Moliyаviy hisobot transformatsiyasi 1-reja: mhxs bo’yicha hisobotni tuzishning usullari



Yüklə 48,74 Kb.
səhifə7/12
tarix22.06.2023
ölçüsü48,74 Kb.
#133931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
MOLIYAVIY HISOBOT TRANSFORMATSIYASI (1) (1)

Hisob siyosati – bu korxona tomonidan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim
qilishda qabul qilingan aniq tamoyillar, negizlar, qoida va tajribalar mujmasidan
iborat hujjatdir.
Korxona rahbariyati moliyaviy hisobotni tayyorlashda korxona o’z faoliyatini
davom ettira olish qobiliyatini baholay olishi lozim. Moliyaviy hisobot korxona o’z
faoliyatni uzluksiz davom ettirishi to’g’risidagi, ya’ni rahbariyat korxonaning
likvidatsiya qilinishi yoki o’z faoliyatini to’xtatishini mo’ljallamagan yoki ushbu
masalani qo’rib chiqish sabablari bo’lmagan yo’l qo’yilishlarga asosan tuzilishi
lozim. Agarda ushbu holatlar mavjud bo’lsa korxona hisob siyosatida ularni bayon
etishi lozim bo’ladi.
Korxona moliyaviy hisobotini pul mablag’lariga doir axborotlardan tashqarisini
hisoblash metodiga asosan tuzishlari lozim. Ushbu metodga asosan operatsiya va
jarayonlar ular qachon yuz bergan bo’lsa (pul kelib tushushi va pul mablag’larining
to’lanishi qat’iy nazar) shu paytda tan olinadi va ular talluqli bo’lgan davrlaridagi
hisob registlarida qayd qilinadi va moliyaviy hisobotlarda taqdim etiladi. Xarajatlar
foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotda sarflangan xarajatlar bilan ishlab topilgan
daromadlarning aniq moddalri o’rtasidagi muvofiqlik kontseptsiyasiga asosan tan
olinadi.
Moliyaviy hisobotlarda moddalarni taqdim qilinishi va ularning tasnifi bir davrdan
ikkinchi davrda saqlanishi lozim (taqdim qilishning ketma-ketligi). Korxona
moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishda usullarning o’zgartirish kiritish kerak
bo’ladi, agarda o’zgargan tarkib ehtimol to’liq saqlanilsa yoki muqobil variantda
taqdim qilishdan olinadigan naf muqarrar bo’lsa.
Moliyaviy hisobot salmoqli bo’lgan moddalarnigina aks ettirishi lozim. Salmoqli
bo’lmagan moddalar anologik xarakterdagi moddalardagi summalar bilan
birlashtirilishi va alohida taqdim etilmasligi lozim.
Hisobotlarda aktivlar va majburiyatlarning bir birini qoplagan holda aks
ettirilishiga yo’l qo’yilmasligi lozim (BHXSlari talab qilgan yoki rux’sat bergan
hollardan tashqari). Daromad va xarajatlarning moddalari bir-birini qoplashga
agarda BHXSlarida talab etilsa yoki ruxsat etilsa hamda salmoqli bo’lmagan
operatsiyalar natijasida yuzaga kelgan foyda va zararlar, qaysiki anologik
opratsiyalar natijalari bilan birlashtiriladigan hollarda yo’l qo’yiladi.
Moliyaviy hisobotlarda taqdim qilinayotgan axborotlarning o’tgan davr
hisobotlaridagi ma’lumotlari bilan taqqoslanuvchanligi ta’min etiladi, agarda
BHXSlarida boshqacha holat ko’zda tutilmagan bo’lsa.
Hisob siyosati yuqoridagi tamoyillarga tayanishi uning BHXSlariga
muvofiqligini ta’min etadi.
8-son BHXSga ko’ra, hisob siyosatini o’zgartirishga – “kompaniyalar ishlab
chiqqan yangi buxgalteriya hisobi siyosati amaldagi qonunchilikka va buxgalteriya
hisobi standartlari tizimi talablariga muvofiq yoki o’zgartiriladigan hisob siyosati
moliyaviy steytmentlar taqdim qilish halotini yaxshilashga olib kelgan hollarda”-
ruxsat beriladi. Bunda hisob siyosatidagi o’zgarishlar - “(a) joriy va kelgusi
moliyaviy steytmentlarda aks ettirish, ya’ni yangi hisob siyosati joriy qilingan
vaqtdan e’tiboran moddalarni hisobga olishda qo’llaniladi, (b) retroaktiv, yangi
hisob siyosati qo’llanilgan vaqtdan emas, balki hisobga olinadigan moddalar yuzaga
kelgan vaqtdan e’tiboran qo’llaniladi, (s) Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda
alohida moddalarga ta’sirini aniqlash va shu asosda hisobot davri boshidagi
taqsimlanmagan foyda summasiga o’zgartirish kiritish” - orqali amalga oshirilishi
ko’zda tutilgan.
1-son BHMSda moliyaviy hisobotning hisobot davri 1 yanvardan 31
dekabrgacha belgilangan. Hisobotni taqdim qilish muddati esa keyingi hisobot
davrining 15-fevraligacha belgilangan. Xalqaro standartlarda moliyaviy hisobot
eng kamida har yili taqdim qilinishi qayd qilingan (uning sanalari ko’rsatilmagan)
va taqdim qilish muddatlari ko’rsatilmagan.
Kompaniyaning buxgalteriya balansi minimum quyidagi chiziqli moddalarni
o’z tarkibiga olishi shart: (a) asosiy vositalar; (b) investitsion mulk;; (s) nomoddiy
aktivlar; (d). (e), (h), (i)dan tashqari moliyaviy aktivlar; (e) hissali qatnashish
metodi bo’yicha hisobga olingan investitsiyalar; (f) biologik aktivlar (g) zahiralar;
(h) savdo va boshqa debitorlik qarzlari; (i) pul mablag’lari va ularning ekvivalenti;
(j) savdo va boshqa kreditorlik qarzlari; (k) baholanadigan majburiyatlar; (l)
moliyaviy majburiyatlar ((j) va (k) bandlaridan tashqari) (m) soliq majburiyatlari va
12-son BHXS talablari, foyda solig’i; (n) muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari
va muddati uzaytirilgan soliq aktivlari, 12-son BHXS. (o) xususiy kapital tarkibida
berilgan ozchilik hissasi; va (r) joriy qilingan kapital va rezervlar (1-son BHXS,
68).
1-son BHXSda 74-77-moddalarida kompaniyaning to’g’ridan to’g’ri buxgalteriya
balansida yoki bo’lmasa hisobotlarga izohlarda aks ettirishi talab etiladigan
axborotlar qatori ham keltirilgan.
Foyda va zararlar to’g’risidagi” hisobot minimum quyidagi moddalarni o’z
tarkibiga olishi lozim: (a) tushum; (b) operatsion faoliyat natijalari; (c)
moliyalashtirish bo’yicha xarajatlar; (d) ishtirok etish metodi bo’yicha hisobga
olinadigan assotsiatsiyalashgan va sho’’ba korxonalarning foyda va zararlaridagi
hissasi; (e) soliqlar bo’yicha xarajatlar; (f) odatdagi faoliyatidan olingan foyda yoki
zararlar; (g) favquloddagi holatlar; (h) ozchilikning hissasi; (i) hisobot davridagi
foyda yoki zararlar (1-son BHXS, 81,82).
1-son BHXSning 86-95 moddalarida to’g’ridan-to’g’ri “foyda va zararlar
to’g’risidagi” hisobotda yoki bo’lmasa hisobotlarga beriladigan izohlarda aks
ettirilishi talab etiladigan moddalar qayd etilgan.
Kompaniyalar “foyda va zararlar to’g’risida”gi hisobotida yoki unga berilgan
izohlarida xarajatlarning xarakteri yoki ularning korxona doirasidagi
funktsiyalariga asoslangan xarajatlar tasnifidan foydalangan holda xarajatlar
tahlilini keltirishlari lozim.
Tahlilning birinchi metodi xarajatlarning xarakteri metodi deb ataladi. Bu metodda
“foyda va zararlar to’g’risida”gi hisobotda xarajatlar xarakteriga ko’ra (masalan,
depresiatsiya va amortizatsiya, materiallar xaridi, transport xarajatlari, ish xaqi,
reklama xarajatlari) va korxona ichida turli xil funktsional yo’nalishlar bo’yicha
taqsimlanmaydi. Bu metod uncha katta bo’lmagan korxonalarda qo’llash qo’laydir.
Xarajatlarning xarakteri metodi yordamida tasniflanishi quyidagi ko’rinishda
bo’lishi mumkin:

