MHXSga o’tish quyidagilarning shakllanishini o’z ichiga oladi: 1. Hisobot sanasida barcha standart talablariga javob beradigan hisob siyosatining
shakllanishi;
2. O’tish sanasida MHXS bo’yicha kirish balansi.
3. MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobot tayyorlangan sanadan hech
bulmaganda bir yil oldingi yil uchun kiyosiy ma’lumotlar;
4. MHXS bo’yicha birinchi moliyaviy hisobot;
5. MHXSga o’tishning ta’sirini tushuntiradigan qo’shimcha ma’lumotlarni ochish.
Hisobot transformatsiyasi jarayoni (transformatsiya bosqichlari yoki shakllari) standart
ketma-ketlikka ega.
Biroq, transformatsiya bosqichlarining mazmuni ko’plab omillarning
uyg’unlashuviga bog’liq.
Transformatsiya jarayonlarining mazmunini aniqlaydigan omillar: 1. Kompaniyaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati xususiyatlari
2. Tashkilot buxgalteriya hisobining o’ziga xos xususiyati
Birinchisi, tuzatishlarning yo’nalishini aniqlab beradi;
Ikkinchisi, axborotni yig’ish texnikasini
Transformatsiya hisoboti 1. Tayyorlov
2. Ishchi bosqichi
3. Giperinflyatsiya ta’sirining hisobi
4. Xorijiy valyutaga o’tkazish
5. Moliyaviy hisobotning shakllanishi
Quyidagini aniqlash zarur: hisobot transformatsiyasining maqsadini;
(standartlar tizimini tanlashga, tuzish va taqdim etish bo’yicha talablarga, amalga oshirish usullariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi) Misol uchun: Tashkilot (shuba korxona) uchun MHXS bo’yicha hisobot tuzishdan maksad,
guruhning konsolidallashgan hisobotini shakllantirish hisoblanadi.
Bu transformatsiya jarayonlariga qay tarzda ta’sir ko’rsatadi?
Bosh kompaniya va uning filiallari uchun yagona hisob siyosatini qo’llash zarur
hisoblanadi.
Ayni vaqtda ushbu talabni amalga oshirishning ikkita varianti mavjud.
Birinchisi – guruh uchun yagona hisob siyosati ishlab chiqilayotganda, guruxning
barcha korxonalari bir xil talablar bo’yicha individual hisobotni tuzadilar va hisobni
yuritadilar.
Ikkinchisi – bunda individual hisobot ma’lumotlari mustaqil hisob siyosati
bo’yicha shakllantiriladi, konsolidatsiya maksadlari uchun esa yagona hisob
siyosatining talablariga muvofiq ma’lumotlarni kiritish bo’yicha qo’shimcha
tuzatishlar amalga oshiriladi.