Mundarija kirish nazariy qism


-rasm. Tenzometrik shzgartkich sxemasi. S ig‘imli manometrlarning



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə9/12
tarix22.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#159869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 naychali manometrlar 182

14-rasm. Tenzometrik shzgartkich sxemasi.
S ig‘imli manometrlarning ishlash prinsipi bosim o‘zgarishi bilan yassi kondensator qoplamlari o‘rtasidagi masofani o‘zgartirish natijasida uning sig‘imining o‘zgarishiga asoslangan. Sig‘imli manometrning prinsipial sxemasi 16.3-rasmda keltirilgan. O‘lchanayotgan bosim asbobga naycha 1 orqali keladi va membrana 2 orqali qabul qilinadi. Membrana 2 va elektrod 3 kondensator qoplamlarini hosil qiladi. Kondensator esa o‘lchash sxemasi klemma 4 lar orqali ulanadi. Kondensator sig‘imi qoplamlar o‘rtasidagi masofaga bog‘liq:
(19)
B unda S —qoplamalar yuzi. ε — qoplamalar orasidagi muhitning dielektrik singdiruvchanligi; l —qoplamalar urtasidagi masofa.

15-rasm. Sig‘imli manometr sxemasi.
Bosim ta’sirida membrana egilib, elektrod 3 ga yaqinlashadi. Membrananing egilishi natijasida l masofa o‘lchanayotgan bosimga nisbatan proporsional o‘zgaradi. Qoplamalar yuzi va dielektrik singdiruvchanlik o‘lchash protsessida o‘zgarmaydi. Shuning uchun (15.3) ifodani quyidagicha yozish mumkin:

(20)
Bunda K=S*e . Shunday qilib, kondensator sig‘imi o‘lchanayotgan bosimga proporsionaldir. Sig‘imli manometrlarning ko‘rsatishiga atrofmuhitning temperaturasi ta’sir qiladi. Chunki temperatura o‘zgarishi natijasida qoplamalar o‘rtasidagi masofa o‘zgaradi. Sig‘imli manometrlarning yana bir kamchiligi parazitik sig‘imlar ta’siridir. O‘lchash xatoligi asbob shkalasining ±1,5 . . . 2% idan oshmaydi.


P yezoelektrik manometrlarning ishlash prinsipi ba’zi kristall moddalarning mexanik kuch ta’sirida elektr zaryad hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu hodisa pyezoeffekt deb ataladi. Pyezoeffekt kvars, turmalin, segnet tuzi, bariy titanat va boshqa moddalar kristallarida kuzatiladi. Bu tipdagi asboblarda ko‘pincha kvars ishlatiladi. Kvarsning pyezoelektr effekti +500°Сgacha bo‘lgan temperaturaga bog‘liq emas, lekin +570°С dan oshgan temperaturada bu effekt nolga teng bo‘lib qoladi.
16-rasm. Pyezokvarsli manometr.
Membrana 1 tomonidan tushadigan F kuch ta’sirida plastinka 7 tekisliklarida
paydo bo‘ladigan elektr zaryadi quyidagi formula bilan topiladi:
bunda R-effektiv yuzi S bo‘lgan membrana 1 ga ta’sir etuvchi bosim; K —pyezoelektrik doimiy. kl/Н.
100 mPa (1000 kgk/sm2) va undan yuqori bosimlarni o‘lchashga imkon beruvchi pyezokvarsli manometrlar tez o‘zgaruvchi bosimlarni o‘lchashda keng qo‘llanadi. Pyezoeffektning afzalligi uning inersionsizligidir. Bu asboblarning bosimlari tez o‘zgaradigan protsesslarni (kavitatsiya, portlash) o‘rganishda juda qulay. Pyezoelektr manometrlarda o‘lchash xatoligi ±1,5...2%.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin