MHXS 29 ga muvofiq, quyidagilar zarur: Umumiy xarid kobiliyatidagi o’zgarishlarni aks ettiradigan umumiy baholar
indeksini tanlash (qoidaga ko’ra, iste’mol baholari indeksini).
Balansdagi nomonetar moddalarni qayta hisob-kitobini amalga oshirish.
Foyda va zararlar haqidagi hisobot moddalarini qaytadan hisoblash.
Monetar moddalar o’z ichiga pul moddalarini va pul mablag’lari bilan so’ndiriladigan
moddalarni, ya’ni debitor hamda kreditor qarzdorliklarni, moliyaviy investitsiyalarni
o’z ichiga oladi.
Pul moddalari o’z ichiga pul vositalarini hamda pul vositalarining ekvivalentlarini
oladi (yuqori likvidli qimmatli qog’ozlar).
Monetar moddalar tarkibiga kirmaydigan aktivlar va majburiyatlar nomonetar
moddalar hisoblanadi.
Funktsional valyuta (baholash valyutasi) bo’lib, qo’llanilishi kompaniyaga muhim
ta’sir ko’rsatadigan va kompaniyaning ko’pchilik operatsiyalari amalga oshiriladigan
valyutasi hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish valyutasi funktsional valyutaga mos kelmasligi
mumkin (taqdim etishdagi qulaylik uchun).
Masalan, funktsional valyutasi so’m bo’lgan kompaniya, moliyaviy hisobotni
evroda taqdim etishi mumkin.
MHXS 21 ga muvofiq: Chet el valyutasiga o’tkazish metodikasi - kompaniyaning funktsional valyutasi
iqtisodiy giperinflyatsiyali mamlakatning valyutasi ekanligi yoki yo’qligiga bog’liq
bo’ladi.
Agar kompaniyaning funktsional valyutasi giperinflyatsion valyuta bo’lsa: U holda, dastlab MHXS 29 dagi vaziyatlar qo’llaniladi,
So’ng hisobot ma’lumotlari hisobot sanasidagi kurs bo’yicha xorijiy valyutaga
o’giriladi (masalan, AQSh dollariga).
MHXSga muvofiq axborotni ochib berish: 1. Hisob siyosati
2. Moliyaviy hisobotga izoxlar
3. MHXS bo’yicha hisobot shaklining ko’rsatkichlari milliy va yoki taqdimot
valyutadagi jamlovchi transformatsiya jadvalining ustuni bo’lgan «MHXS bo’yicha
ma’lumotlar» asosida shakllanadi.
Agarda hisobotni chet tilida (masalan, ingliz tilida) taqdim etishga zaruriyat bo’lsa,
professional tarjimani amalga oshirish kerak.