Namangan davlat pedagogika instituti


Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə24/36
tarix18.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#184060
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
mom ishchi dastur 2022

Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
Kurs ishi loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil bitta mavzu bo‘yicha ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olingan nazariy bilimlarni qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, pedagogik amaliyotda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir.
Kurs ishi loyihasi mavzulari bevosita boshlang‘ich sinf matematika fani bilan bog‘liq holda aniq bir mavzu bo‘yicha belgilanadi.
Tanlangan mavzular fan mazmunini qamrab oladigan darajada bo‘lishi:
1. Asosiy miqdorlar ustida ishlash metodikasi. Massa, (sig‘im). Uzunlik (masofa), vaqt va yuz o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi .
2. Vaqt, masofa, tezlik haqida tasavvurlarni tarkib toptirish va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi.
3. ”Algebraik” va ”Geometrik” mazmunli masalalar echishga o‘rgatish metodikasi.
4. Arifmetik amallarni o‘rgatishning umumiy masalalari.
6. Konsentrlar bo‘yicha arifmetik amallarni o‘rgatish, qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish va qoldiqli bo‘lishga o‘rgatish metodikasi.
7. ”O‘nlik” va ”YUzlik” mavzusida misol va masalalar echishga o‘rgatish metodikasi.
8. ”Minglik” va ”Ko‘p xonali sonlar” mavzusida misol, masalalar echishga o‘rgatish metodikasi va hokazo
Har bir talabaga alohida mavzu beriladi. Talaba berilgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlar tadbig‘ini amaliyotda qo‘llay olishi ko‘rsatiladi.
VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari
Bakalavr mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • nazariy material bo‘yicha misol va masalalar echish,

  • elektron platformada mustaqil ta’limni nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • masofaviy ta’lim.

Bakalavrga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko‘riladi, test yoki savol-javob o‘tkaziladi.
Amaliy xarakterdagi topshiriqlar echimi ko‘rsatiladi va o‘xshash misollar yordamida tekshiriladi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin