko’nikmalarining
etarli emasligini kiritish mumkin.
Mavjud yuzaga kelgan buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimi unda shakllangan
axborotning ishonchliligi va tegishli darajadagi sifatini ta’minlab bera olmaydi,
shuningdek, ushbu axborotdan foydalana olish imkoniyatlarini sezilarli darajada
cheklaydi.
Bugungi kunda O’zbekistonda buxgalteriya hisobi va hisobotining kelgusi taraqqiyoti
uchun qulay sharoit vujudga kelmoqda. Buxgalteriya hisobi va hisoboti ob’ektlarining
aksariyat qismini o’z ichiga oluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar amalga kiritilgan,
ammo ushbu hujjatlarni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga bo’lgan
talablarning o’zgarib borayotganligi nuqtai-nazaridan tubdan ko’rib chiqish lozim.
Chunki ushbu me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilingandan so’ng MHXSlarda katta
o’zgarishlar bo’lgan.
Respublikamizda 2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy
hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisob
standartlariga muvofiq tashqi audit o’tkazishi belgilangan. Aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ tizimini takomillashtirish maqsadida aktsiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotlarningxalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash hamda nashr qilish ko’zda tutilmoqda.
Bugungi kunda nafaqat aktsiyadorlik jamiyatlarida, balki boshqa xo’jalik jamiyatlari, xususiy korxonalar, oilaviy korxonalar kabi tashkiliy-huquqiy shaklga ega tadbirkorlik
sub’ektlarida ham MHXSdan foydalanishga o’tishni sur’atini oshirish zarur deb
hisoblaymiz.
O’rta muddatli istiqbolda (yaqin 5-10 yilda) buxgalteriya hisobi va hisobotini
rivojlantirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimining o’ziga xos funktsiyalarini
O’zbekiston iqtisodiyotida muvaffaqiyatli va izchil bajarilishi uchun maqbul zamin va
sharoit yaratish zarur. Xususan, manfaatdar ichki va tashqi foydalanuvchilar
(mulkdorlar, investorlar, kreditorlar, davlat hokimiyati organlari, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning boshqaruv xodimlari va b.) tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilish
uchun zarur bo’ladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati to’g’risidagi aniq va
shaffof axborotni shakllantirish imkoniyatini yaratish lozim. Kelgusi taraqqiyotning
mohiyati, samarali hisob jarayonini tuzish va zaruriy infratuzilmani yaratish yo’li bilan
MHXSdan foydalanishni faollashtirish hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotni quyidagi asosiy yo’nalishlarda rivojlantirish zarur:
- buxgalteriya hisobi va hisobotlarda shakllanadigan axborot sifatini oshirish;
- MHXSni qo’llash infratuzilmasini yaratish;
- buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish tizimini o’zgartirish;
- buxgalteriya hisobotlari sifat nazoratini kuchaytirish;
- tashkilotlarda buxgalteriya hisobotlari auditi, buxgalteriya hisobi va hisobotini
yuritish bilan band bo’lgan mutaxassislarning, shuningdek buxgalteriya hisobotlaridan
foydalanuvchilarning malakasini sezilarli darajada oshirish.
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi, o’z ichiga statistik va operativ-texnik
hisobni ham oladigan, yagona hisob va hisobot tizimining bir bo’lagi sifatida
rivojlanishi zarur. Ushbu tizimning birligini ta’minlovchi muhim omil bo’lib
boshlang’ich hisob hisoblanib, u har bir hisob turi ehtiyoji, vazifalari va
metodologiyasiga mos holda umumlashtirish, tizimlashtirish va kelgusi yig’ish uchun
ma’lumotlar manbasi sifatida xizmat qiladi.
Rivojlanish jarayonida buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimi birligi va yaxlitligini
qo’llab quvvatlash uchun ushbu tizim barqarorligini ta’minlash alohida dolzarblik
kasb etadi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobi va hisobotining
rivojlanishi mamlakatdagi iqtisodiy jarayonlarning o’zgarishi bilan uzviy
aloqadorlikda amalga oshirilishi va xo’jalik mexanizmi rivojlanish darajasi va
xarakteriga javob berishi lozim. Buxgalteriya hisobi va hisobotini o’zgartirish
jarayonlarini asossiz paysalga solishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shu bilan birga
buxgalteriya hisobi va hisobotidagi o’zgarishlarni xo’jalik mexanizmidagi o’zgarishlar
va bozor institutlarining real ish olib borishiga mos bo’lmagan holda jadallashtirish
iqtisodiyotdagi moliyaviy axborotning sifatini pasayishiga, MHXSning
obro’sizlanishiga, shuningdek moliyaviy tartib-intizomning susayishiga olib kelishi
mumkin.
