Moliyаviy hisobot transformatsiyasi 1-reja: mhxs bo’yicha hisobotni tuzishning usullari



Yüklə 48,74 Kb.
səhifə9/12
tarix22.06.2023
ölçüsü48,74 Kb.
#133931
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
MOLIYAVIY HISOBOT TRANSFORMATSIYASI (1) (1)

Jamlangan moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobotlarining bir turi bo’lib, nazorat
qilish munosabatlariga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar guruhi faoliyatining
moliyaviy natijalari va moliyaviy holatini tavsiflash uchun mo’ljallangan. Jamlangan
moliyaviy hisobot faqat axborot funktsiyasini bajaradi va u manfaatdor tashqi
foydalanuvchilarga taqdim qilinadi. Bunday hisobot foydalanuvchilar tomonidan
iqtisodiy qaror qabul qilishda asosiy moliyaviy axborot manbalaridan biri bo’lishi
lozim.
Jamlangan moliyaviy hisobotlar sohasida asosiy vazifa manfaatdor foydalanuvchilarni
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar guruhi haqida sifatli, ishonchli va solishtirish mumkin
bo’lgan axborotdan kafolatli foydalana olish imkonini yaratishdan iborat. Ushbu
vazifani hal qilish uchun jamlangan moliyaviy hisobotni MHXS bo’yicha tuzishni
hamda majburiy audit va hisobotlarni chop qilishni majburiy qilib belgilash lozim.
Boshqaruv hisoboti xo’jalik yurituvchi sub’ektni boshqarishda (rahbariyat, boshqa
boshqaruv xodimlari) foydalanish uchun mo’ljallangan. Shuning uchun ushbu
hisobotning tarkibi, davriyligi, muddati, shakli va uni tuzish tartibini xo’jalik
yurituvchi sub’ekt mustaqil belgilaydi. Shu bilan birga boshqaruvning ilg’or amaliyoti
shuni ko’rsatmoqdaki, boshqaruv hisobotlarini tuzish tartibi va tarkibi, individual
buxgalteriya hisobotlari va jamlanma moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda
foydalaniladigan printsiplar asosida ishlab chiqilsa, bunday tayyorlangan boshqaruv
hisobotlari yanada foydali va samarali bo’ladi.
Boshqaruv hisoboti sohasida asosiy vazifa bo’lib, boshqaruv hisobini tashkil
qilishdagi ilg’or tajribalarni, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni boshqarishda
boshqaruv hisobidan foydalanish tajribalarini keng ommalashtirish hisoblanadi.
Soliq hisobotlarini (soliq deklaratsiyalari) tuzish soliq qonunchiligi bilan belgilangan
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun majburiy hisoblanib, fiskal (xazina) maqsadlari
uchun mo’ljallangan. Soliq hisobotlari buxgalteriya hisobida shakllanadigan axborot
asosida ularni soliq qonunchiligi qoidalari bo’yicha tuzatish yo’li bilan tuzilishi shart.
Soliq hisoboti sohasida asosiy vazifa – soliq hisobi qoidalarini buxgalteriya hisobi
qoidalariga yanada yaqinlashtirish yo’li bilan uni tuzish xarajatlarini kamaytirishdan
iborat.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida MHXSlarini keng joriy qilishning zaruriy
sharti bevosita xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solishda ushbu standartlardan foydalanish imkonini beradigan
infrastrukturani yaratishdan iborat.
Asosiy elementlar:
- O’zbekistonda MHXSlarni qonunan e’tirof etish;
- MHXSni qo’llash tajribasini ommalashtirish va umumlashtirish mexanizmi;
- MHXS bo’yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobotlari sifatini nazorat qilish,
shu jumladan audit;
- MHXSni o’qitish.
O’zbekiston Respublikasida MHXSni keng qo’llash uchun uning qonunan e’tirof
qilinishi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, MHXS bo’yicha tayyorlangan jamlanma
moliyaviy hisobot rasmiy hisobotlarning bir shakli sifatida e’tirof qilinishi lozim.
Har bir MHXSni (shu jumladan sharhlarni ham) ma’qullash jarayonining maqsadi –
ularni O’zbekiston Respublikasi me’yoriy huquqiy hujjatlari tizimiga kiritish. Bunday
tartib(jarayon) professional jamoatchilik ekspertizasi va har bir standartni amalga
kiritishni o’z ichiga olishi lozim.
Ushbu jarayon:
- MHXSni O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga kiritishni;
- MHXSdan chetga chiqishga yo’l qo’ymaslikni;
- O’zbekiston Respulikasidagi iqtisodiy jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlarini
hisobga olishni;
- moliyaviy axborotning iqtisodiyotga mos kelishini ta’minlashi lozim.
Favqulodda holatlarda O’zbekiston Respublikasida vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatni
hisobga olgan holda muayayyan bir MHXSni ma’qullashni ma’lum muddatga
to’xtatib turish (rad qilish) mumkin. Shu bilan birga biron-bir standartning bir qismini
ma’qullash ham mumkin emas.
MHXSni qo’llash tajribasini ommalashtirish va umumlashtirish mexanizmi xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar tomonidan standartlarni bir xil va navbati bilan qo’llash va ular
haqida mos moliyaviy axborot berish uchun muhim. Bunday mexanizm MHXSni
qo’llash bo’yicha turli xil axborot-metodik materiallar bo’lishini nazarda tutib, ular
faqat tavsiyaviy xarakterga ega.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish tizimini rivojlantirish shunday
modelni yaratishga qaratilishi lozimki, u barcha manfaatdor tomonlar qiziqishlarini
hisobga olib, xarajatlarni kamaytirib va tartibga solish samaradorligini oshirishi lozim.
Ushbu model asosida davlat hokimiyati organlari va kasbiy birlashmalarning
(O’zbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi,
O’zbekiston Auditorlar Palatasi, O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi va boshqa
manfaatdar jamoat tashkilotlari) oqilona birligi yotadi.
2015 yil 24-aprelida PF-4720 «Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy
korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida» O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon kilindi.
Mazkur Farmon talablaridan kelib chikib, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalarni keng jalb etish, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini
tubdan oshirish, bo’lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini
ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni
strategik boshqarishda aktsiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish
maqsadida quyidagilar korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy
yo’nalishlari etib belgilandi:
 xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ
boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik,
moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
 chet el kapitali ishtirokida aktsiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish,
aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay
sharoitlar yaratish;
 eski bo’linmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va
bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi bo’linma va lavozimlarni joriy etishni
inobatga olgan holda, aktsiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta
tashkil etish;
 aktsiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining
samarali faoliyatini nazorat qilishni ta’minlashda aktsiyadorlar, jumladan, minoritar
aktsiyadorlar rolini oshirish;
 etakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv
xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek, aktsiyadorlik
jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali menejerlarni jalb
qilish.

Yüklə 48,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin