Mundarija Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi Ishning asosiy maqsad vazifasi Ishning tadqiqot obyekti Ishning ilmiy yangiligi Ishning nazariy va amaliy ahamiyati Ishning tuzilishi va umumiy hajmi Kirish I bob



Yüklə 60,67 Kb.
səhifə11/15
tarix09.10.2023
ölçüsü60,67 Kb.
#153361
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Toponomika

Jalolquduq joy joy nomining etimoni jala va quduq so’zlarining birlashtiruvchi ma’nolarini , yani jala ko’p yoqqani uchun yer osti suvlari yer qazilganda tez chiqadigan joy ma’nosini anglatuvchi jalalquduq ekanligini asoslovchi manba bu geografik omil hisoblanadi. Uning shakllanishida quyidagi yetakchi omillar yetakchi vosita bo’lgan :

  1. Obyektning boshqa obyektlarga nisbatan olganda pastlikda joylashganligi;

  2. Ushbu hududlarda ko’pincha yomg’ir bilan birga jala ham yog’ib turishi;

  3. Yeri qazilganda tez suv chiqib kelishi quduqlarning ko’pligiga asos bo’ladi.

Leksik va fonetik tamoyillar toponimlarning tarkibini o’rganish usuli bilan bu toponimning etimologik tahlili jarayonida ishlatildi. Demak, xulosa qiladigan bo’lsak Jalolquduq toponimi kishi ismi bilan bog’liq emas , balki tabiiy geografik holatlarni ifodalaydigan jala , quduq so’zlarining ma’nolarini jamlovchi geografik omillarga bog’liq .


Mushkan (Nav., Nurota t.) Bu qishloqning bunday nomlanishida shu yerdagi buloq nomi asos bo’lgan deyishadi. Bu buloq suvi tarkibidagi noma’lum bir modda ta’sirida uning suvini muttasil iste’mol qilish oqibatida qishloq aholisining tishlari rangi jigarrang tusda bo’ladi va hech qachon ketmaydi.Ammo bu moddaning nima ekanligi va uning foydali, xavfli jihatlar hali o’rganilmagan.
II BOB. Nurota tuman oykonimlarining yasalishi.
Har bir tilning so’zlari , leksikasi doim harakatda bo’lib , natijada , uning tarkibida turli – tuman o’zgarishlarga uchraydi : ba’zi so’zlar eskirib , faol qo’llanishdan chiqadi yoki qo’llanishdan chegaralanib, vaqt o’tishi bilan iste’moldan chiqadi ; yangi so’zlar paydo bo’lib , ular leksikani to’ldiradi ; ayrim so’zlarning ma’nolarida o’zgarishlar yuz beradi 13. O’zbek tili leksikasidagi taraqqiyotning eng asosiy yo’llari boshqa tillardan so’z o’zlashtirish va so’z yasashdir. Biz hozir so’z yasash xususida fikr – mulohaza yuritamiz.
So’z yasalishi o’zbek tilshunosligining mustaqil sohalaridan bo’lib , u yangi so’z yasalishi , so’z yasash usullari va umuman so’z yasalishi bilan bog’liq bo’lgan hodisalarni o’rganadi.
So’z yasalishi terminiga alohida to’xtalib o’taylik. Ushbu termin ikki xil ma’noda qo’llanadi : 1) so’z yasash hodisasi; 2) tilshunoslikning so’z yasalishi bilan bog’liq hodisalarini o’rganuvchi bo’lim. So’z yasash , qanday usulda bo’lsa-da yangi so’z hosil qilishdir. O’zbek tilshunosligida so’z yasalishining bir necha usullari bor :
1) fonetik usul ; 2) semantik usul ; 3) morfologik (affiksatsiya) usul; 4) sintaktik (kompozitsiya) usul .
So’z yasalishining fonetik va semantik usullari oykonimlarning yasalishida uchramaydi. Shu sababli , ular haqida so’z yuritmaymiz.
O’rganishlarimiz natijasi shuni ko’rsatadiki, Nurota tumanidagi oykonimlar asosan morfologik , sintaktik va onomastik konversiya usulida yasalgan. Bulardan tashqari tub oykonimlar ham uchraydi. Ushbu oykonimlarni atroflicha mulohaza qilamiz.




      1. Yüklə 60,67 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin