Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

Ozon qatlamining yemirilishi 
Yer yuzining 20 km balandlik qismi atmosfera bo’lagi bo’lib, u Ozon
qatlami sanaladi. Ozon qatlami quyoshdan zararli ultirabinafsha nurlarini
ushlab qoladi. Chunki, ultirabinafsha nurlar tirik hujayralarni zararlaydi. 
Har yili bahor fasli davomida ozon qatlamining vaqti-vaqti bilan
yupqalashib borishi kuzatilmoqda. Ozon qatlamining yupqalashib borishi ozon
qatlamining yemirilishi deyiladi. Ifloslangan gazlar bu muammoning asosiy
sababi bo’lib, ayniqsa CFC ( xlor ftor uglerod ) muzliklar va sovuq
hududlarning sovitish tizimida ishlatiladi. CFC havoga chiqarilgandan so’ng
u toki ozon qatlamiga yetmaguncha atmosferada ko’tarilib boraveradi. CFC 
ozon qatlamiga kimyoviy ta’sir etadi va ozon molekulalarini parchalaydi. 
 
Ultirabinafsha nurlari 
 
Ozon qatlamining yemirilishi oqibatida Yer yuziga tushayotgan
ultirabinafsha nurlarning miqdori oshib bormoqda. Ultirabinafsha nurlar 
insonlarda teri rakining oshishiga ham sabab bo’lmoqda. Bu yana boshqa
organizmlarga ham ziyon yetkazishi mumkin. Ozon qatlami Yerdagi hayotni
ta’minlash uchun juda muhim sanaladi, shu sabab butun dunyo davlatlari
sanoatida CFC ni ishlatishni to’xtatishi lozim.
Ozon qatlami yerdagi hayotni va Yer yuzini xavf – xatardan muhofaza
etadi. 
Qayta ishlash 
 
Bu qayta foydalanishning bir ko’rinishi bo’lib, unda tabiiy
resurslarni yoki tovarlarni o’zgartirib taqdim etishni o’z ichiga oladi. Qayta
ishlanadigan materiallar o’z ichiga shishalar, metallar, qog’oz, plastmassa,
hovli va oshxona jihozlarini qamrab oladi.
16 
 
 
1
Peter Rillero, Dinah Zike. Ecology, 2005( 103-104;113-114-betlar ). 


101 
 
Qayta ishlash va qayta foydalanishning farqi nimada? 
 
Plastiklarni boshqa materiallarga nisbatan qayta ishlash biroz qiyinroq.
Chunki, ko’plab plastik turlaridan foydalanilmoqda. Har bir plastik
konteynerlarida plastiklarni ishlashda foydalangan tur ko’rsatiladi va qayta
ishlash kodi belgilanadi. Ko’plab plastik qoplar 2 yoki 4 plastik turidan
ishlab chiqariladi. 6 va 7- turlar har doim ham qayta ishlanmaydi, chunki
ular turli xil plastiklar aralashmasidan hosil qilingan. Qayta ishlashdan avval
har bir plastik turi ehtiyotlik bilan ajratilish kerak.
Atmosfera sayyoramizning gazsimon qobig’i hisoblanib, Yeryuzasi xar hil 
gazlar aralashmasi va suv bug’lari, changlardan tashkil topgan. Hozirgi yerning 
atmosfera qobig’i keyin paydo bo’lgan albatta, Atmosfera erning geologik tarixida 
yer qobig’ining tarkibiy qismlari bilan tirik organizmlar faoliyati o’rtasidagi 
geokimyoviy jarayonlar oqibatida litosferadan ajralib chiqqan gazsimon 
moddalardan tarkib topgan. 
Atmosferadagi gazlar tarkibi ancha turg’un: unda azot 78,08%,kislorod 
20,95%,argon 0,93%,karbonat angidrid 0,032%. Boshqa gazlar (neon, geliy, 
metan, ksenon, radon va boshqalar) tahminan 0,01% ni tashkil etadi. Ana shu 
tarkibning buzilishi, karbonat angidrid miqdorini ortishi va kislorod miqdorini 
kamayishi natijasida tirik organizmlar zarar ko’radi, ularning nafas olishi 
qiyinlashadi va boshqa fiziologik jarayonlarning buzilishiga olib keladi. 
Tabiat uchun atmosfera havosining ahamiyati juda katta. Atmosfera havosi 
nafas olish uchun kislorod, fotosintez uchun karbonat angidrid manbai hisoblanib, 
sayyorada suv bug’larini tashuvchi hisoblanib, tirik organizmlarni kosmik 
nurlanishdan saqlab turadi. Havo iqlimni idora etadi, havo uchib yuruvchi 
organizmlar uchun muhit bo’lib, tuproq unumdorligiga ta’sir yetadi, bir qancha 
kimyoviy jarayonlar roy berishiga imkon beradi. 
Havo kishilarga kimyoviy xom ashyo beradi. Undan energiya manbai sifatida 
foydalaniladi. Havo kislorodni yonish jarayoniga sabab bo’ladi. 
Yersharida kislorodsiz hayot bo’lishi mumkin emas. Kislorod quruqlikdagi 
o’simliklarning hayot faoliyati mahsulidir, o’simliklar fotosintez paytida suvni va 
karbonat angidridni yutib parchalab, atmosferaga erkin kislorod ajratib chiqaradi. 
Boshqa barcha tirik mavjudotlar kislorodni o’zlashtiradi xolos. 
Karbonat angidrid tirik organizmlarning nafas olishi, yoqilg’i yoqilishi, 
organik moddalarning chirishi va parchalanishi oqibatida atmosferaga tarqaladi. 
Atmosferadagi azot muhim biologik ahamiyatga ega. U azot to’plovchi 
bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari uchun ozuqa manbaidir. U boshqa 
o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Fiziologik nuqtai nazardan esa atmosfera 
bosimini ushlab turib hayot jarayonlarini amalga oshishiga imkon beradi. 
Radioaktiv ifloslanishning manbalari atom va vodorod bombalarini sinovdan 
o’tkazish bo’lsa bundan tashqari ridioaktiv ifloslanish yadro qurollarini 
tayyorlashda elektrostantsiyalarining atom reaktorlari va radiaktiv chiqindilardan 
atmosferaga tarqaladi. 


102 
Inson va boshqa tirik organizmlar uchun atmosfera havosining freonlar bilan 
ifloslanishi jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Ulardan sovutgich qurilmalarida, 
yarim o’tkazgichlar va aerozol balonchalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Freonlar ozon qatlamiga ta’sir yetadi. Ular qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlar 
ta’sirida parchalanadi natijada xlor, ftorlarga ajraladi. Natijada xlor va ftorlar ozon 
bilan o’zaro ta’sir etadi. Ozon qatlamining siyraklashishi havfli yerlarga 
ultrabinafsha nurlarning kirib kelishi natijasida teri raki kasalligi ortishiga sababchi 
bo’lmoqda. 
Havoning ifloslanishi natijasida odamlarda darmonsizlanish, ish qobiliyatini 
pasayishi, yo’tal, bosh aylanishi, ovoz boylamlarining siqilishi, o’pka, ko’z bilan 
bog’liq har xil kasalliklar organizmning umumiy zaharlanishi, kasallikka qarshi 
kurashishning susayishi kabilar kelib chiqadi. 
Atmosferani ifloslanishiga qarshi kurashish juda murakkab va ko’p qirralidir. 
Shuningdek, katta kuch va mablag’ talab etadi. Atmosfera havosini muhofaza 
qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni qo’llash lozim: 
1. Havfli moddalarni hosil bo’lishini bartaraf etuvchi mavjud texnologiyalarni 
takomillashtirish. Yangi texnologik jarayonlarni joriy etish; 
2. Yoqilg’i tarkibi apparatlar va karbyuratorlarni yaxshilash, tozalovchi 
qurilmalar yordamida atmosferaga chiqindilar chiqishini kamaytirish va bartaraf 
etish; 
3. Zararli chiqindilar chiqaruvchi manbalarni to’g’ri joylashtirish orqali 
atmosferani ifloslanishini oldini olish va yashil maydonlarni kengaytirish. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin