129
biologik resurslarga insonlarning ta’siri o‘smoqda. Bunga asosiy sabab, aholining
o‘sishi, qishloq xo‘jaligi va sanoatning rivojlanishi, savdo, ishlab chiqarish, dunyo
bo‘yicha ehtiyojlarning turli-tumanligidir. Inson
faoliyatining rivojlanishi
natijasida o‘rmonlarni kesish, cho‘llarni haydash, botqoqliklarni quritish, sahroga
suv chiqarish kabi ekotizimlarning buzilishi ro‘y bermoqda. O‘simlik, hayvon yoki
biron bir mikroorganizm turini yo‘qotilishi oziqa zanjirining uzilishiga olib keladi.
Bu holatni yuqori rivojlangan texnologiya ham to‘xtata olmaydi. 1992-yilda
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida tabiiy ekotizimdagi turlarning yo‘qolishi va
notirik komponentlarning o‘zgarishiga qarshi kurashishga qaratilgan biologik
xilma-xillikni asrash bo‘yicha Xalqaro Konvensiyaga imzo chekildi. Ushbu
hujjatda
biologik
xilma-xillikni
saqlash,
biologik
xilma-xillikning
komponentlaridan oqilona foydalanish, davlatlararo
genetik resurslar va moddiy
resurslardan, xalqaro savdoda teng huquqlilik, hamma qonun doirasiga mos
keluvchi texnologiyalardan foydalanib ish yuritish ko‘zda tutilgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, biologik xilma-xillik
Yeryuzida barcha
ekotizimlarda mavjud. Biron bir turning yo‘qolishiyoki kamayib ketishi har xil tur
populyatsiyasi uchun noqulaylik keltiribchiqaradi, zero, turlar doimo bir-biri bilan
turlichao‘zaro bog‘langan. Suv ekotizimi va quruqlik ekotizimlarida turlar xilma-
xilligini saqlash hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib
qolmoqda.Tabiat resurslaridan oqilona foydalanmasligimiz oqibatida, qanchadan-
qancha turlar va notirik komponentlar xavf ostida qolayapti. Tabiatning chiroyli
manzarasi, ko‘rkam go‘shalari, o‘zining hayvonot va o‘simlik
olamining
g‘aroyibotligi bilan ajralib turuvchi biosferani saqlash har birimizning insoniylik
burchimizdir.
Biologik xilma - xillik tropik o‘rmonlarda, ya’ni doimiy namiqlimli
hududlarda, jumladan, Ekvadordagi Yasuni milliy bog‘ida
yuqoribioxilma-xillik
mavjud. Quruqlik bioxilma-xilligi okean bioxilma -xilligidan 25 marotaba
yuqori. Yeryuzida mavjud bo‘lgan 8,7 million turning 2,1 millioni okean uchun
xos ekanligi baholandi. Kolumbiya yuqori bioxilma - xillikka ega bo‘lgan
mamlakathisoblanib, u yerda endemik turlar ko‘p. Ya’ni bu turlar boshqa
biromamlakatda uchramaydi. Yerda mavjdu bo‘lgan turlarning 10% gayaqini
Kolumbiyada uchraydi va 1900 dan ko‘proq qush
turlari Yevropava Shimoliy
amerikaga qaraganda ko‘proq. Kolumbiyada dunyo sutemizuvchi turlarining 10%
i uchraydi. Dunyoning suvda va quruqdayashovchilarining 14 % i va dunyo
qushlarining 18%i Kolumbiyada uchraydi. Indoneziya dunyo gulli
o‘simliklarining 10% ini, sutemizuvchilarning 12% ini, sudralib yuruvchilar,
amfibiyalar vaqushlarning 17% ini o‘z ichiga oladi. Madagaskar orolidagi
florada
o‘simlik turlarining 66% iendemik, Yangi Zelandiya orolida esa 72 %, Gavaya
orollarida 82-90%. Janubiy Xitoy ning Chjetszyan proventsiyasida Sharqiy
osiyoningginko daraxti yovvoyi holda faqat shuyerda o‘sadi. AQSH g‘arbidagibir
qancha rayonlarda mamont daraxti faqat shuyerlarda o‘sadi.
Turlar qonun tomonidan saqlansada, toki ularning tabiiy muhiti
saqlanmaguncha ular hayot kechira olishmaydi. Atrof
muhitni muhofaza qilish
ko’pincha, tabiiy muhitni yoki butun ekotizimni saqlashga asoslangan bo’ladi.
130
Buni bajarishning usullaridan biri bu tabiat muhofazasini yaratish bo’lib, u xuddi,
xalqaro bog’lar va yovvoyi hayot hududlarini saqlash kabi bo’ladi .
1872-yilda birinchi Xalqaro bog’ Yellow Stone National Park hisoblanib,
AQSH da tashkil qilingan. O’sha davrda Kulrang ayiq, loss va bug’ular Shimoliy
Amerika hududi tomonga ko`chirilib, joyi o’zgartirilgan edi. Bu hayvonlar ozuqa
to’plash uchun yerning ko’plab hududlarini darbadar kezardilar. Agar ularning
tabiiy muhiti kichik bo’lsa ular yashay olmaydilar.
Misol uchun, kulrang ayiq
kuniga katta miqdorda ozuqaga muhtoj bo’ladi. Kulrang ayiqga o’z qornini
to`ydirishi uchun bir nechayuz km hududlar kerak bo’ladi. Milliy bog’lar va
yovvoyi hayot hududlarisiz ba’zi hayvonlar hozir mavjud bo’lgandan ancha kam
bo’lishlari mumkin edi .
Dostları ilə paylaş: