Mundarija kirish nazariy qism


I nduktiv manometrlarning



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə10/12
tarix22.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#159869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 naychali manometrlar 182

I nduktiv manometrlarning ishlash prinsipi g‘altak induktivligining tashqi bosim ta’sirida o‘zgarishiga asoslangan. Induktiv manometrlarning prinsipial sxemasi 7- rasmda tasvirlangan. U membranali sezgir element 3, unga biriktirilgan temir o‘zak 6 va temir o‘zakli induksion g‘altak 4 dan iborat. O‘lchanayotgan bosim naycha 1 orqali bo‘shliq 2 ga kelib membrana 3 ni bukadi, natijada o‘zak 6 g‘altak o‘zagi 4 ga yaqinlashadi. Shunday qilib, g‘altakning induktivligi o‘lchanayotgan bosimga proporsional o‘zgaradi. Datchik o‘lchash sxemasiga klemmalar 5 orqali ulanadi.

17-rasm. Induktiv manometr sxemasi
Ionizatsion manometr. Ionizatsion manometr (vakuummetr) larning ishlash prinsipi gaz molekulalarining qizdirilgan katod chiqaradigan elektron oqimi orqali ionlanishiga asoslangan. 8- rasmda qizdirilgan katodli ionizatsion vakuummetriing sxemasi tasvirlangan. Vakuummetrning sezgir elementi sifatida uch elektrodli manometrik lampa ishlatiladi. Lampa balloni 1 o‘lchanayotgan muhit bilan ulangan. Ballonda volfram tola katod 2, to‘r 3 va anod-kollektor 4 joylashgan. Katoddan chiqqan elektronlar musbat zaryad- langan anodga yaqinlashadi. Gaz bosimiga ko‘ra elektronlar o‘z yo‘lida ma’lum miqdordagi molekulalarni ionlaydi. Ionlar kollektor orqali yig‘ilib, anod toki va gaz bosimiga proporsional jk tokini hosil qiladi:

Bir naychali (kosali) asboblar. Bu asboblar ikki naychali asboblarning bir turi bo‘lib, ikkinchi naycha o‘rniga keng idish (kosa) ishlatiladi (11.2-rasm). Ortiqcha bosim ta’sirida kosadagi suyuqlik sathi pasayib, naychadagi sath oshadi. Bu hol uchun quyidagini yozish mumkin:
Suyuqlikli manometrlar bilan o‘lchanadigan bosimning yuqorigi o‘lchash
chegarasi asbobning katta kichikligiga bog‘liq. Tajribada ular 0,196 MPa (2 kGk/sm2) dan oshmaydigan bosimni o‘lchash uchun ishlatiladi.

MM turidagi membranali manometr (2-rasm) 2,5 MPa gacha bo'lgan bosimlarni o'lch ash uchun mo'ljallangan. Manometrda o'lchanayotgan bosim ta'sirida qutida joylashgan membrana 2 egilib, tishli uzatma 6 orqali richag 4 bilan ulangan shtok 3 ni qo'zg'atadi. Tishli uzatma tishli aylana


8 bilan bog'liq bo'lib, asbobning shkalasi 5 bo'yicha harakatlanuvchi ko'rsatkich 7 bilan prujina 9 orqali bog'langan. Manometrning pastki qismida esa uni o'lcha- nayotgan ob’yektga o'rnatish uchun mo'ljallangan rezbali shtutser ko'zda tutilgan. Membranali manometrlar uncha katta bo'lmagan bosimlarni o'lchash uchun mo'ljallangan. O'lchash sistemasi sezgirligining pastligi, rostlashning
qiyinligi va membrananing charchashi natijasida xarakteristikasining о’zganshi - membranali manometrlarning kamchiligi hisoblanadi. Egiluvchi membrana, qutili manometrlar atmosfera bosimini o'lchash uchun qo'llaniladi va barometrlar deyiladi. Atmosfera bosimi ichida vakuum hosil qilingan geometrik yopiq membrana qutisiga ta'sir ko'rsatadi. Membranalarni tayyorlash uchun bronza, jez va xrom-nikelli
qotishmalardan foydalaniladi.

18-rasm. Membranali manometr


Silfonli manometrlarnmg ishlash usuli o'lchanayotgan bosimning ko'ndalangiga gofrirlangan yupqa devorli silindrik sig'im ko'rinishida tayyorlangan sezgir elementning egilish deform atsiyasi natijasida hosil bo'lgan kuch bilan muvozanatlanishiga asoslangan. Silfonlar chinni, bronzadan yoki zanglamaydigan chidamli po'latdan tayyorlanadi. Silfon devorining qalinligi 0,1...0.3 mm oralig'ida bo'ladi, diametri esa 8 dan 150 mm gacha o'zgaradi. Amalda chiziqli elastiklik xarakteristikasiga ega. Silfonning qattiqligini oshirish uchun uning ichki qismiga vintli prujina joylashtiriladi
Sanoatda 25...400kPa gacha bo'lgan bosim va bosimlar farqini va 0...98 kPa gacha bo'lgan siyraklanishni o'lchaydigan silfonli manometrlar ishlab chiqariladi.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin