Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
Chiqindilar muammosi 
 
Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol qilish chiqindilaridan 
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish hamda 
ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari, ayni 
chog‘da, dolzarb hisoblanadi. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo 
sanoati va qurilish industriyasi obyektlari chiqindilarni hosil q iluvchi, atrof-
muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi. 
Shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar va katta о‘lchamli axlatlar 
yig‘ilmoqda-ki, ular о‘z vaqtida va tо‘g‘ri olib chiqilmasa hamda 
zararsizlantirilmasa, atrof tabiiy muhitni jiddiy ifloslantirishi mumkin.
Qattiq maishiy chiqindilarning chiqindixonalarda tо‘planib qolishi, 
changlarning hosil bо‘lishiga va yoqimsiz hidlarning tarqalishiga olib keladi. 
Bir qator mamlakatlarda chiqindilarni utilizatsiya qilish - kuydirish, 
poligonlarga kо‘mish yoki yig‘ish, shuningdek kompostlash texnologiyalari 
bilan amalga oshiriladi (1-jadval). 
О‘zbekistonda har yili 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindilari 
hosil bо‘ladi, ularning 14 % i toksik (zaharli) toifaga mansub hisoblanadi. 
Bundan tashqari, Respublikamiz hududida va unga yaqin hududlarda 
radioaktiv rudalarni qazib olish о‘tgan asrning 40-yillarida kuchaygan. Shu 
davr mobaynida 150 ga yaqin radioaktiv ifloslanish maydonlari paydo bо‘ldi. 
О‘zbekistonning Andijon viloyatidan 30 kilometr uzoq masofada joylashgan 
Qirg‘iziston Respublikasining Maylu-Su daryosi qirg‘oqlari bо‘ylab 
joylashgan umumiy hajmi 2,5 million m
3
bо‘lgan radioaktiv chiqindilar 
kо‘milgan 23 ta ombor va 13 ta balanslangan rudalar tо‘plamlari mintaqaviy 
ekologik falokat yuzaga kelishida katta xavfga ega. Sel kelishi va yer kо‘chishi 


98 
hollari yuz berganda radioaktiv chiqindilar Maylu-Su, Qoradaryo va Sirdaryo 
suvlariga tushishi mumkin, bu esa 1,5 million kishi yashaydigan 300 km
2
maydondagi О‘zbekiston hududini radioaktiv chiqindilar bilan ifloslanishiga 
olib keladi. Radioaktiv chiqindilar tarkibini radionuklidlar va sinov 
maydonlaridagi yadro portlashlar tashkil etadi. Radionuklidlar о‘zidan 
radioaktiv nur chiqaradigan elementlarning izotoplari hisoblanadi.
Hozirgi paytda, Mayluu-Suu daryosi vodiysida reabilitatsiya ishlari 
davom etmoqda. 
Chiqindilar hosil bо‘ladigan korxonalar ustidan davlat nazoratini 
“Chiqindilar tо‘g‘risida” gi (2002 yil) Qonunga muvofiq, О‘zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi amalga oshiradi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin