V- BOB. QOZONLARNING SUV TAYORLASH JARAYONLARI Ta'munot suviga bo'lgan talab va qurumlarni paydo bo'lishi
Tayanch iboralar: bug’ ta’minlasdh suvi, kondensatorlar, isitgichlar,tuzlar, korroziya, baraban. IES ning ishlashi vaqtida bug’ va ta' minlash suvi har xil zararli aralashmalar bilan ifloslanadi. Elektr stansiyadagi asosiy ifloslanish manbalari va ularning tarkibi 5.1 - jadvalda ko’rsatilgan. 5.1 - jadval
Barabanli kozonda esa, to’yingan va o’ta qizitilgan bug’larning tozaligi bug’lantirilayotgan suvning sifatiga bog’liq. Shuning uchun qaynayotgan suvda aralashma konsentrasiyasi qanchalik kam bo’lsa, shunchalik bug’ toza bo’ladi. Ammo qozondagi suvda tuz miqdori normaga nisbatan ancha katta. Bu holda toza bug’ olish uchun, to’yingan bug’ni to’la quritish lozim, ya'ni barabandan chiqib ketayotgan mayda suv tomchilarini separasiyalash (ajratish) zarur.
/5
rasm. Barabanning ichida joylashtirilgan separasion qurilma: - baraban; 2 - bug’ kеltiruvchi quvurlar; 3 -bug’ uzatish qutisi; 4 - siklon; 5 - suv to’kiladigan quti; 6 - qopqoq; 7 -taksimlovchi qalqon; 8 - bug’ qabul qiluvchi shchit; 9 - ta'minot suvini tarqatuvchi quvur; 10 - bug’ning barabandan chiqib ketishi; 11 - ta'minot suvi; 12 - barabanni bo’lmaga bo’luvchi to’siq oynasi; 13 - tushiruvchi quvurlar; 14 - avariya holatda suvni chiqarish quvuri.
Odatda barabanli qozonlarda separator sifatida barabanning ichida taqsimlovchi qalqon o’rnatiladi. Katta quvvatli qozonlarda esa barabanning ichida yoki tashqarisida joylashtirilgan siklonli bug’ separatorlari ishlatiladi (5-1- rasm.). Bug’ni yuvish. Barabanli qozonda pog’onali bug’lantirish
Katta bosimda suvdagi tuzlar, eritmaga aylanib, bug’ni ifloslantiradi. Barabanli qozonlarda bug’dagi zararli moddalarni tozalash uchun, bug’ toza suv bilan yuviladi. Оdatda toza suv sifatida ta'minlash suvi ishlatiladi. Bug’ni yuvish uchun barabanning bug’ hajmiga teshik togtorali qalqon o’rnatiladi. Qalqonga ta'minlash suvi beriladi va bug’ suv qatlamidan o’tib, zararli moddalardan tozalanadi va yuvilgan bug’ separasiyalanib o’taqizdirgichga beriladi. Barabanli qozonda pog’onali bug’lantirish Hozirgi vaqtda bug’ va suvdagi zararli moddalarni kamaytirishning samarador usullaridan biri - pog’onali bug’lantirishdir. Barabanli qozonda zararli aralashmaning konsentrasiyasi ST.C >SB, shu sababli mineral moddalar aylanish konturida to’planadi. Suvda yig’ilgan aralashmalar qozon barabanidan va pastki kollektorlardan uzluksiz va vaqt-vaqti bilan (davriy) puflab tozalanadi. Barabandagi suv, 0,5-1,5% miqdorda uzluksiz puflanadi. Pastki kollektorda yig’ilgan quyqumlar esa qozon to’xtatilganda vaqti-vaqti bilan chiqariladi. Barabanli qozonning bir pog’onali bug’lantirish suv rejimi chizmasi 5.2 - rasmda ko’rsatilgan. Barabanli bug’ qozonining tuz balansi quyidagi ko’rinishga ega (Д+ Д х )С T C = Д * С б + Д х * С х. (9.1) Agar tenglamaning o’ng va chap qismi bug’ sarfi D ga bo’linsa va DP / D= r (puflangan qism) bilan belgilansa, tuz balansi quyidagicha o’zgaradi: (1 + Р)С'тс= Сб + рСх . (9.2) Lekin SP=SK.S, shuning uchun tenglamadagi qozon suvining zararli moddalar konsentrasiyasi quyidagi formuladan aniqlanadi:
chizmalarining samaradorligi ko’proqdir.
5.2- rasm. Bir pog’onali bug’lantirish chizmasi: St s. , Sk.s , Sp i Sb - tegishli ravishda ta'minlash, qozon, puflanish suvlardagi va bug’dagi zararli moddalar konsentrasiyalari; 1 - qozon barabani; 2 - pastki kollektor; 3 - tushuvchi quvur; 4 - bug’lantirish sirtlari; 5 - ta'minlash Ikki pog’onali bug’lantirish chizmasida baraban hajmi devorcha bilan ikki qismga bo’linadi (5.3 - rasm).
- rasm. Ikki pog’onali bug’lantirish chizmasi
nI, nn - birinchi va ikkinchi bug’lantirish pog’onalarining bug’ ishlab chiqarishi, foizlar hisobida; qolgan belgilar 5.2- rasmdagidek Har bir bo’linma o’zining alohida aylanish suv konturiga ulangan. Ikki bo’linmadagi suv hajmi bir-biri bilan faqat devorchaning teshigi orqali bog’langan. Ta'minlash suvi birinchi (katta) bo’linmaga beriladi, puflanish suvi esa, ikkinchi (kichik) bo’linma orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. Agar birinchi pog’onaning bug’lanish quvvati 80% va ikkinchisiniki 20% ga teng bo’lsa va puflanish qismini r=1% deb qabul qilinsa, birinchi va ikkinchi pog’onadagi qozon suvining zararli moddalar konsentrasiyalarini aniqlash mumkin: birinchi bug’lanish pog’onada