N. M. Kayumova


Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati
Nutq madaniyati — ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiya- 
ti madaniyatini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. Nutq madaniyati
107


adabiy tilning har ikki shakli — yozma va og'zaki shakli uchun 
zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor yolg'iz o'qituvchilardan 
emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o'zlashtirish ta­
lab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har 
bir o'qituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimi- 
ga bog'liq. O'qituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, 
uning nafaqat ma'naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bi- 
limini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada 
yuritishini belgilovchi me'yordir. O'qituvchining nutq madani­
yati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, 
u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajriba- 
li ustozlar o'giti natijasida yillar davomida takomillashib, say- 
qallanib boraveradi. O'qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy, 
kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivoj­
iantirish faqat o'qituvchining shijoatiga bog'liq, Shu qobiliyat 
tufayli o'qituvchining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. 
Quyidagi o'qituvchining nutq madaniyatiga xos bo'lgan vosita- 
larni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak:
1. Nutq madaniyati o'qituvchining ma'naviy-axloqiy kamo- 
loti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madani­
yat darajasini ko'rsatuvchi, o'z ona tilimizga e'tiqodni namo- 
yish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.
2. Nutq madaniyati o'qituvchilarni ma'naviy va madaniy sa­
viyasi bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa 
kasb egalaridan ma'lum ma'noda ajratib turadi.
3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi 
bo'lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo'lib yetishishi- 
dan qat'iy nazar ma'naviy jihatdan tarbiyalash.
4. Nutq madaniyati — bu, avvalo, o'qituvchilarda nutqiy 
ko'nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko'nikma pe­
dagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va 
mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaf- 
faqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.
5. Nutq madaniyatiga o'zbek adabiy tilini mukammal egal­
lash asosida erishiladi. Buning uchun o'qituvchi adabiy til qo-
108


nuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o'qib 
borishi, she'rlar yod olishi va uni ifodali o'qiy olishi, radio va 
televideniye eshittirishlarini kuzatib borishi lozim,
6. 
Nutq madaniyatini egallashningyana bir ko'rinishi nutqiy 
taqlid bo'lib, yosh o'qituvchilar o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq, 
ma'noli va ta'sirchan nutq so'zlaydigan ustoz-murabbiylarning 
nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida 
o'rganishi mumkin.
O'qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mu- 
kammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida 
o'qituvchi bolaning his-tuyg'ularini uyg'otadi, o'quvchilar bilan 
ongli muloqotni ta'minlaydi, ta'lim-tarbiyaga oid ma'lumotlarni 
tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchi, avvalo, 
nutq sirlarini, uning o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotda 
ta'sir kuchini puxta bilishi kerak.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin