Mundarija kirish nazariy qism


Raqamli manometrlarning tuzilishi va ishlash prinsipi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə8/12
tarix22.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#159869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 naychali manometrlar 182

1.3. Raqamli manometrlarning tuzilishi va ishlash prinsipi


13-rasm. Manganinli manometr sxemasi.
4-rasmda manganin simli o‘zgartgichga ega bo‘lgan manometrning sxemasi keltirilgan. Manometrning korpusi 3 da ikkita germetik metall sterjenlar 4 da manganin qarshilik 2 o‘rnatilgan. Shtutser 1 o‘zgartgichni obyektga ulash uchun xizmat qiladi. Sterjenlarning ustki qismidagi qisqichlar 5 yordamida o‘zgartgich o‘lchash asbobiga ulanadi.
O‘zgartgichdagi manganinli g‘altak qarshiligini o‘lchash uchun, odatda ko‘priklar, aniq o‘lchovlar uchun esa potensiometrlar qo‘llaniladi. Manganin qarshilikli manometrlarning yo‘l qo‘yadigan asosiy xatosi ±1% dan oshmaydi. Mamlakatimizda chiqarilayotgan MM-2500 manganinli manometrlar 2500 MPa gacha bosimni o‘lchash imkoniga ega. Yarimo‘tkazgichli datchiklarning pyezokoeffitsiyenti manganinnikidan ming marta ortiq, lekin datchiklar karshiligining bosimga bo‘lgan bog‘lanishi nochiziqlidir. Bundan tashqari, katta miqdordagi gisterezis mavjud bo‘lib, temperatura ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yarimo‘tkazgichli qarshilik datchiklari mexanik jihatdan pishiq emas, ular 10 mPa dan ortiq bosimlarni o‘lchashga yaroqsiz.
Elektr qarshilik usuli bo‘yicha bosimni o‘lchashda sezgir element sifatida tenzodatchiklar qo‘llaniladi. Tenzometrning ishlash prinsipi kuch yoki unga proporsional bo‘lgan deformatsiyani deformatsiyalangan jismga yopishtirilgan sim qarshiligining o‘zgarishiga aylantirishdan iborat.
4 -rasmda tenzometrik o‘zgartgich sxemasi ko‘rsatilgan. Tenzodatchikning sezgir elementi diametri 0,02 . .. 0,05 mm bo‘lgan manganin sim 1 dan ibora t. Bu sim bir-biriga yopishgan yupqa qog‘oz 2 orasiga sirtmoq shaklida joylashgan. Simning uchlariga chiqish klemmalari ulangan. Tenzometrning sezgir elementi elastik element yuzasiga yopishtirilgan. Elastik element bosim ta’sirida deformatsiyalanganda, tenzodatchik simi cho‘zilib, uning kesimi kamayadi va qarshiligi o‘zgaradi. Sezgir element detaliga yopishtirilgan tenzodatchiklar o‘lchanayotgan bosim R ni elektr qarshilikning o‘zgarishi bilan sezadi. Bu tenzosezgirlik koeffitsiyenti K bilan baholanadi:
(18)

bunda ∆R/R — tenzometr qarshiligining nisbiy o‘zgarishi;∆l/l — simning nisbiy deformatsiyasi; Кkoeffitsiyent qiymati metallar uchun 0,5—4,0 chegaralarida yotadi.





Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin