Moliyаviy hisobot transformatsiyasi 1-reja: mhxs bo’yicha hisobotni tuzishning usullari


FOYDA VA ZARARLAR HAQIDAGI HISOBOT



Yüklə 48,74 Kb.
səhifə12/12
tarix22.06.2023
ölçüsü48,74 Kb.
#133931
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
MOLIYAVIY HISOBOT TRANSFORMATSIYASI (1) (1)

FOYDA VA ZARARLAR HAQIDAGI HISOBOT
Foyda va zararlar haqitdagi hisobotda minimum darajada quyidagi axborotlar berilishi
kerak:
a)tushum;
v)operatsion faoliyat natijalari;
s) moliyalashtirish bo’yicha xarajatlar;
d) ishtirok etish usuli bilan uyushgan kompaniyalar va qo’shma korxonalar foyda va
zarardagi ulushlari;
e) soliq bo’yicha xarajatlar;
f) odatdagi faoliyatdan foyda va zararlar;
g) favqulodda holatlar natijalari;
h) ozchilik ulushi;
i) hisobot davridagi sof foyda yoki zarar.


KAPITALDAGI O’ZGARIShLAR HAQIDAGI HISOBOT

MHXS kapitaldagi o’zgarishlar haqidagi hisobotni asosiy moliyaviy hisobotlardan biri


deb tan oladi. Kompaniya quyidagilarni aks ettiruvchi hisobotni taqdim etishi kerak:
 Hisobot davridagi sof foyda yoki zarar;
 Kapitalda tan olinadigan barcha daromadlar va xarajatlar, foyda va zararlar
haqidagi har bir modda haqidagi ma’lumot;
 8-MHXSga binoan fundamental xatolarni tuzatishlar va hisob yuritish
siyosatidagi o’zgarishlar natijalarining kumulyativ samarasi.


PUL MABLAG’LARI HARAKATI TO’G’RISIDAGI HISOBOT

7-MHXS ga binoan barcha kompaniyalar moliyaviy hisobotning asosiy tarkibiy


qismlaridan biri sifatida pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotni taqdim
etisho’lari shart.
7-MHXSda quyidagi atamalardan foydalaniladi:
Pul mablag’lari – kompaniyaning kassasi va joriy schyotidagi pul
mablag’lari;
Pul mablag’lari ekvivalentlari - qisqa muddatli, yuqori likvidli, avvaldan
ma’lum pul mablag’iga aylanadigan, qiymat nuqtai nazaridan riski kam bo’lgan
investitsiyalar;
Pul mablag’lari oqimlari – pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarining
kelishi va to’lanishi;
Operatsion faoliyat – kompaniyaning tushum keltiradigan asosiy faoliyati;
Investitsion faoliyat – uzoq muddatli aktivlarni va boshqa investitsiyalarni
xarid qilish va sotish;
Moliyaviy faoliyat – kompaniya kapital yoki qarz mablag’lari tarkibi va
hajmidagi o’zgarishga olib keladigan faoliyat.
Pul mablag’lari to’g’risidagi hisobot ikki xil usul bilan taqdim etilishi mumkin:
1) to’g’ri usul – asosiy yalpi tushumlar va kirimlarning turlari haqidagi ma’lumot;
2) egri usul – investitsion va moliyaviy faoliyatga aloqador har qanday kirim va
chiqimlarning o’tgan va kelgusi davr uchun natijalari hisobiga sof foydani tuzatish
orqali ma’lumot tayyorlash.


Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar va izohlar
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar va izohlar quyidagilarni qamrab olishi kerak:
 Kompaniya moliyaviy hisoboti uchun asoslar va tanlangan hisob yuritish
siyosati hiqidagi axborotni taqdim etishi;
 Moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan, lekin MHXSga binoan talab
qilinadigan axborotni yoritishi kerak;
 Moliyaviy hisobot tarkibida aks ettirilmagan, lekin ob’ektiv hisobot
topshirish uchun zarur bo’lgan axborotni taqdim etishi kerak.
Yüklə 48,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin