Apollon – qadimgi grek mifologiyasida – Quyosh xudosi, san’at homiysi
Akademik uslub – Uyg‘onish davri va qadimgi davr san’ati shakllariga
asoslangan uslub
Garmoniya – bog‘liqlik, uyg‘unlik, mutanosiblik
Detal – naturaning ma’lum bir qismi
Drapirovka – fon uchun ishlatiladigan har xil rangli matolar
Zarisovka – tugallanmagan rasm, chizgi
Kartina – tasviriy san’at asari
Komponovka – chizilishi kerak bo‘lgan naturani qog‘ozga to‘g‘ri
joylashtirish
Kompozitsiya – tuzish, bir - biriga ma’lum tartibda joylashtirish,
solishtirish va birlashtirish
Kontrast – qarama - qarshilik, zidlik
Maska – niqob, san’atda David, Apollon yuz qismining gips nusxalari
tushuniladi
Molbert – rasm ishlash uchun moslama
Model – namuna
Pastel – rassomchilikda ishlatiladigan rangdor yumshoq qalam. Tarkibi
bo‘yoq, bo‘r va bog‘lovchi moddadan iborat
Perspektiva – rasmda uzoqdan ko‘ringan narsalarning tegishli kattalikda
berilishi, qisqarish
Nabroska – xomaki ish, qoralama, xarakterli chiziq va shtrixlar yordamida
tez bajarilgan chiziqli rasm
Natyurmort – tasviriy san’at janri (fransuzcha – jonsiz tabiat majmui)
Rakurs – suratda chizilayotgan uzoqdagi figura va buyumlarni kichraytirib
ifodalash
Siluet – kishi, hayvon, qush kabi narsalarning soyaga o‘xshatib ishlangan
rasmi
Sangina – rassomchilikda ishlatiladigan yumshoq to‘q qizil qalam
Tushuvchi soya – predmetdan tushayotgan soya
Plastik anatomiya – anatomiya bo‘limi. Bunda inson tanasi nisbat-lari,
ichki tuzilishi va tana tashqi shaklining harakat vaqtida o‘zgarishi
o‘rganiladi. Asosiy e’tibor skelet tuzilishi, muskullar, suyak va muskullar
birlashishiga qaratiladi.