Bundan tashqari MHXSga o’tish, axborotni yig’ish va qayta ishlash jarayonlarining
yangicha metodlarini amalda qo’llashni o’zlashtirib olish ma’lum vaqt talab qiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotidagi o’zgarishlar, jumladan MHXSga o’tish jarayoni
jamoatchilikning kasbiy tayyorgarligi, shuningdek davlat hokimiyati organlarining
ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari O’zbekiston
Respublikasi iqtisodiyotining barcha tarmoq va sohalariga taalluqli. Shu bilan
birgalikda buxgalteriya hisobi sohasida islohotlarni amalga oshirish iqtisodiyotning
ayrim tarmoq va sohalarida (jumladan, notijorat tashkilotlari, bank tizimi) o’ziga xos
xususiyatlarga ega.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirishning asosiy yo’nalishi – unda
shakllanadigan axborot sifatini oshirish. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki,
axborotning foydaliligiga bevosita MHXSdan foydalanish orqali yoki ular asosida
milliy buxgalteriya hisobi tizimini qurish asosi sifatida foydalanish orqali erishish
mumkin.
Zamonaviy buxgalteriya hisobi o’zida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan
yuridik shaxs buxgalteriya hisobotlarini (individual buxgalteriya hisoboti) va
jamlanma moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalaniladigan axborot bazasini ifoda
etadi. Bundan tashqari buxgalteriya hisobotida shakllandigan axborotdan boshqaruv,
soliq, statistik hisobotlar, nazorat qiluvchi organlar uchun hisobotlar tayyorlash uchun
foydalaniladi. Zarurat tug’ilganda ushbu ma’lumotlar asosida boshqa shakldagi
hisobotlar tayyorlanishi lozim.
Shu sababdan buxgalteriya hisobi sohasida asosiy vazifa bu hisob jarayonini tashkil
qilishning biror-bir hisobot shaklini tuzishga bevosita bog’lanib qolmasligini
ta’minlashdan iborat. Hisob jarayonini tashkil qilishning talab va printsiplari,
shuningdek buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari MHXS talab va printsiplarini
hisobga olgan holda o’rnatilishi lozim-ki, bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar turli xil
hisobot shakllari, jumladan MHXS uchun axborotni shakllantirish imkoniga ega
bo’lsin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ayrim toifalari buxgalteriya hisobining
soddalashtirilgan tartibini qo’llashlari mumkin.
Buxgalteriya hisobi metodi elementi sifatida individual buxgalteriya hisoboti ikkita
axborot va nazorat funktsiyalarini bajaradi. Bir tomondan u xo’jalik yurituvchi
sub’ektning faoliyatining moliyaviy natijalari va moliyaviy holatini tavsiflaydi.
Boshqa tomondan esa u har bir hisob tsikli yakunida buxgalteriya hisobi
ma’lumotlarining aniqligi va to’g’riligini tizimli nazorat qilish imkonini beradi.
Bundan kelib chiqib barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar har bir hisobot davri uchun
individual buxgalteriya hisobotlari tuzishlari shart.
Individual buxgalteriya hisoboti quyidagilar uchun mo’ljallangan:
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning yakuniy moliyaviy natijasi – sof foyda (zarar)ni
aniqlash va uni mulkdorlar o’rtasida taqsimlash uchun;
- Nazorat qiluvchi organlarga taqdim qilish uchun;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bankrotlik belgilarini aniqlash uchun;
- Statistik kuzatish va makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning yagona davlat bazasini
shakllantirish uchun;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni boshqarishda ishlatish, sud ishlarida va soliqqa
tortishda foydalanish uchun.
Individual buxgalteriya hisoboti sohasida asosiy vazifa manfaatdor foydalanuvchilarni
sifatli, ishonchli va xo’jalik yurituvchi sub’ekt haqida solishtirish mumkin bo’lgan, uni
jonli aks ettiradigan axborotdan kafolatli foydalana olish imkoniyatini yaratib
berishdan iborat. Ushbu masalani hal qilish uchun individual buxgalteriya hisobotini xalqaro standartlari (IAS, IFRS) asosida ishlab chiqiladigan buxgalteriya hisobining
milliy standartlari (BHMS) bo’yicha tuzish lozim. Kelajakda tajribaning ortib borishi
natijasida ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlar doirasi tomonidan individual
buxgalteriya hisobotini buxgalteriya hisobining milliy standartlari o’rniga MHXS
(IAS, IFRS) bo’yicha tuzish imkoniyatlarini baholash maqsadga muvofiq.
Ayrim hollarda BHMS buxgalteriya hisobotlarida axborotni shakllantirish va taqdim
qilishga bir qancha muqobil yondashuvlarni ko’zda tutishi mumkin. Shunday bo’lsa
ham, turli xil xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobotlarini solishtirish
imkoniyatini oshirish uchun yuqoridagi holatlar cheklanishi va kelgusida uzluksiz
qisqartirib borish lozim.
BHMS ayrim toifa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tayyorlanadigan
individual buxgalteriya hisobotida ochib beriladigan turli xil hajmdagi axborotni
nazarda tutishi mumkin, jumladan, soddalashtirilgan buxgalteriya hisoboti tuzishni.

Yüklə 48,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin