Moliyaviy hisobotning to’liq komlekti quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: a) buxgalteriya balansi; b) foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot; s) qo’yidagilardan birini aks ettiruvchi hisobot (i) xususiy kapitalning harakati to’g’risidagi hisobot; yoki (ii) mulkdorlar bilan kapital xarakterdagi va ular o’rtasidagi taqsimlash operatsiyalaridan farq qiladigan xususiy kapitalning o’zgarishi to’g’risidagi hisobot; e) pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobot; s) hisob siyosati va hisobotga tushuntirishlar. Ko’pchilik tashkilotlar moliyaviy hisobotdan tashqaritashkilot rahbariyatiga
moliyaviy obzor beriladi, qaysiki unda tashkilotning moliyaviy xo’jalik faoliyati
tavsif va tushuntirishlar beriladi, uning moliyaviy holati va asosiy muammolar va
noaniqliklar tavsifi keltiriladi. Ushbu hisobot quyidagi mazmundagi axborotlarni
qamrab oladi.
(a) moliyaviy natijalarni belgilovchi asosiy omillar va ularning ta’siri, shu jumladan
kon’yukturaning o’zgarishi, qaysiki korxona shu sharoitda faoliyat ko’rsatadi,
ushbu o’zgarishlarga tashkilotning reaktsiyasi va ularning ta’siri hamda
tashkilotning moliyaviy natijalarni qo’llab-quvatlash va yaxshilashga qaratilgan
siyosati, shu jumladan dividend sohasidagi siyosati ham;
(b) tashkilotning moliyalashtirish manbalari, uning majburiyatlar va xususiy
kapitalga nisbatan rejadagi ko’rsatkichlari; va
(s) BHXSlariga muvofiq buxgalteriya balansida tashkilotning tan olinmagan
mablag’lari (9).
Moliyaviy hisobot albatta korxonaning moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va pul
mablag’lari harakati to’g’risida vijdonan taqdim etishlari shart. Vijdonan taqdim
etish hisob tamoyillarida mujassamlashgan aktivlar, majburiyatlar, daromad va
xarajatlarni hisobga olish qoidalar va mezonlariga to’liq rioya qilgan holda
haqqoniy aks ettirishni anglatadi.
Moliyaviy hisobot minimum har yili taqdim qilinishi lozim. Kompaniya ayrim
hollarda istisno tariqasida hisobot davrini bir yildan oshadigan yoki kam davrini
ham belgilashi mumkin. Bunday hollarda bir yildan farq qiladigan davrdan
foydalanish sabablari ko’rsatilib berilishi talab qilinadi
Halqaro kompaniyalar rahbariyati korxonaning hisob siyosatiniishlab chiqishi
zarur, qaysiki barcha moliyaviy hisobotlar har bir qo’llanilayotgan BHXSlar hamda
Doimiy Qo’mitaning standartlarga keltirgan interpritatsiyalariga to’liq muvofiq
kelsin. Agarda aniq talablar bo’lmagan hollarda korxona rahbariyati moliyaviy
hisobotlarda taqdim qilinayotgan axborotlarning
(a) foydalanuvchilar tomonidan qarorlar qabul qilinganda uyg’unligi va
(v) ishonchligini ta’min etishlari lozim.