Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"


Davlatning moliyaviy faoliyati: tushunchasi va uni amalga oshirish usullari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Modul Moliya

2. Davlatning moliyaviy faoliyati: tushunchasi va uni amalga oshirish usullari
Moliya huquqi mustaqil huquq tarmog’i va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligining tegishli sohasi sifatida keng rivojlanib bormoqda. Buning natijasida moliyaviy-huquqiy tartibga solishning predmeti aniqlanmoqda, uning ichki tuzilishi va institutlari yangilanib bormoqda.
Huquq tizimining tarmoqlari bir - biridan, birinchi navbatda huquqiy tartibga solish predmetiga qarab farqlanadi. Shuning uchun «moliya huquqi»ga tushuncha berishdan oldin, uning predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarni aniqlash lozim.
Davlat tomonidan moliyaviy faoliyatning olib borilishi unda ishtirok etuvchi sub’yektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga solishni talab etadi. Moliya huquqining vazifasi aynan mana shundan iboratdir. Moliya huquqi me’yorlari yordamida davlat tomonidan moliyaviy tizimni harakatga keltiriladi va undan foydalaniladi.
Moliya sohasi turli huquq sohalari me’yorlari bilan tartibga solinadi. Moliya sohasi moliya huquqini butunlay qamrab olsa ham, moliyaviy tizimning turli pog’onalarida uning me’yorlari turlicha qo’llaniladi. Bu holat shu bilan izohlanadiki, moliya huquqi predmetini - davlat va ma’muriy-hududiy tu­zilmalarning moliyasi tashkil etadi. Moliya huquqi moliyaviy tizimning boshqa bo’g’inlari bilan chambarchas bog’liqdir.
Davlat va mahalliy hokimiyat organlari pul jamg’armalariga mablag’larni yig’ish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar moliya huquqi me’yorlari bilan tartibga solinadi.
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, davlatning moliyaviy faoliyati davomida moliyaviy munosabatlardan tashqari boshqa ijtimoiy munosabatlar ham, masalan, mehnat, fuqarolik munosabatlari yuzaga keladi va u tegishli huquq sohalari bilan tartibga solinadi. Moliya huquqi faqat moliyaviy munosabatlarni tartibga soladi.
Moliyaviy tizim tuzilishini mustahkamlash, mazkur sohadagi vazifalarni taqsimlash, moliyaviy faoliyat davomida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish moliya huquqining predmetini tashkil etadi.
Moliya huquqi predmetiga kiruvchi munosabatlar o’zining mazmuniga ko’ra turli tumanligi bilan ajralib turadi. U ijtimoiy ishlab chiqarish va taqsimlashning barcha tuzilmalarini qamrab oladi. Bundan tashqari moliyaviy munosabatlar unda ishtirok etuvchi tomonlarning ko’pligi bilan ham ajralib turadi. Moliyaviy munosabatlarning mazmuni davlat va mahalliy pul jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash va undan foydalanishga qaratilgandir. Tabiiyki, bu munosabatlar davlatning bevosita ishtiroki va ta’siri ostida vujudga keladi.
Moliya huquqi me’yorlari yordamida davlat moliyaviy faoliyatining asosiy tamoyillari va shakllari, davlat pul jamg’armalaridagi mablag’larni to’plash usullari, ushbu jamg’armalarni tashkil qiluvchi mablag’lar turlari, ularni undirish tartibi, davlat pul jamg’armalaridan foydalanish hamda korxona, tashkilot va muassasalar pul mablag’larining tashkil topish manbalari tartibga solinadi. Moliya huquqi ushbu munosabatlarni tartibga solib, davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning huquq va majburiyatlarini mustahkamlaydi.
Shunday qilib, moliya huquqi predmeti- bu davlat tomonidan o’z oldida turgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, markazlashgan va markazlashmagan pul jamg’armalarini tashkil qilinishi, taqsimlanishi va undan foydalanilishi jarayonida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlardir.
Moliya huquqi predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarning quyidagi o’ziga xos xususiyatlari mavjud:
bu munosabatlar - mulkiy xususiyatga ega;
bu munosabatlar - davlat va mahalliy moliyaviy mablag’larni tashkil etish, taqsimlash va foydalanishga yo’naltirilgan;
bu munosabatlarning - majburiy ishtirokchisi bo’lib davlat va u vakolat bergan organlar (mansabdor shaxslar) hisoblanadilar.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin