Tutun gazlar oqimi uyurmalovchi naycha 1 lar orqali siklon 2 ga yo‘naladi, bu yerda gazlarning harakati uyurmali harakatga aylanadi. Kul zarralari markazdan qochuvchi kuch ta’sirida siklon qobig‘iga urilib to‘xtaydi va harakatlanayotgan gaz oqimida ajralib bunkerga tushadi. Bunday siklonda tutun gazlarining tozalanish darajasi 60 % ga yetadi. Hozirgi paytda bir nechta o‘nlab kichik siklonlardan iborat batareyali siklonlar keng qo‘llanilmoqda. Bunday siklonda gazlarning tozalanish darajasi 65 - 70 % yetadi .
4.10-rasm. Elektro filtrning sxemasi. Ho‘l inertsion kul tutgichlar (4.10-rasm; b) ham inertsiya kuchidan foydalanish asosida ishlaydi. Forsunka orqali yuboriladigan suv qobiq devorlarida yupqa parda hosil qilib to‘xtovsiz oqib turadi va kulni yuvadi. Tutilgan kul va kir suv qurilmaning pastki qismidan, tozalangan gaz esa yuqori qismidan atmosferaga chiqib ketadi. Bunday turdagi kul tutgichlarda tutun gazlarining tozalanish darajasi 85 - 90 % yetadi. Elektr filtrlarda gazlarning yuqori kuchlanishli tok ta’sirida ionlashishidan hosil bo‘lgan zaryadlarni ajratish xususiyatidan foydalaniladi (4.10-rasm). Changli gaz po‘lat silindr (musbat qutb) va nixrom sim (manfiy qutb) o‘rtasida hosil bo‘lgan elektr maydonidan o‘tadi. Yuqori kuchlanishli elektr maydon ta’sirida tutun gazlari ionlashadi. Kulning asosiy massasi manfiy zaryadlanib silindr devoriga tortiladi, kulning ozroq qismi musbat zaryadlanib simga tortiladi. Elektrofiltrni vaqti vaqti bilan silkitib(kuchlanish ajratib qo‘yilib) elektrofiltrlar kuldon tozalanadi. Elektr energiyasining sarfi katta emas (1000 m3 gazga 0,15 KVt) , lekin yuqori kuchlanish (90 ming V gacha) elektrofiltrlar bilan ishlashda nixoyatda extiyot bo‘lishni talab etadi. Kombinatsiyalangan kul tutgichlar ikki bosqichli bo‘lib, ko‘p hollarda batareyali siklondan ( birinchi bosqich) va elektrofiltrdan (ikkinchi bosqich) tashkil topgan bo‘ladi. Kul tutgichlarning samaradorligi tozalik koeffitsienti orqali baholanadi: s = Sk/So-100%, Bu yerda Sk, S0 - mos ravishda kul tutgichdan keyingi va kul tutgichdan oldingi gazlardagi kul miqdori. NAZORAT SAVOLLARI .Tutun gazlarini tozalashni tushuntiring.
.Kul hamda shlakni chiqaruvchi qurilmalar to’g’risida gapirib bering.
3.Inertsion kul tutgichlarning sxemalarini tushuntiring. 4.Elektro filtrning sxemasini tushuntiring. 5..Qozon qurilmasining yordamchi qurilmalari. 6.Kul tutgichlar qanday ishlaydi.