Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   462
LUG\'AT

DAVLAT BOSHLIG„I
— davlatning ichki va tashqi ishlariga oliy rahbarlikni 
amalga oshiruvchi shaxs yoki organ. Monarxiya boshqaruvi shaklidagi davlatlar (Buyuk 
Britaniya, Shvetsiya, Yaponiya)da D.b. monarx (qirol, podsho, imperator, emir) bo‗lib, 
uning hokimiyati hukmron xonadon bir vakilidan ikkinchi vakiliga qonunda belgilangan 
tartibda o‗tadi. Respublika boshqaruvi shakli amalda bo‗lgan davlatlarda ko‗pincha 
prezident D.b. hisoblanadi. U bevosita fuqarolar tomonidan saylanishi (Rossiya, 
Fransiya, Meksika va b.), fuqarolar vakillari tomonidan pog‗onali asosda saylanishi 
(AQSH, Argentina) yoki prezident saylash uchun tashkil qilingan organ tomonidan 
saylanishi (mas., Germaniya) yoxud parlament tomonidan saylanishi (Chexiya) mumkin. 
Deyarli barcha davlatlar kontitutsiyalarida D.b.ga juda keng vakolatlar berilgan: u 
hukumat boshlig‗ini va vazirlarni tayinlaydi, qurolli kuchlar oliy bosh qo‗mondoni 
hisoblanadi, mahkumlarni afv etish va veto huquqiga ega bo‗ladi, fuqarolarni orden va 
medallar bilan taqdirlaydi, parlamentlarning sessiyalarini chaqiradi va h.k. Ayrim 
davlatlarda unga parlamentni yoxud uning quyi palatasini tarqatib yuborish huquqi ham 
berilgan. Parlamentar respublikalarda D.b.ning barcha vakolatlarini uning nomidan 
hukumat amalga oshiradi. 
DAVLAT BOSHQARUVI 
—.davlat organlarining tashkillashtiruvchi, ijro etuvchi 
va farmoyish beruvchi faoliyati bo‗lib, qonun asosida amalga oshiriladi. Bu faoliyatni 
davlat boshqaruv organlari amalga oshirib, ijro etish jarayonida qonunlarning va unga 
asoslangan hujjatlarning bajarilishini ta‘minlash uchun farmoyish berish huquqiga ega 
bo‗ladi. Davlat boshqaruvi xalq deputatlari kengashining rahbarligi va nazorati ostida 
tashkil etiladi. Bu faoliyat ijtimoiy turmushning barcha tarmoqlari – xalq xo‗jaligi, 


50 
ijtimoiy-madaniy, ma‘muriy-siyosiy sohalarda va sohalararo tashkil etiladi hamda 
qonunga asoslangan bo‗ladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin