Муќаддима



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

 
Ekologik monitoring 
 
Inson omilining tabiiy atrof-muqitga ta`siri (antropoten omil) borgan sari 
kuchayib borayotganligini e`tiborga olib, maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish zarurati 
vujudga keldi. Mazkur kuzatishlar natijasida to`plangan ma`lumotlar tabiiy atrof-
muqitda yuz berayotgan o`zgarishlarni baqolash va tegishlи xulosalar chiqarishga 
imkon berishi nazarda tutiladi. 
Aslida "monitoring" atamasi inglizcha so`z bo`lib, u "kuzatish", "nazorat qilish" 
ma`nosini bildiradi. Lekin oxirgi yillarda mazkur atamaning luqaviy ma`nosi juda keng 
miqyosda ko`llanila boshlandi. qozirgi vaqtda "monitoring'" deganda, "atrof-muqxitni 
kuzatish", "nazorat qilish", "uning qolatini boshqarish", va "tabiiy muqit qolatini 
bashorat qilish" tushuniladi. 
Respublikamizda tabiiy muqit monitoringi vazifalarini O`zbekiston Respublikasi 
gidrometeriologiya Bosh boshqarmasi, Davlat o`rmon xo`jaligi, qishloq va suv xo`jaligi 
vazirligi, Geologiya davlat qo`mitasi, Soqliqni saqlash vazirligi va shunga o`xshagan 
davlat muassasalari bajaradi. 
Ekologik monitoring kuzatishlari belgilangan muayyan joylarda tabiiy muqitning 
inson tomonidan ifloslanishi, buzilishi va boshqa jarayonlar bo`yicha amalga oshiriladi. 
Masalan, er usti suvlarining ifdoslanishi 94 ob`ektlardagi 187 nuqtalarda ma`lum bir 
muddatlarda suv namunalari olib tekshiriladi. Ushbu namunalarning tarkibi (fenol va 
uning birikmalari, nitratlar, xlor va fosfor organik moddalar, oqir metallar, neft 
maqsulotlari, tuzlar va boshqalar) maxsus tajriba xonalarda taqlildan o`tkaziladi. 
Gidrobiologik kuzatishlar esa, 50 ta suv ob`ektlarida, 77 joy va 100 kesimda olib 
boriladi. Yoki yoqinlardan olinadigan namunalar bir necha meteorologik stantsiyalarda 
o`rganiladi. Olingan namunalarning tarkibi (sulfatlar, xloridlar, gidrokarbonatlar, 
nitratlar, kaliy, magniy, natriy. kaltsiy, ftoridlar va boshqa elementlarning mavjudligi) 
maxsus tajriba xonalarda annqlanadi. yoki qor qoplamining ifloslanishi sanoati 
rivojlangan shaqarlarda 26 ta modda bo`yicha tekshiriladi. qavoning ifloslanishi esa, 34 
shaqarning 65 ta turqun punktlarida kuzatiladi. Ifloslangan qavodan olingan 


64 
namunalarda 30 ta zararli aralashmalarning kontsentratsiyalari o`lchanadi. Yoki 
suqoriladigan erlarning nurlanish darajasi yilda 2 marotaba (1 aprel va 1 oktyabrda) 
aniqlanadi. Tuproq tarkibidagi tuz miqdorining o`zgarishi deyarli barcha xo`jaliklarda 
ma`lum joylarda kuzatib boriladi. Ushbu maydonlarda er osti suvlarining chuqurligi, 
minerallashuv darajasi, tarkibi va ifloslanishi aniqlanadi. Baqolarda zovur suvlarining 
minerallashuvi va ifloslanish darajasi qam ma`lum joylarda muntazam ravishda 
o`rganiladi. 
Tabiat komponentlari (havo, suv, tuproq va boshqalar)ning ifloslanishi, o`zgarishi 
va boshqa xususiyatlari bo`yicha ilmiy-texnik hisobotlar qar yili muayyan dasturlar 
asosida respublika bo`yichа yoziladi va ular tegishli muassasalarga, shuningdek, 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga yuboriladi. 
Ekologik monitoring natijalari asosan mamlakatda ekologik vaziyatni muntazam 
nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay qolatlarning oldini olishga tayyorgarlik 
ko`rish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va boshqa maqsadlar uchun zarurdir. 
Ekologik monitoring axborotlari va ma`lumotlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish
ular asosida ekologik vaziyatlar qolatining tadrijiy o`zgarishlarinи va turli 
kasalliklarning yillar davomida o`zgarishini taqlil qilish uchun darkor. Xususan 
qo`riqxonalarda olib boriladigan ekologik monitoringning amaliy aqamiyati beqiyos 
kattadir. 
SHuni alohida ta`kidlash kerakki, respublikamizda 9 ta qo`riqxona mavjud bo`lib, 
shundan 3 tasi Buxoro viloyati hududidadir: Qorako`l, Qizilqum va Vardonze 
qo`riqxonalari. 


65 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin