SILFONLI MANOMETR Ishdan maqsad: Manometrdagi tipik zvenolarda boradigan qonuniyatlarni tushunib olish, strukturasini soddalashtirishni misollarda ko‘rish, o‘lchash asbobini xususiyatlarini mashinali eksperiment yordamida o‘rganish.
A sosiy qism
6-rasm. Silfonli manometr Silfonli manometrlarda sezgir elementi bo‘lib gofralardan iborat bo‘lgan yupqa devorli silindrsimon idish – silfon xizmat qiladi. Silfonni latundan, berillali bronzadan va zanglamaydigan po‘latdan (stal) yasaladi. Silfonga tashqaridan Р2 bosim, ichkaridan Р1 bosim berilsa silfonni uzunligi o‘zgaradi. Demak, silfonlar absolyut bosim, ortiqcha bosim, vakuum va bosimlr farqi kabi kattaliklarni o‘lchashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular 0,25 4 кГк/см oraliqdagi bosimlarni 1,5% aniqlikda o‘lchashga mo‘ljallangan. Silfonli manometrlar ham bosim hisobiga hosil bo‘ladigan kuch bilan silfon cho‘zilganda va siqilganda hosil bo‘ladigan elastik kuchlarni muvozanatlashishiga, kompensatsiyalashishiga asoslangandir.
Silfon ham membranaga o‘xshab berillgan Р1 bosimni kuchga aylantiradi, bu kuch ta’sirida silfon cho‘zilsa, unda bosim kuchiga teskari yo‘naltirilgan elastik kuchi paydo bo‘ladi, bu kuchlar bir-biriga teng bo‘lguncha silfon suriladi. Demak, silfon solishtirish elementi ekan. kuchlar ayirmasi noldan katta bo‘lsa unda shu ayirmaga proporsional tezlik bilan silfonni tubi suriladi. Demak, silfonni o‘zi yana integral zveno bo‘lib xizmat qilyapti.
Membranali manometr Ishdan maqsad: Memranali manometrni o‘lchamlarini uni o‘zgartirish koeffitsiyentiga va vaqt doimiysiga ta’sirini mashinali eksperimentda chuqur o‘rganish. Manometrni qaysi tipik zvenoga xosligini, uni xususiyatlarini o‘rganish.
Asosiy qism
7-rasm. Membranali manometr
Sezgir elementlari: gofrlangan membrana, membranali korobkalar, membranali bloklar bo‘lgan asboblar katta bo‘lmagan ortiqcha bosimni, vakuumni va bosimlar farqini o‘lchaydilar.
Membranaga yuqoridan ta’sir etayotgan ortiqcha bosim kamerada shu membranaga ta’sir etayotgan kuchga aylanadi, bu yerda kuch;; - o‘lchanayotgan ortiqcha bosim; - membranani effektiv yuzasi.
Yuqoridan berilayotgan bosim xisobiga xosil bo‘lgan kuch ta’sirida membrana pastga suriladi. Membrana elastik bo‘lani uchun, uni markazi masofaga suriladi, surilgan sari uni o‘zida surilishga teskari yo‘nalgan elastik kuch paydo bo‘la boshlaydi, bu elastik kuch bosim kuchiga teng bo‘lguncha o‘zgaradi.
Demak, membranali manometrlar bosim hisobiga hosil bo‘lgan kuch bilan surilish hisobiga membranada hosil bo‘lajak elastik kuchlarning kompensatsiyalanishiga asoslanadi.