1. Tushum X


2. Boshqa operatsion daromad X
3. Tayyor mahsulotlar va tugallanmagan
ishlab chikarish zahiralaridagi o’zgarishlar X
4. Xom-ashyo va materiallardan foydalanish X
5. Ish xaqi X
6. Depresiatsiya va amortizatsiya xarajatlari X
7. Boshqa operatsion xarajatlar X
8. Jami operatsion xarajatlar (+yoki-3+4+5+6+7) X
9. Operatsion faoliyatdan olingan foyda (1+2-8) X
Ikkinchi metod xarajatlarning yoki “sotish tannarxi” funktsiyasi metodi deb atalib,
bunda xarajatlar ularning funktsiyasiga ko’ra, sotish tannarxi, realizatsiya va
ma’muriy faoliyatiga oid xarajatlarga tasniflanadi. Ushbu metod axborot
foydalanuvchilarga uyg’un axborotlarni ta’min etishda eng sinalgan va umume’tirof
usul hisoblanadi. Ushbu usulda xarajatlarning tasnifi foyda va zararlar to’g’risidagi
hisobotda quyidagi ko’rinishda aks ettirilishi mumkin:
Standart talablariga muvofiq “Xususiy kapitalning o’zgarishi to’g’risidagi

Yüklə 48,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin